Bo’g’imoyoqlilar – Бўғимоёқлилар

0

Bo’g’imoyoqlilar, Бўғимоёқлилар, Буғимоёклилар.


Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tashqi skeleti xitindan iborat. Qisqichbaqasimonlar, o’rgimchak- simonlar va hasharotlar sinflariga bo’linadi. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvda yashaydi, qisqichlari yordamida o’ljasini tutadi va dushmanidan himoyalanadi.

Nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiq- larini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi. Butli o’rgimchak o’ljasini ovlash uchun tutqich to’r to’qiydi. Tutqich to’ri ikki xil ipdan to’qilgan bo’lib, aylanasimon yopishqoq qismiga hasharotlar ilinib qoladi, yopishmaydigan uzunasiga joylashgan ipidan o’zi hara- katlanadi.

Xonqizi yorqin qizil rangda qora xollari bor hasharot. Bu rang ogohlantiruvchi rang bo’lib, qushlarni «sassiq suyuqligim bor, menga tegma» deb ogohlantiradi. Xonqizi o’simlik zararkunandasi bo’lgan shira bitlarini yeb, foyda keltiradi (62-rasm).

62-rasm. Bo’g’imoyoqlilar: a-daryo qisqichbaqasi, b-butli o’rgimchak, c-xonqizi.
a b c
62-rasm. Bo’g’imoyoqlilar: a-daryo qisqichbaqasi, b-butli o’rgimchak, c-xonqizi.

Umurtqasiz hayvonlar keng tarqalgan organizmlardir. Ular- ni daryo va dengizlarda, tuproq ostida, tashlandiq yerlarda, odam yashaydigan xonadonlarda, havoda uchib yurgan holatda ko’rishimiz mumkin. Rivojlanish jarayonida umurtqasiz hayvonlar yashash muhitiga moslashib borgan.


Batafsil >> Umurtqasiz hayvonlar

Previous articleMollyuskalar – Моллюскалар
Next articleUmurtqali hayvonlar – Умуртқали ҳайвонлар