Umurtqali hayvonlarga baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari kiradi. Умуртқали ҳайвонларга балиқлар, сувда ҳамда қуруқликда яшовчилар, судралиб юрувчилар, қушлар ва сут эмизувчилар синфлари киради.
Baliqlar sinfi
Baliqlar sinfi tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan bo’ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan (65-rasm).

65-rasm. Baliqlar sinfi: a-zog’ora baliq, b-qilquyruq, c-manta.
Jabrasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doira- dan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuq- qonli hayvon, ya’ni tana harorati tashqi muhitga bog’liq. Tashqi muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa, ularning harakati sustlashadi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi suv yaqinida yashaydi. Teri va o’pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga qo’yadi. Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi (66-rasm).

Sudralib yuruvchilar sinfi
Sudralib yuruvchilar sinfi – asosan, O’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O’pkasi katakchalarga bo’lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka qo’yadi. Tuxumi qattiq po’choq bilan himoyalangan, sariqlikka boy (67-rasm).

Qushlar sinfi
Qushlar sinfi havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan qoplangan. Havo xaltachalari o’pkaga ulangan bo’lib, bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon. Tana harorati o’zgarmas bo’ladi. Oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Tuxumini bosib yotadi (68-rasm).

68-rasm. Qushlar: a-kaptar, b-tovus, c-burgut.
Sutemizuvchilar sinfi
Sutemizuvchilar sinfi bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun bilan qoplangan. O’pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kame- rali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo’r sutemizuvchilardan tortib, primatlargacha bo’lgan hayvonlar kiradi (69-rasm).

69-rasm. Sutemizuvchilar: a-yo’lbars, b-kiyik, c-ot.
Hayvonot dunyosi rang-barang. Barcha hayvonlar yashash muhitiga moslashgan bo’ladi.
- umurtqa
- issiqqonli
- sovuqqonli.
Savollar
- Umurtqali hayvonlar qanday sinflarga bo’linadi?
- Qaysi hayvonlar sovuqqonli yoki issiqqonli hisoblanadi?
- Qaysi sinf vakillari faqat suvda uchraydi?
- Qaysi hayvonlarning yuragi ikki, uch va to’rt kamerali bo’ladi?