E unlisining talaffuzi va imlosi

0

E unlisining talaffuzi va imlosi. Э унлисининг талаффузи ва имлоси.


E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so‘zlarda to‘liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.


396-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘qing va daftaringizga yozing. E unlisining talaffuzi va imlosini izohlang.

Egar, egizak, egov, ekologiya, elak, elektr, eng, ertalab, eshik, e’tibor, ehtiyot.

397-mashq. Ikki guruhga bo‘lining. Birinchi guruh so‘z boshida, ikkinchi guruh so‘z o‘rtasida e unlisi qatnashgan so‘zlarga 10 tadan misol yozsin. Ular ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.

398-mashq. Maqollarni daftaringizga ko‘chirib yozing. E unlisining talaffuzi va imlosiga e’tibor bering.

1. Egilgan boshni qilich kesmas. 2. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. 3. Elga qo‘shilsang, er bo‘lasan, eldan ajrasang, yer bo‘lasan. 4. Er so‘zidan qaytmas, sher – izidan. 5. Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.


Savol va topshiriqlar

  1. E unlisi qanday so‘zlarda i ga yaqin eshitiladi?
  2. E tovushiga moyil talaffuz qilinadigan so‘zlarga misollar keltiring.
Previous articleO‘ unlisining talaffuzi va imlosi
Next articleAyrim undoshlar talaffuzi va imlosi