Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi

0

Чингиз Айтматов ҳаёти ва ижоди. Чингиз Айтматов хаёти ва ижоди.


Chingiz Aytmatov rasmlari
Chingiz Aytmatov (1928 – 2008)

Yozuvchi o‘zi haqida

Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinardi. Shu sababdan o‘zimiz dan oldin o‘tgan yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga sing dirilardi. Odatda, ovul qariyalari bu borada o‘g‘il bolalarni: «Qani, ayt-chi, botir, kimlarning av lodidansan? Otang kim? Otangning ota-bobolari kimlar? Nima ish bilan shug‘ullanish gan? Odamlar ular haqida nima deydi?» – kabi savollar bilan sinashardi. Agar bola bu savollarga javob berolmasa, uning ota-onasi qattiq izza qilinardi.

Aytmat bobomni ko‘rmaganman. U 1918–1920-yillarda vafot etgan. Men esa 1928-yil 12-dekabrda tug‘ilganman. Biz ning Shakar ovulimiz chekkasidagi Qurqurov daryosi qirg‘og‘ida eski, yerga botib borayotgan tegirmon toshi bor. Yillar o‘tgan sayin u ko‘proq yemirilib, yerga chuqurroq singib bormoqda.

Ana shu yerda bobomning tegirmoni bo‘lgan. Bu tegirmon bir yilcha ishlagan, хolos, keyin yonib ketgan. Shundan keyin inqirozga uchragan bobom 12 yoshli o‘g‘li To‘raqul – me ning otam bilan u yerdan ketib, temiryo‘l tunnellari qurilishida ishlagan. Shu yerdan mening otam rus bojхona ma’muriyati yordamida Avliyoota shahridagi rus-tuzem maktabiga o‘qishga kirdi. Keyin u ikki marotaba Moskvada o‘qidi. Qirg‘izistonda rahbarlik lavozimlarida ishladi. Onam – Nagima Hamzayevna Aytma tova o‘qimishli, o‘z davrining ilg‘or ayollaridan bo‘lgan. Bu narsa ota-onamga meni rus madaniyati, tili va adabiyotiga oshno qilish imkonini bergan.

Buvim esa har yozda meni tog‘ga olib ketardi. U ovuldagi eng aqlli va hurmatga sazovor ayollardan edi. U men uchu n ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning bitmastuganmas хazinasi edi. Ehtimol, o‘shanda buvim o‘zi sezmagan holda o‘z tilimni sevishga, hurmat qilishga o‘rgatgandir. Bunga hech qanday shubham yo‘q.

Buvim mening bolaligimni turli ertak, qo‘shiq, dostonlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, to‘y-hashamlarga o‘zi bilan birga olib borardi. Menga tez-tez o‘zining tushlari haqida gapirib berardi. Bu tushlar shunchalik qiziq ediki, u mudrab uхlab qolgan vaqtida ham men uni uyg‘otib, tushnin g davomini aytib berishini so‘rardim.

Buvim ko‘p o‘tmay vafot etdi. Endi men shaharda, o‘z uyimizda yashay boshladim. Keyin maktabga bordim. Ikki yil o‘tgach, sevimli ovulimga qaytib bordim. Bu safargi kelishim uzoq va qiyinchilik bilan kechdi. 1937-yil mening otam qatag‘on qilindi. Bizning oila ovulga ko‘chib keldi. Aynan shu vaqtdan men uchun qiyinchiliklarga to‘la asl hayot maktabi boshlandi.

Oilamizda to‘rt farzand, men eng kattasi edim. Sharoit og‘ir edi, lekin butun Shakar ahli: qo‘shnilar ham, ilgari bizga tanish bo‘lmagan odamlar ham bizni tash lab qo‘yishmadi. Ular imkonlari yetgancha biz bilan non, yoqilg‘i, kartoshka va hatto issiq kiyimlarni ham bo‘lishardi.

Men juda erta ishlay boshladim: 10 yoshimda dehqon mehnatining barcha zahmatini tatidim. Bir yildan so‘ng biz rayon markaziga – Kirov nomidagi rus qishlog‘iga ko‘chib o‘tdik. Onam hisobchi bo‘lib ishga kirdi. Men rus maktabiga qatnay boshladim. Turmushimiz endi izga tushayotgan kezda urush boshlanib qoldi.

1942-yilda o‘qishni tashlashga to‘g‘ri keldi. Chunki urush vaqti, onamning esa hammamizni o‘qitishga imkoni yo‘q edi. Men yana Shakarga qaytib keldim. Ovul urush mashaqqatlari iskanjasida edi. Boshqa odam topilmagach, o‘z tengqurlarim ichida savodli bo‘lganim uchun meni qishloq kengashiga kotib etib tayinlashdi. O‘shanda 14 yoshda edim. Urush yillari soliq agenti, traktorchilar brigadasi hisobchisi bo‘lib ishladim.

1946-yil 8-sinfni bitirgach, Jambul zoovetteхnikumiga[1] o‘qish ga kirdim. U yerni bitirgach, a’lochi o‘quvchi sifatida Qirg‘iziston qishloq хo‘jaligi institutiga o‘qishga qabul qilin dim va bu yerni ham a’lo baholar bilan bitirdim.

Yoshligimda badiiy adabiyotga oshno bo‘lgan edim. Shu sabab 1956-yili Moskvadagi Oliy adabiyot kursiga o‘qishga kirdim.

…Hech kim o‘z-o‘zidan yozuvchi bo‘lib qolmaydi: yillar sabog‘i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin.

Zamonamizning ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov 2008-yil 10-iyunda og‘ir kasallikdan vafot etdi.


[1] Zoovetteхnikum – chorvador mutaxassis tayyorlaydigan o‘quv yurti.

Previous articleQiyomat Qarz asari
Next articleOq Kema asari haqida – Chingiz Aytmatov asari