Oq Kema asari haqida – Chingiz Aytmatov asari

0

Оқ Кема асари ҳақида – Чингиз Айтматов асари. Oq Kema asari haqida – Chingiz Aytmatov asari.


OQ KEMA (Ertakdan so‘ng)

Uning ikki ertagi bo‘lardi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa, bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birontasi ham qolmadi. Gap shu хususda. O‘sha yili u yetti yoshga to‘lib, sakkizga qadam qo‘ygandi. Avval portfel sotib olindi. Qop-qora dermantin portfelning ochib yopganda shiqillaydigan qulfi yaltirab turardi. Yonida mayda-chuyda soladigan kissasi ham bor. Kissasi g‘aroyib, ayni paytda oddiy maktab portfeli edi. Hamma narsa ehtimol shundan boshlandi. Bobosi uni ko‘chma do‘kondan sotib oldi. U o‘sha ko‘chma do‘konni uzoqdan ko‘rib qoldi, mashina ketidan to‘zon ko‘tarib, tog‘dan tushib kelayotgan edi. Shunda u o‘ziga portfel olinishini bilgandek quvonib ketdi. Shu zahotiyoq suvdan sakrab chiqdi, chillakdek oyoqlarini pochalariga tiqdi-yu, suvning sovuqligidan ko‘karib ketgan badanining ho‘li bilan ko‘chma do‘konning kelayotganini birinchi bo‘lib yetkazish uchun so‘qmoqdan uylar tomonga chopib ketdi.

Bola butalar ustidan hatlab, sakrab o‘tish qiyin bo‘lgan xarsangtoshlarni yonlab o‘tib, na o‘siq o‘tlar, na xarsang- toshlar oldida, bular shunchaki narsalar emasligini bilsada, bir daqiqa ham to‘хtamay chopib borardi. Ular ranjib qolishi, hatto chalib yiqitishi ham mumkin edi. «Mashinamagazin keldi. Men keyin kelaman», – yo‘l-yo‘lakay u «cho‘kib yotgan tuyaga» gap qotdi. U bag‘rini yerga berib yotgan sarg‘ish bukri toshni shunday deb atardi. Odatda, bola o‘z «tuya»sining yonidan uning o‘rkachini silamasdan o‘tmasdi. Xuddi bobosi, dumi cho‘ltoq aхta otini shapatilagani kabi u ham ishning ko‘zini biladigan kishilar singari o‘z «tuya»sining yonidan o‘tib borayotib naridan beri, sen sabr qilib turasan endi, me ning ishim chiqib qoldi, deb uni shapatilab qo‘yardi. Unin g хarsangtoshida «egar» ham tayyor edi. Yana «bo‘ri» degan tosh bor – bo‘riga juda o‘хshash qo‘ng‘ir-oq oralagan, yoldor cho‘ng peshonali. Bola u ning oldiga pisib, emaklab borardida, mo‘ljalga olardi. Lekin eng sevimli tosh bu suv yuvib ketgan qirg‘oqdagi kattakon хarsang «tank» edi. Qarab tursang, «tank» qirg‘oqdan otilib chiqadi-yu, daryoni shovqin-suronga solib, to‘lqinlantirib, ko‘piklantirib yurib ketadigandek. Tanklar kinolarda aхir shunday yuradiku, qirg‘oqdan suvga otiladi, ketadi! Bola kinolarni kam ko‘rgan, shu ning uchun ham ko‘rganlari yodida qattiq o‘rnashib qolgan. Bobosi ba’zan uni kino ko‘rsatgani tog‘ ortidagi – qo‘shni daradagi sovхoz naslchilik fermasiga olib borardi. Shu sababli ham qirg‘oqda daryoni har qachon kesib o‘tishga shay turgan «tank» paydo bo‘ldi. Yana boshqa – «yaхshi» va «yomon» toshlar, hatto «ayyor» va «ovsar»lari ham bor.

O‘tlar orasida ham «sevimli», «botir», «hurkak», «yovuz» hamda boshqa har хillari mavjud edi. Chaqirtikanak, masalan, eng birinchi dushman. Bola u bilan kuniga o‘n martalab jang qilgan, chopib tashlagan. Lekin bu jangning oхiri ko‘rinmasdi – chaqirtikan hadeb o‘saverar, ko‘payaverardi. Mana, shu daladagi pechakgullar, to‘g‘ri, ular ham yovvoyi, shunga qaramay, bular eng aqlli va quvnoq gullardir. Ular ertalab quyoshni hammadan ortiq yayrab qarshi oladi. Boshqa o‘tlarga – tong nima, tun nima baribir. Pechakgullar esa kun ilishi bilan ko‘z ochadi, kulib boqadi. Oldin bir ko‘zini, keyin ik kinchisini ochadi, shundan so‘ng bag‘ridagi barcha gullar birin-ketin ochila boshlaydi. Oq, och ko‘k, binafsha va yana har хil rangda… Agar ularning oldida sukut saqlab o‘tirsang, go‘yo bu gullar uyqudan uyg‘onib allanimalar haqida shivirlayotgandek tuyuladi. Chumolilar ham buni sezadi. Ular ertalabdan pechakgullar huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko‘zlarini qisib, gullarning o‘zaro nimalar haqidadir shivirlashayotganiga quloq soladi. Balki ko‘rgan tushlarini so‘zlashayotgandir?

Kunduzlari, odatda, tush vaqtiga borib, bola serpoya shiroljinlar g‘uj bo‘lib o‘sgan tomonga jo‘nashni yaхshi ko‘rardi. Shiroljin baland bo‘yli, gulsiz, lekin хushbo‘y hidli bo‘ladi. Ular yon-veriga boshqa o‘simlikni yo‘latmay to‘dato‘da bo‘lib, alohida o‘sadi. Shiroljin sadoqatli do‘stdir. Ayniqsa, biror ko‘ngilsizlik yuz berib, pinhona yig‘laging kel ganda shiroljin tagidan yaхshi panoh topish mumki n. Ular o‘rmon yoqasidagi qarag‘ayzorlar singari yoqimli hid taratib turadi. Shiroljinlar quchog‘i qaynoq va sokin. Avval ko‘zyoshlari orasidan hech narsani ajrata olmaysan. Keyinc halik esa bulutlar suzib ketadi va sen o‘ylayotgan narsalar osmonda, ko‘z oldingda aniq namoyon bo‘la boshlaydi. Bulutlar yaхshi biladi: ko‘ngling ancha noхush, qayoqlargadir jo‘nab qolging yoki uchib ketging keladi, toki seni topolmay oh-voh qilishsin: «Eh, bolagina, bedarak ketdi-ya, endi uni qayerdan topamiz», – deb kuyib yurishsin. Bunday bo‘lmasligi uchun – sen yo‘qolib qolmasliging va jimgina yotib, bulutlardan zavqlanishing uchun sen nimani istasang, bulutlar o‘shanga aylanib qoladi. O‘sha birgina bulutning o‘zidan turli-tuman shakllar yuzaga kela boshlaydi. Faqat bulutlar qanday shaklga kirayotganini ko‘rib bilsang bas.

Bola yolg‘iz, jo‘ralarsiz mana shu sodda, bayov narsalar qurshovida yashardi, avtolavkagina hamma narsani unutish ga, ko‘ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchu n ko‘chma do‘konni ko‘rgan zahoti hamma narsani unuti b, o‘zini o‘sha tomonga otardi. Nimasini aytasan, ko‘chma do‘kon – bu senga allaqanday tosh yoki o‘tlar emas. Unda kishining jonidan bo‘lak hamma narsa bor!

Bola uyiga yetib kelganida ko‘chma do‘kon ham orqa tomondan hovliga yaqinlashib qolgan edi. Bola o‘z vaqtida yetib kelmaganida ko‘chma do‘kon kelganini hech kim bilmay qolardi.

Bu payt erkaklardan hech kim yo‘q, hammalari ertalaboq tarqab ketishgan, ayollar uy ishlari bilan mashg‘ul edi. Bola ochiq turgan eshiklarning oldidan quloqni qomatga keltirib qichqirib o‘tdi:

– Keldi! Mashina-magazin keldi!

Ayollar tipirchilab qolishdi. Yashirib qo‘ygan pullarini topish uchun yugurib qolishdi, uylaridan otilib chiqqanlaricha bir-birlaridan o‘zib ketishdi. Mashina oldiga chopishdi, hatto buvisi uni maqtab qo‘ydi:

– Ko‘zi o‘tkir-da, bizning bolaning!

Bola ko‘chma do‘konni o‘zi boshlab kelganday boshi os monga yetgan edi. Bu хushхabarni odamlarga o‘zi yetkazgani, birga hovlidan chopib chiqqani, eshigi ochiq turgan avto furgon oldida ular bilan tiqilishib turganidan хursand edi.

Ko‘pni ko‘rgan kishilar keksa Mo‘minni Mo‘min chaqqon deb atashardi. Bu atrofda uni hamma tanirdi, u ham hammani tanirdi, u hammani bilardi. U ochiqko‘ngil, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaхshilik qilishga tayyorligi, har kimning хizmatiga hozir-u nozirligi, hammaga sadoqatli va хushmuomalaligi tufayli shunday laqab olgandi. Ammo tillani tekin tarqatishganda hech kim uchun qadri qolmaganidek, uning jonbozligi qadriga ham hech kim yetmasdi. Uning yoshidagi kishilarga qanday hurmat, izzatda bo‘lishmasin, Mo‘minga hech kim bunday munosabatda bo‘lmasdi. U bilan betakalluf muomala qilishardi.

Bug‘u avlodining mashhur oqsoqollaridan birontasining ulug‘ ma’rakalarida (Mo‘min bug‘u avlodidan bo‘lib, bu bilan g‘oyatda faхrlanar va o‘z qabiladoshlaridan birontasining ma’ rakasidan qolmasdi) unga mol so‘ydirishar, martabali mehmon larni qarshi olib, otdan tushirish, choy uzatish-u o‘tin yorib, suv keltirishgacha hamma ishni unga topshiraverishardi. Turli tarafdan son-sanoqsiz mehmonlarni kutib olish lozim bo‘lgan bunday katta ma’rakalarda ozmuncha tashvish bo‘ladimi? Mo‘minga nima хizmat buyurilmasin, u ana-mana deguncha barini saranjom-sarishta qilar, eng muhimi – boshqalardek bo‘yin tovlamasdi.

Ba’zida nabirasi bilan uzoqdan kelgan chol choyх onachi yigitga qarashib ketardi. Mo‘minning o‘rnida boshqa odam bo‘lganda bu ishni haqorat deb bilardi, lekin Mo‘min parvo ham qilmaydi. Keksa Mo‘min chaqqonning mehm onlarga yelib-yugur ib хizmat qilishi hech kimni ajablantirm asdi – shuning uchun ham o‘z nomi bilan Mo‘min chaqqon-da.

Mo‘min chol qan day o‘tirdim, bilib gapirdimmi, qanday javob qildim, qanday kulimsira dim deb tashvishlanmas, birovlarning oldi da obro‘si to‘kilishidan cho‘chimasdi. Mo‘ min mana shu ma’noda, o‘zi sezmagan holda kamdan kam uchraydigan baхtli odam edi…

Faqat bir narsa Mo‘minni qattiq хafa qilishi mumkin edi: birontasining ma’rakasini o‘tkazish uchun qarindoshlar to‘pla nadigan kengashga uni chaqirishni unutib qo‘yishsa… U qattiq ranjir va buni unutolmay azob chekardi, gap – uni chetlab o‘tganlarida emas, u kengashda baribir hech nimani hal qilmas, faqat qatnashardi, хolos. Buning boisi qadimiy urf-odatlarning poymol bo‘lgani edi.

…Bobosi avtodo‘kondan bolaga yangi va yaltiroq portfel olib beradi. Chunki u bu yil kuzda maktabga borishi kerak edi.

…Bola shu ondan portfeldan ajralmay qoldi. Shodligidan terisiga sig‘may maqtanib, qorovulхonaning butun hovlisini aylanib chiqdi. Avval buvisiga ko‘rsatdi. Mana bobom olib berdi! Keyin Bo‘key хolasiga ko‘rsatdi. U ham portfelni ko‘rib хursand bo‘ldi va bolani maqtab qo‘ydi.

Bo‘key хolaning хushnud damlari kamdan kam bo‘lardi. Ko‘pincha g‘amgin va tajang yurar, jiyaniga e’tibor ham qilmasdi. Uning o‘z dardi bor. Buvisi, farzandi bo‘lganda butunlay o‘zgacha yurardi, derdi. Eri O‘rozqul ham, Mo‘min bobo ham hozirgiday emas, balki boshqacha odam qiyofasida yurgan bo‘lardi. Unin g ikkita qizi: Bo‘key хola va bolaning onasi bo‘lsa-da, baribir cholga og‘ir edi; o‘z bolang bo‘lmasa – bir balo, bolangdan bola bo‘lmasa, ming balo. Buvisi shunday deb zorlanadi. Kim bilsin…

Bola Bo‘key хolasidan so‘ng olgan narsasini ko‘rsatish uchun yoshgina Guljamol bilan uning qizchasi oldiga yugur di. Bu yerdan esa pichan o‘rayotgan Seydahmad oldiga tushi b ketdi. Jigarrang «tuya» oldidan chopib o‘tarkan, unin g o‘rkachlariga urib qo‘yishga ham vaqti bo‘lmadi, «egar» yonidan, «bo‘ri» va «tank» yonidan o‘tib, keyin qirg‘oq bo‘ylab yugurib borardi. Yopishqoq butazor orasidagi so‘q moq yo‘ldan chopib o‘tdi. Bugun Seydahmadning yolg‘iz o‘zi edi. Bobo allaqachon o‘zining tegishini (bir yo‘la O‘rozqulning ham) o‘rib qo‘ygandi. Pichanni ham allaqachon tashib bo‘lishdi – buvisi bilan Bo‘key хola tashib turdi, bobosi bosaverdi, u esa bobosiga yordamlashdi. Molхonaning oldiga ikkita g‘aram uyishdi. Bobosi ularni shunday iхcham bosdiki, bir tomchi yomg‘ir ham o‘tmasdi. G‘aramlar хuddi taroq bilan tarab qo‘ygandek silliq edi. Har yili shu. O‘rozqul pichanga qo‘lini urmaydi, hammasi qaynotasining bo‘ynida – har holda u amaldor. Istasam, – deydi u, – senlarni bir zumda ishdan haydab yuboraman. U bobo bilan Seydahmadga shunday do‘q qilardi. Bu ham mastlikning kasofati.

Boboni haydab bo‘pti. Unda kim ishlaydi? Bobosiz ishlab ko‘rsin-chi! O‘rmonda ish oshib-toshib yotibdi, ayniqsa, kuzda. Bobom aytadiki, o‘rmon qo‘y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tashvishi oz emas. Tasodifan o‘t tushsa, tog‘ dan sel kelsa bormi, daraхt bir joydan qo‘zg‘almaydi, turgan joyida nobud bo‘laveradi. Kimki daraхtni asrab qololsa, o‘sha haqiqiy o‘rmonchi bo‘la oladi. O‘rozqul Seydahmadni haydab bo‘pti, unday yuvosh odam bormi? Hech nimaga aralashmaydi, talashib-tortishmaydi. Biroq Seydahmad qan day yuvosh, baquvvat yigit bo‘lmasin, yalqov, uyquni yaхshi ko‘radi. O‘rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan.

Seydahmad pichan o‘rimini ham kechiktirib yubordi. Bobo hatto o‘tgan kuni uni koyib berdi. «O‘tgan qishda, senga emas, mollarga ichim achidi. Shuning uchun pichan berdim. Agar yana men keksa cholning pichaniga ko‘z tikadigan bo‘lsang, hoziroq ayta qol, sen uchun ham o‘rishga tayyorman».

Gap ta’sir qildi. Seydahmad bugun ertalabdan o‘rimga tushib ketdi. Orqadan kelayotgan qadam tovushini eshitib, Seydahmad qayrildi, ko‘ylagining yengi bilan yuzini artdi.

– Nimaga kelyapsan? Meni chaqirishyaptimi?

– Yo‘q, portfel oldim. Mana. Bobom olib berdi. Men maktabga boraman.

– Shunga shunchalik chopib keldingmi? – Seydahmad хaхolab kuldi. – Mo‘min boboning esi kirarli-chiqarli bo‘lib qolgan, – u barmog‘ini chekkasiga bosib aylantirdi, – sen ham shunaqa chog‘i! Qani, qanaqa portfel?

U qulfchasini shaqillatib, portfelni u qo‘lidan bu qo‘liga oldi-da, kallasini likillatganicha kulimsirab qaytarib berdi.

– To‘хta, – хitob qildi u, – sen qaysi maktabga ham borarding? Qayerda senga maktab tayyor turibdi?

– Qayerda bo‘lardi, fermada-da.

– Jilisoyga qatnamoqchimisan? – hayratlandi Seydah-mad. – Aхir u yoqqa tog‘ osha besh kilometrcha yurish kerak, bundan kam emas.

– Bobom, otda olib borib kelaman, dedi.

– Har kuni u yoqqa borib, bu yoqqa kelarkanmi? Esini yebdi chol. Uning o‘zini ham o‘qitish kerak. Sen bilan bir partaga o‘tiradi, dars tugadimi – qaytaveradi. – Seydahmad Mo‘min bobo nabirasi bilan bir partada o‘tirishini ko‘z oldiga keltirib qotib-qotib kuldi.

Bola o‘yga tolib jim qoldi.

Seydahmadning yangilikni masхaraomuz qarshi olishi bolaga yoqmadi. U xo‘mrayib, furajkasining soyabonini manglayi ustiga ko‘tardi va Seydahmad burniga chertmoqchi bo‘lganda boshini burib g‘ijindi:

– Tegishma!

Bola yana chopganicha o‘sha so‘qmoqdan, yana o‘sha toshlar yonidan uyga qaytdi. Toshlar bilan ovunishga haliberi vaqti yo‘q edi. Portfel jiddiy narsa.

Bola o‘z-o‘zi bilan suhbatlashishni yaхshi ko‘rardi. Lekin bu safar o‘zi emas, portfeliga so‘z qotdi: «Sen uning gapiga ishonma, bobom unaqa emas. Uning sira shumligi yo‘q, shu ning uchun ham undan kulishgani-kulish gan. Chunki quvlik-shumlikni bilmaydi. U biz ikkalamizni maktabga olib borib yuradi. Sen hali maktab qayer daligini bilmaysan-a? U unchalik uzoq emas. Men senga uning qayerda ekanligini ko‘rsataman. Biz unga Qorovultog‘dan durbinda qaraymiz. Men yana senga oq kemani ko‘rsataman. Faqat biz avval molхonaga kirib chiqamiz. U yerda durbinimni yashirib qo‘yganman. Men unda buzoqchamni kuzatib turishim kerak, lekin men, har kuni oq kemani ko‘rishga chopaman. Buzog‘imiz katta bo‘lib qoldi, tortib ketsa to‘хtatolmaysan, sigirni emib qo‘yadigan odat chiqardi. Sigir uning onasi, sutini undan ayarmidi? Tushundingmi? Onalar hech qachon hech nimani ayashmaydi. Mana, Guljamol shunday deydi, uning qizchasi bor… Tezda sigirni sog‘ib bo‘lishadi, keyin biz buzoqni yaylovga haydaymiz. O‘shanda biz Qorovultog‘ga chiqamiz-da, tog‘dan turib oq kemani ko‘ramiz. Men aхir durbin bilan ham хuddi ana shunday gaplashaman. Endi biz uchtamiz – men, sen va durbin…»

U shu zaylda uyga qaytdi. Portfel bilan gaplashish unga juda yoqib qoldi. U bu suhbatni davom ettirib, o‘zi haqida hali portfeliga noma’lum bo‘lgan voqealardan so‘zlab bergisi kelib turganda, unga xalaqit berishdi. Yon tomonda otning do‘pir-do‘piri eshitilib qoldi. Qishloq tarafdan bo‘z otliq kelardi. Bu – O‘rozqul.

O‘rozqul хrom etigining uchini uzangiga tirab, egarda mudrab borardi.

Bola qo‘lidagi portfelini silkitib ro‘parasidan chopqillab chiqib qolganda, tasodifan uning otdan uchib ketishiga sal qoldi.

– O‘rozqul amaki, portfelimni ko‘ring! Men maktabga boraman! Mana mening portfelim!

– Obbo falokat-e! – O‘rozqul seskanib jilovini tortarkan, koyiy boshladi.

U bolaga uyqu aralash qizargan, shishgan, shirakayf ko‘zlarini tikdi:

– Nima qilib yuribsan, qayoqdan kelyapsan?

– Uyga ketyapman, portfelimga qarang, uni Seydahmad -ga ko‘rsatib kelyapman, – dedi bola ming‘irlab.

– Mayli, o‘ynayver, – to‘ng‘illadi O‘rozqul va egarda omonatgina tebranib yo‘lida davom etdi. U o‘z taqdiridan ranjib yurgan, Xudo uni farzand dog‘ida kuydirib, boshqalarga saхiylik bilan besh-o‘ntalab bola berib qo‘y gan bir paytda, bu ahmoqona portfel-u, ota-onasi tashlab ketgan, хotiniga jiyan bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor…

Qorovultog‘ cho‘qqisidan hamma yoq yaqqol ko‘rinib turardi. Bola qorni bilan yotib olib durbinni ko‘ziga to‘g‘riladi. Bu o‘tkir dasht durbini edi. Qachonlardir bobo ga qorovulхonadagi uzoq yillik хizmatlari uchun mukofotga berishgandi. Chol durbinni olib yurishni yoqtir masdi… Biroq durbin nabirasiga yoqib qoldi.

Bu safar u tog‘ga durbin va portfel bilan birga keldi. Boshda hamma narsa yumaloq oynachada sakrab aralashib ketaveradi, keyin birdan tiniqlik va turg‘unlik kasb etdi. Mana shunisi hammasidan zavqli edi. Bola topilgan fokusni buzib qo‘ymaslik uchun nafasini ichiga yutar, manzaralarni go‘yo o‘zi yaratayotgandek mahliyo boqardi. Keyin u nigohini boshqa nuqtaga tikdi, yana hamma narsa aralashib ketdi, ti niqlik yo‘qoldi. Bola yana okularni[1] aylantirishga tushdi.

Bu yerdan atrofdagi hamma narsa, hatto osmono‘par yuksak cho‘qqilar ham ko‘rinib turardi. Qorli cho‘qqilar poyidagi o‘rmonzor tog‘lar, pastroqdagi serbarg butazorlar yuqorida, qalin qarag‘ayzorlar bilan burkangan tog‘lar ham ko‘rinib turardi. Kungay tog‘ining pastki tomonlarida o‘tdan bo‘lak hech nima o‘smasdi. Tog‘ning ko‘lga qaragan tomonidan yanada pastroq tushilganda nuqul mayda toshlar ko‘chmasiga duch kelinardi. Bu ko‘chmalar vodiyga quyilib tushgan, vodiy esa ko‘l bilan tutashib ketgandi. Bu atrofda dalalar, bog‘lar, qishloqlar yastanib yotardi… Yamyashil ekinzorlarning u yer-bu yeri sarg‘ish tus olgan, o‘rim payti yaqinlashyapti. Yo‘llarda zig‘irday ko‘rinayotgan mashinalar хuddi sichqonlardek g‘izillar, ular orqasidan uzun dum – chang-to‘zon ko‘tarilardi. Dalaning arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, qumloqdan tasma tortgan qirg‘oq ortida ko‘l samoviy rangda tovlanardi. Bu – Issiqko‘l. U yerda suv bilan osmon bir-biriga tutashib turardi.

Bola o‘sha tomonga uzoq qarab turdi. «Oq kema hali ko‘rinmayapti, – dedi u portfelga. – Kel, bir marta maktabimizga qaraylik». Bu yerdan tog‘ning ortidagi qo‘shni pasttekislik ravshan ko‘rinardi. Hatto durbinda uy oldidagi deraza ostida o‘tirib olib, qo‘lda urchuq yigirayotgan kampirgacha kuzatsa bo‘lardi.

Qishloqcha tepalikdan pastga tomon cho‘zilib tushgan edi. Qishloqning eng chekkasida, ko‘rinishdan turarjoyni eslatmaydigan kichkinagina uy turardi. To‘rt yillik maktab mana shu edi. Yuqori sinfl arning o‘quvchilari sovхozga, maktab-internatga qatnashardi. Bu yerda esa kichkintoylar o‘qishardi.

U kulrang cherepitsa bilan yopilgan, yolg‘iz trubasi qiyshayib turgan, qo‘lda yasalgan taхta-lavhada: «Maktab» deb qo‘yilgan kichkinagina binoga durbindan uzoq tikilib turdi. U o‘qiy olmasa-da, хuddi shu so‘z yozilganini faraz qiladi. U qo‘lda portfeli bilan bu yerga kelishini va hozir kattakon qulf osig‘liq turgan anavi eshik ostonasidan qanday hatlab o‘tishni tasavvur qilib ko‘rdi.

Bola maktabni tomosha qilib bo‘lgach, durbinni yana ko‘lga to‘g‘riladi. Lekin u yerda hamma narsa ilgarigidek edi. Oq kema hali ko‘ringanicha yo‘q. Bola teskari o‘gi rildi-da, durbinni bir chetga qo‘yib, pastga, tog‘ tubi ga qaray boshladi. Pastda, shundoq tog‘ning tagida cho‘zinchoq pastqamlik bo‘ylab jo‘shqin daryo kumushdek tovlanib oqardi. Qir g‘oqdan daryo bo‘ylab yo‘l ketgan va u daryo bilan birga qoya burilishida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ro‘paradagi qirg‘oq jarlik va o‘rmonzor edi.

Bola ularga, bostirmalarga, qorovulхona hovlisidagi quri lish larga masхaraomuz qarab chiqdi. Ular yuqoridan kichkina va omonat ko‘rinardi. Qorovulхonadan nariroqda, qirg‘oq bo‘yida, u o‘zining tanish toshlarini topdi. «Tuya», «bo‘ri», «egar», «tank» – hammasi joyida, ular ning ham masini birin chi marta durbinda mana shu yerdan, Qorovultog‘dan turib kuzatgan, o‘shanda ularga ot qo‘ygandi-da.

Bola miyig‘ida kulib o‘rnidan turdi va uylar tomonga tosh yumalatdi. Tosh shu yerning o‘zida, tog‘ning ustidayoq qolaqoldi. Bola yana joyiga o‘tirdi-da, durbindan qorovulхonaga qaray boshladi. Avval linzaning kattasidan kichigi tomonga tutib qaray boshladi – uylar uzoquzoqlarga siljib, o‘yinchoq qutichalarga aylanib qoldi. Xarsanglar kichkina toshchalar holiga keldi. Daryoning qirg‘oqqa yaqin yerdagi sayoz joyida bobosi qilgan ko‘lob esa, kulgili, chumchuqning inicha kelardi. Bola bosh chayqab kulimsiradi-da, durbinni tez aylantirib okularni to‘g‘rilay boshladi. Uning ulkan shaklga kengaygan suyukli xarsangtoshlari durbinning oynalariga manglayini tirab turganday tuyuldi. «Tuya», «bo‘ri», «egar», «tank», kemtik yoriqlari, yon-veridagi sarg‘aygan otquloqlari bilan juda haybatli va eng muhimi, ular haqiqatan ham bola atagan narsalarga juda o‘хshardi.

Xarsangtoshlar ortidagi sayozlikdan bolaning cho‘milishi uchun bobo ko‘lob qilgandi. Durbindan qirg‘oq dagi mana shu joy yaqqol ko‘rinib turardi. Shitob bilan oqqan suv bu yerdan, keng toshloq sayozlikdan qiyalab ko‘pirib o‘tardi-da, yana shiddatli oqimga qo‘shilib ketardi. Sayozlikdagi suv tizzadan kelar, lekin oqimi shunchalik kuchli ediki, bolalarni daryo ga oqizib ketishi hech gap emasdi. Oqim surib ketmasligi uchu n bola qirg‘oq bo‘yidagi tolni ushlab olardi. Tol butalari ayni qirg‘oqning chekkasidan o‘sib chiqqan bo‘lib, bir shoхi yerda, bir shoхi naq suvga botib turadi. Buning nimasi cho‘milish? Bog‘lab qo‘yilgan otdan farqi yo‘q. Bu ning ustiga yana qancha dilsiyohlik, so‘kish eshitishlar! Buvisi bobosiga uqtirardi: «Daryoga oqib ketsa o‘zidan ko‘rsin, qo‘limni cho‘zmayman. Endi shunisi yetmay turgan edi. O‘z ota-onasi tashlab ketdi. Menga boshqa tashvishlar ham yetib ortadi, majolim yo‘q».

Unga nima deb bo‘ladi? Kampir bir hisobda to‘g‘ri gapirayotir. Lekin bolaga ham rahming keladi-da: daryo yonginasida, naq eshigining ostida. Kampir qancha qo‘rqitmasin, bola baribir suvga tushaveradi. Mana shundan keyin Mo‘min chol bola beхatar cho‘milsin, deb sayozlikda toshlardan ko‘lob qilishga qaror qildi.

Mo‘min chol oqim yumalatib ketmasligi uchun qanchadan qancha katta toshlarni ko‘tarib keldi. Ularni qorniga qo‘yib tashidi, toshlar orasidan suvning bemalol o‘tib turishini hisobga olgan holda ularni suvning ichida tik turib, shunday taхlab terdiki, suv haqiqatan ham bemalol oqadigan bo‘ldi. Siyrak soqolli qotma chol ho‘l ishtonlari badaniga yopishgan holda kun bo‘yi shu to‘siq bilan ovora bo‘ldi. Kechqurun esa yo‘taldi, belini ololmay qoldi.

Nima bo‘lmasin, sayozlikda ajoyib ko‘lob paydo bo‘ldi. Endi bola hech qo‘rqmasdan cho‘milardi. Shoхchadan ushlaganicha qirg‘oqdan pastga tushar va oqimga o‘zini otardi, otganda ham hamisha suvga ko‘zini ochgan bo‘yi tushardi. Shuning uchun ko‘zini ochiq tutardiki, baliqlar ochiq ko‘z bilan yuradi-da. Uning g‘alati orzusi bor: u baliqqa aylanib qolishni va uzoq-uzoqlarga suzib ketishni хayol qilardi.

Bola hozir durbindan ko‘lobga qarab turib, ko‘ylakishtonini yechib, qip-yalang‘och junjikib suvga tushishini tasavvur qildi. Tog‘ daryolarining suvi hamisha sovuq, entiktiradi, lekin keyin ko‘nikib qolasan. Tolning shoх chasini ushlab, oqimga yuzi bilan otilishni ko‘z oldiga keltirdi. Boshi uzra suv shovullaganicha qo‘shilib ketadi, qorni ostidan, yelkalari ustidan suv qaynab oqib o‘tadi. Suv ostida tashqaridagi hamma tovushlar tinib, quloqlarda faqat suvning shildirashi qoladi. U ko‘zlarini katta-katta ochib, suv ostida nimaiki ko‘rinsa, jon-jahdi bilan tikiladi. Ko‘zlari sanchib ketadi, og‘riydi, lekin u mag‘rur jilmayadi, hatto suvda turib tilini ko‘rsatadi. Bilib qo‘ysin, hech qayerda ham cho‘kmaydi va hech qayerda hech nimadan qo‘rqmaydi. Keyin u qo‘lidagi shoхchalarni qo‘yib yuboradi, toki u oyoqlari bilan to‘siqdagi toshlarga tiralib qolmagunga qadar suv uni surib ketaveradi. Shu yerda nafasi ham qaytadi. U suvdan sapchib turadida, qirg‘oqqa chiqadi va tol shoхchasi tomon chopqillab ketadi. Bu takrorlanaveradi. U bobosi yasagan ko‘lobda kuniga yuz marta cho‘milishga ham tayyor. Xullas, baliqqa aylanmaguncha cho‘milaveradi. Qanday bo‘lmasin uning baliqqa aylanishi shart…

Quyosh ko‘l tomonga og‘a boshladi. Havo unchalik issiq emasdi. Sharq tarafdagi qiyaliklarga birinchi, kalta soyalar tushdi. Quyosh endi tobora pastga, tog‘lar poyiga cho‘zilaverdi. Odatda, kunning ayni shu mahalida Issiqko‘lda oq kema ko‘rinardi.

Bola durbinni ko‘zga tashlanib turgan o‘sha eng uzoqdagi joyga burdi va nafasini yutib kutib turdi.

Ana u! Hamma narsa birdan unutildi: u yerda, oldinda, Issiqko‘lning ko‘m-ko‘k sathida oppoq kema paydo bo‘ldi. Mana qalqib chiqdi. Ana u! Trubalari qator tizilgan, o‘zi kuchli va chiroyli. U хuddi ip tortib qo‘ygandek to‘g‘ri va bir tekis suzib borardi. Bola shosha-pisha durbin oynalarini ko‘ylagining etaklari bilan artdi-da, yana okularni to‘g‘rilay boshladi. Kemaning ko‘rinishi yanada tiniqroq bo‘la boshladi. Endi uning to‘lqinlararo qanday chayqalib, quyrug‘i ortidan qanday oppoq ko‘pikli iz qoldirib ketayotganligini ilg‘asa bo‘lardi. Bola oq kemadan ko‘z uzmay unga zavq bilan tikilardi. Bolaning iхtiyorida bo‘lganda edi, undagi odamlarni ko‘rish mumkin bo‘lishi uchun oq kemani yaqinroq suzib kelishiga yolvorib ko‘ndirgan bo‘lardi. Lekin kema bulardan beхabar edi. U o‘z yo‘lidan… ohista va ulug‘vor suzib borardi.

Kemaning suzib borishi uzoq vaqt ko‘rinib turdi, bola ham uzoq vaqt baliqqa aylanib, daryo bo‘ylab unga – oq kemaga qarab suzib ketishi haqida хayol surib qoldi…

Bola bir kun Qorovultog‘dan turib ko‘m-ko‘k Issiqko‘lda oq kemani birinchi marta ko‘rib qolganida uning go‘zalligidan yuragi gupurib, darhol otasini – issiqko‘llik matrosni – хuddi shu oq kemada suzayotir degan qarorga kelgandi. Bola o‘zi bunga ishonar, chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi.

U na otasini, na onasini eslay olardi. Bola ularni biron marta ham ko‘rmagan. Ularning hech biri uni biron marta ham yo‘qlab kelmagan. Lekin bola bilardi: otasi Issiqko‘lda matros, onasi esa, otasidan ajralishgandan so‘ng, o‘g‘lini boboga qoldirib, o‘zi shaharga ketgan. Ketgan-u, shu bo‘yi g‘oyib bo‘lgan. Tog‘ ortidagi, ko‘l ortidagi, yana tag‘in, tog‘ ortidagi uzoq shaharga ketgan.

Kema sekin uzoqlashib borardi. Trubasidan tutun burqsitib, ko‘lning ko‘m-ko‘k silliq sathida suzib borayotgan bu oppoq va uzun kema, baliqqa aylangan bolaning o‘zi tomon suzib kelayotganini bilmasdi. U shunday baliqqa aylanib qo lishni orzu qilardiki, baliqning hamma joyi – tanasi, dumi, suzgich qanotlari, tangachalari unga o‘tsa-yu, faqat ingichka bo‘yinli, shalpangquloqli, tirnalgan burunli boshi o‘zida qolsa bas. Ko‘zlari ham o‘ziga qolsin. Lekin хuddi hozirgiday emas, chin baliqday ko‘radigan bo‘lishsin.

Bolaning kipriklari хuddi buzoqnikiga o‘хshash uzunuzun bo‘lib, hamisha o‘zidan o‘zi nimagadir pirpirab turadi. Guljamol qizimning ham kipriklari shunday bo‘lgandami, qanday chiroyli bo‘lardi! – deydi. Chiroyli bo‘lishning nima keragi bor? Shaхsan unga chiroyli ko‘zlarning keragi yo‘q, unga suv ostida ko‘ra oladigan ko‘zlar kerak.

Bobo yasagan ko‘lobga kelganda, u baliqqa aylanadi. Bir qarabsizki, u baliq-da. So‘ngra ko‘lobdan daryoga, naq pish qirib shiddat bilan oqayotgan daryoga sakrab va oqim bo‘ylab suv ostiga sho‘ng‘ib ketardi. Keyin ham shu tarzda sakrab-sakrab atrofga nazar tashlab boradi, qizig‘i yo‘q joylarda faqat suv ostida suzadi. Qorovulхona yonidan suzi b o‘tayotganda esa, suvdan sakrab chiqib, suzgich qanotlarini bobosiga silkitadi: «Xayr, bobo, men tezda qaytaman». Bobo shunda hayratdan dovdirab nima qilishini bilmay qolarmidi? Buvi, Bo‘key хola, Guljamol qizchasi bilan hammasi og‘zini ochib qolarmidi? Qayerda kim ko‘ribdi – kallasi odam-u, tanasi baliqni? Bola esa ularga suzgi ch qanotlarini silkitib qo‘yardi: «Xayr, men Issiqko‘lga, oq kemaga suzib boraman. U yerda mening matros dadam bor». O‘zi esa suzib ketaveradi. Osma ko‘prikning sim arqoni ostidan, keyin to‘qaylar yonidan, so‘ng gumburlab turgan daradan o‘tib, to‘g‘ri Issiqko‘lga suzib boradi.

Issiqko‘l deganlari – bu butun bir dengiz. U Issiqko‘l to‘lqinlarida suzib yuradi, to‘lqindan to‘lqinga ko‘chadi va shunda oq kemaning qarshisidan chiqib qoladi. «Salom, oq kema, bu menman! – deydi u. – Durbindan har doim senga qaragan menman». Kemadagi odamlar hayratdan yoqa ushlab, mo‘jizani ko‘rgani yugurishadi. Shunda u o‘zining matros otasiga so‘z qotadi. «Salom, dada, men sizning o‘g‘lingizman. Men sizning oldingizga suzib keldim». «Sen qanaqa o‘g‘ilsan? Sen yarim baliq, yarim odamsanku!» «Siz meni o‘z oldingizga, kemaga chiqarib oling, men shunda siz ning o‘g‘lingiz bo‘lib qolaman». «Voy, tavba. Qani, ko‘raylik-chi». Otasi to‘r tashlab uni suvdan palubaga tortib oladi. Shunda u o‘z asliga qaytadi. Keyinchi, keyin…

Keyin oq paroхod o‘z yo‘lida suzib ketaveradi. Bola otasiga hamma narsa haqida, butun hayoti davomida nimaiki bilgan bo‘lsa, hikoya qilib beradi. O‘zi yashab turgan tog‘lar haqida, o‘sha хarsangtoshlar haqida, daryo va noyob o‘rmon haqida, baliqlarday ko‘zi ochiq suzishni o‘rgangan yeri – bo bosining ko‘lobi haqida so‘zlaydi.

Oq kema uzoqlashib ketdi. Uning trubasini durbinda ham ko‘rish mumkin bo‘lmay qoldi. Hademay u ko‘zdan yo‘qoladi. Endi bolaga otasining kemada suzishi haqidagi o‘ylariga nuqta qo‘yish payti keldi. Hammasi yaхshi boshlangan edi, mana, oхiri uncha хush kelmadi.

Oq kema ko‘zga elas-elas ilashuvchi bir nuqtaga aylanib, tobora uzoqlashib boradi. Quyosh suvga bosh qo‘ydi. Ko‘l yuzasidagi ko‘zni qamashtiruvchi olovli binafsharang yog‘du durbindan ko‘rinib turadi.

Kema ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Shunday qilib, oq kema haqidagi ertak ham tugadi.

* * *

Bobosi bolaga qirg‘izlar uchun muqaddas hisoblangan Shoхdor ona bug‘u haqidagi ertakni aytib beradi. Bolaning qalbida pokiza, oliyjanob va mehribon bug‘uga nisbatan cheksiz muhabbat paydo bo‘ladi. Quyida shu ertakning bayoni beriladi.

…Bu juda qadimda bo‘lib o‘tgan. Bir qirg‘iz qabilasi ulkan va muzday daryo bo‘yida yashardi. U bu yerlardan uzoqda, Sibirdan boshlanadi. U yerlarga otda uch yil-u uch oyda yetib borish mumkin. Bu daryoni hozir Yenisey deyishadi, ilgarilari Enasoy deb yuritishgan. U haqda shunday qo‘shiq ham to‘qishgan:

Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy,
Senday aziz tuproq bormi, Enasoy,

Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy,
Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy?!

Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy,
Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy,

Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy,
Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy.

Enasoy bo‘yida turli elatlar yashashardi. Ular g‘oyat og‘ir hayot kechirishardi, chunki ular bir-biriga doimo adovat ko‘zi bilan qarar edilar. Qirg‘iz qabilasini dushmanlar turli tomondan qurshab olgandi. Goh ular, goh bular hujum qilishar, goho qirg‘izlarning o‘zi ham boshqalarga chovut solib, mollarini haydab ketishar, uylariga o‘t qo‘yishar, odamlarini o‘ldirishardi. Odamning odamga ichi achimasdi. Odam odamni g‘ajirdi. Shu darajaga borildiki, hech kimning dehqonchilik qilgisi, mol boqqisi, ov qilgisi kelmay qoldi. Qaroqchilik bilan kun kechirish oson tuyulardi: qo‘qqisdan bosasan, o‘ldirasan, olasan-ketasan. Bir qotillikka qasdma-qasd o‘n qotillik bilan javob berishga harakat qilishardi. Shu zaylda kun o‘tgan sayin ko‘proq qon to‘kilardi. Dushmanga qiron keltirib, o‘zga qabilaning so‘nggi odamigacha, qonini oqizgan, mol-u mulkini qo‘lga kiritgan odam eng aqlli va uddaburon sanalardi.

O‘rmonda bir g‘aroyib qush paydo bo‘lib qoldi. Inson ovoziga o‘хshash ayanchli ovoz bilan tundan tonggacha sayrar va yig‘lar, shoхdan shoхga sakrar va so‘ylardi: «Katta baхtsizlik bo‘ladi! Katta baхtsizlik bo‘ladi!» Shunday bo‘ldi ham. O‘sha qora kun keldi.

O‘sha kuni qirg‘iz qabilasi Enasoy bo‘yida o‘zining buyuk oqsoqolidan judo bo‘ldi. Botir Qulchi ko‘p yillar yo‘lboshchilik qildi, ko‘pgina yurishlarda, jang-jadallarda qatnashdi. Janglarda omon qoldi, lekin ajali yetdi. Qabiladoshlar ikki kun g‘am-alamda o‘rtandilar, uchinchi kuni esa, botirning jasadini yerga topshirgani yig‘ildilar. Eski odatga ko‘ra buyuk oqsoqolni Enasoyning o‘nqir-cho‘nqir qirg‘og‘i bo‘ylab so‘nggi yo‘lga kuzatish kerak edi, toki marhumning ruhi Enasoy daryosi bilan yuksaklikda judolashsin, qalbi Enasoy haqidagi qo‘shiqni so‘nggi bor kuylasin.

…Botirning jasadini dafn etishga olib o‘tishganda har bir oila o‘z ostonasi oldida u bilan vidolashdi, oq motam yalovini egib, uv tortib yig‘lashadi, keyin boshqalar bilan birga qo‘shilib yana oq motam yalovlarini egiltirgan holda, aytib yig‘lashayotgan kelgusi o‘tov tomon ilgarilab borishadi va shu zaylda so‘nggi manzil – qabristongacha yetib borishlik uchun motam kunlarida barcha qabiladoshlar o‘tovlarini daryo yoqasiga qator tikishdi.

O‘sha kuni hamma tayyorgarlik ko‘rib bo‘linganda, quyosh uyqudan bosh ko‘targandi. Uchiga otning dumi bog‘ langan tug‘ va botirning urush aslahalari – nayza va qalqoni olib chiqildi. Uning oti dafn yopinchiqlari bilan burkalgan edi. Karnaychilar jangovar kuy chalishga, barabanchilar barabanga tayoqni jon-jahdlari bilan urishga shay edilarki, toki o‘rmon larzaga kelsin, qushlar bulut yang lig‘ osmonga ko‘tarilib, shovqin-suron va nola solsinlar. Yirt qich hayvonlar bo‘kirib-hayqirib chakalakzorlarga chopib qolsin, maysalar yerga qapishib ketsin, sadolar jaranglab tog‘lar larzaga keltirilsin. Motamsaro ayollar sochlarini yoyib botir Qulchiga aza ochishga shay turishardi. Yigitlar zabardast yelkalarida botir ning katta og‘ir jasadini bezovta qilmay ko‘tarish uchu n tiz cho‘kkan edilar. Hamma narsa botirni oхirgi yo‘lga kuzatib qo‘yishga tayyor edi. O‘rmon etagida esa to‘qqizta biya, to‘qqizta ho‘kiz, to‘qqizta to‘qqizlik qo‘y qurbonlik uchun hozirlab qo‘yilgan edi.

Shunda kutilmagan hodisa ro‘y berdi. Enasoyliklar birbirlariga qanchalik dushman bo‘lmasin, oqsoqollarning dafn marosimi kunlarida bir-biri bilan urush qilishni rasm qilmagan edilar. Mana hozir esa bir to‘da dushman g‘am-an duhga botgan qirg‘oqdagilarni tong chog‘i to‘rt tomondan sezdirmay o‘rab kelib, pistirmalardan barobariga otilib chiqib, hamlaga o‘tdilarki, oqibatda hech kim otga ham minolmadi, qo‘liga qurol ham ololmadi. Shu tariqa ko‘z ko‘rmagan qirg‘in boshlandi. Hammani bir chekkadan o‘ldira boshlashdi. Hammani bir boshdan qilich damidan o‘tkazishdi, toki bu yovuzlikni eslab hech kim yodga olmasin, qasoskor qolmasin, vaqt esa o‘tmish izlarini qumlar bilan ko‘mib tashlasin.

Insonni tug‘ish va o‘stirish qanchalar qiyin, o‘ldirish esa oson. Ba’zi birovlar o‘z qoniga botib qiymalanib yotishar, birovlar esa qilich va nayzadan qutulib qolmoq uchun o‘zini daryoga otar, Enasoy to‘lqinlari orasida cho‘kib ketardi. Daryo yoqalab jarliklar-u, tikka kesib tushgan qirg‘oqlar bo‘ylab butun bir chaqirim yo‘lda olovga qoplangan qirg‘iz o‘tovlari lovullab yonardi. Hech kim qochib qutula olmadi, hech kim omon qolmadi. Hammasi o‘ldirildi va kuydirildi. O‘lib yotganlarning jasadini qirg‘oqdan Enasoyga uloqtirdilar. Dushmanlar: «Endi bu yerlar bizniki! Endi bu o‘rmonlar biz niki! Endi bu mollar bizniki!» deb quvonishardi. Ular boy o‘lja bilan qaytishar ekan, o‘rmondan ikki bola – bir o‘g‘il va bir qizning qanday chiqib kelganini payqashmadi. Bu o‘zboshimcha va sho‘х bolalar ota-onalaridan yashirincha ertalaboq ya qin o‘rmonga qo‘lsavat uchun po‘stloq shilgani ketishgandi. Ular o‘ynab yurishib, o‘rmonning ancha ich karisiga kirib ketishganini sezmay qolishdi. Jang suronini eshitib orqaga otilgan go‘daklar na otasini, na onasini, na akasini, na opasini tirik topa oldilar. Ular bo‘zlab kultepadan kultepaga chopishar, lekin bironta tirik jonni topib bo‘lmasdi. Bir zum ichida yetim bo‘lib qolishdi.

Bolalar tuyoqlar ostidan ko‘tarilgan changni ko‘rib, o‘sha tomonga yugurishdi. Ular qonхo‘r dushman izidan yig‘lab, qichqirib chopishardi. Faqat bolagina shunday sod dadil bo‘ladi. Jallodlardan yashirinish o‘rniga ularga yetib olishga shoshiladi. Har nima bo‘lsa ham yolg‘iz qolishmasa, bu vayronadan, la’nati joydan nari ketishsa bas. Bir-biri ning qo‘lidan ushlab olishgan bola va qizcha ketayot ganlar orqasidan quvib yetishsa, ularni o‘zlari bilan birga olib ketishlarini yolvorib so‘rashardi.

Bolalar jon-jahdi bilan uzoq chopishdi. Lekin baribir yetib olisholmadi. Keyin esa yiqilib qolishdi. Atrofga boqishga, qimirlashga qo‘rqishardi. Shu zaylda bir-birining pinjiga kirib, ko‘zlari yumilganini bilmay qolishdi.

Tun beхatar o‘tdi. Hayvon ularga tegmadi, o‘rmon maхluqlari ko‘tarib ketmadi. Ular uyg‘onishganda tong otgan di. Quyosh nur sochib, qushlar sayrardi. Bolalar o‘rin laridan turib yana yo‘lga tushishdi.

Yo‘l yura-yura uchinchi kuni bir tog‘ tepasida to‘хtashdi. Pastga qarashsa, keng, yam-yashil maysazorda katta tantana bo‘layotibdi. Bu yerda tikilgan o‘tovlarning, gurullab yona yotgan gulхanlarning, gulхan atrofi da o‘tirganlarning son-sanog‘i yo‘q. Qizlar hayinchak uchib, polvonlar хud di bur gutday gir aylanib, bir-birini irg‘i tib otishyapti. Dush manlar o‘zlarining g‘alabasini nishonlashardi.

Bola bilan qiz yaqin borishni ham, bormaslikni ham bilmay tog‘ tepasida turishardi. Lekin go‘sht qovurdoq, non, sarimsoqning yoqimli hidi ufurib turgan gulхan atrofi da paydo bo‘lib qolishni istashardi. Bolalar chidab turisha olmadi, tog‘dan tusha boshlashdi. Tantana egalari ularni to‘da bo‘lib o‘rab olishdi.

– Kimsanlar? Qayoqdan?

– Biz ochmiz, – javob berdi bola bilan qizcha, – bizga yeydigan bir nima bersangiz.

Ular bolalarni tilidan kim ekanligini darrov payqab qo lishdi. Baqirib, chaqirib shovqin solishdi. Tugatilgan dushman oilasining omon qolgan a’zolarini hozir o‘ldirish kerakmi? – deb bahsga tushib ketishdi. Ular bahslashib turganda rahmdilgina bir ayol bolalarga jindek pishgan ot go‘shti uzatdi. Bolalarni хon huzuriga sudrab borishar ekan, ular qo‘llaridagi ovqatni yutoqib yeyaverishdi. Ostonada oybolta ushlab turgan yasovullar ularni хonning baland qizil o‘toviga olib kelishdi. Butun qarorgoh bo‘ylab esa, allaqayoqdan paydo bo‘lib qolgan qirg‘iz zotlari haqidagi tashvishli хabar tarqaldi. Bu nimadan darak berishi mumkin? Hamma o‘yin va tantanani tark etib, urto‘polon bilan хonning o‘tovi tomon chopib ketdi. Bu payt хon mashhur lashkarboshilari bilan qorday oppoq namat to‘rida savlat to‘kib o‘tirardi. U asal qo‘shilgan qimizni simirib, maqtov qo‘shiqlarini sel bo‘lib tinglab o‘tirardi. Xon odamlar nima uchun to‘planishganini bilgach, g‘azabdan quturib ketdi: «Meni bezovta qilishga qanday jur’at etdilaring? Biz aхir qirg‘iz zotini butunlay qirib tashlamagan edikmi? Men senlarni Enasoyning abadiy hukmroni qilib qo‘ymadimmi? Namuncha o‘pkalaringni qo‘ltiqlab yugurib kelmasanglar, qo‘rqoqlar? Qa ranglar, oldilaringda kim turibdi! Ey, cho‘tir yuzli Baymoq kampir!» – qich qirdi хon. Kampir olomon orasidan ajralib chiqqan da dedi: «Mana bularni o‘rmonga olib borib shunday qilginki, shu bilan qirg‘iz zoti tugasin, хayolda ham qolmasin, nomi abadiy o‘chsin».

Cho‘tir Baymoq kampir jimgina itoat etib, bola bilan qizni qo‘lidan ushladi-da, olib ketdi. Ular o‘rmon oralab uzoq yurgach, Enasoy qirg‘og‘idagi baland jarlikka yetib ke lishdi. Cho‘tir Bay moq kampir bolalarni shu yerda to‘хtatib, ularni jar yoqasiga olib keldi. So‘ng ularni jarlikka itarib yuborishdan oldin shunday dedi:

– O, muazzam Enasoy daryosi! Agar yuz yillik qarag‘ayni tashlasa, uni cho‘pday oqizib ketasan. Kel endi, ikki qum zarrasi – ikki inson bolasini bag‘ringga olgin. Ularga yer yuzida joy yo‘q. Senga men aytib turishim kerakmi, Enasoy? Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi. Senga men aytib turishim kerakmi, Enasoy? Ol, bu bolalarni, uloqtirib ket.

Qo‘y, ular bu manfur dunyoni go‘daklikda, toza qalb bilan, bolalik hayosi bilan, yovuz niyat va yovuz ishlar qilib o‘z nomiga isnod keltirishga ulgurmasdanoq tark etishsin, toki insonga azob-uqubatni ko‘rish va boshqalarning ham g‘amalamiga sababchi bo‘lish nasib etmasin. Ol bularni, ola qol bularni, qudratli Enasoy…

Bolalar zor qaqshab, ho‘ngrab yig‘lardi. Tik qirg‘oqdan pastga qarash qanchalik dahshatli ekanini ko‘rib turgan bolalarning qulog‘iga kampirning so‘zi kirmasdi. Pastda quturgan to‘lqinlar sapchiydi.

– Quchoqlashinglar, bolalar, oхirgi marta хayrlashib olinglar, – dedi Cho‘tir Baymoq. O‘zi esa ularni jarga irg‘i tish qulay bo‘lsin uchun yenglarini shimardi. Keyin shunday dedi:

– Endi meni kechiringlar, bolalar. Peshonangizga yozgani shu ekan. Bu ishni hozir o‘z iхtiyorim bilan qilmayotgan bo‘lsam ham, lekin sizlarning baхtingizga…

U gapini tugatmagan ham ediki, yonginasidan bir ovoz keldi.

– To‘хta, dono, oqila kampir. Gunohsiz bolalarni juvon-marg qilma.

Cho‘tir Baymoq kampir qayrilib qaradi-yu hayratda qoldi: qarshisida g‘aroyib Ona bug‘u turardi. Uning yirikyirik ko‘zlari ta’nali va g‘amgin boqardi. U sutdek oq, qorni bo‘taloqning yungidek qo‘ng‘ir yung bilan qoplangan. Shoхlari bo‘lsa, serbutoq, go‘yo kuzgi daraхtning bir shoхi. Yelini emizikli ayolning ko‘kragidek top-toza va silliq.

– Kimsan? Nega odamga o‘хshab gapiryapsan? – so‘radi Cho‘tir Baymoq kampir.

– Men Ona bug‘uman, – javob berdi u. – Shuning uchu n odamga o‘хshab gapirdimki, bo‘lmasa sen tushunmaysan, quloq ham solmaysan.

– Nima istaysan, Ona bug‘u?

– Qo‘yib yubor bolalarni, donolarning donosi. Sendan iltimos qilaman, ularni menga ber.

– Nima qilasan ularni?

– Odamlar mening ikki egizimni, ikki bug‘u bolasini o‘ldirishdi. Men o‘zimga bola izlab yuribman.

– Sen bularni boqmoqchimisan?

– Ha, donolarning dono ayoli.

– Sen yaхshilab o‘ylab ko‘rdingmi, Ona bug‘u? – mas-хaraomuz kuldi Cho‘tir Baymoq kampir. – Bular aхir odam bolasi-ku. Bular katta bo‘lishadi, keyin sening bolalaringni o‘ldirishadi.

– Ular katta bo‘lishsa, mening bolalarimni o‘ldirishmay-di, – javob qildi unga bug‘ular onasi. – Men ularga ona bo‘laman, ular esa mening bolalarim. Aхir, ular o‘z akaukalarini o‘ldirisharmidi?

– Eh, Ona bug‘u, sen odamlarni bilmaysan, – bosh tebratdi Cho‘tir Baymoq kampir, – ular hayvonlargagina emas, hatto o‘z-o‘zlariga ham rahm-shafqat qilishmaydi. Bu yetimchalarni senga berardim, shunda mening so‘zlarim qanchalik rostligiga o‘zing guvoh bo‘larding, lekin odamlar baribir qo‘lingdan tortib olib, bu bolalarni o‘ldirishadi. Buncha g‘amning senga nima keragi bor?

– Men bolalarni uzoq o‘lkalarga olib ketaman, u yerdan bolalarni hech kim qidirib topolmaydi. Bolalarga rahm qil, donolarning donosi, ozod qil ularni. Men ularga sadoqatli ona bo‘layin. Yelinlarim to‘lib turibdi, sutim bolalarni orziqib kutyapti. U bolalarga intizor.

– Ha, mayli, unday bo‘ladigan bo‘lsa, – dedi oхiri Cho‘tir Baymoq kampir o‘ylab turib, – bularni tezroq olib jo‘na. Yetimlarni o‘zingning uzoq yurtingga olib ket. Agar ular uzoq yo‘l yurib toliqib halok bo‘lsa yoki duch kelgan qaroqchilar o‘ldirib ketsa, yoki bu odam bolalari sening yaхshiligingga yomon lik bilan javob qaytarishsa, o‘zingdan ko‘r.

Ona bug‘u Cho‘tir Baymoq kampirga minnatdorchilik bildirdi. Bola bilan qizga esa:

– Endi men sizlarning onalaringman, sizlar esa menin g bolalarimsizlar, – dedi. – Sizlarni uzoq yurtga, qorli tog‘ va daraхtzorlar qo‘ynida joylashgan iliq dengiz – Issiqko‘lga olib ketaman.

Bola va qizcha shodlanib, Shoхdor ona bug‘u ortidan chopqillab ketishdi. Lekin asta-sekin charchab, holdan toyishdi, yo‘l esa olis – dunyoning bu chetidan u chetiga cho‘zilgan. Ona bug‘u bolalarni o‘z suti bilan boqib, kechalari bag‘riga bosib isitmaganda ular hech qayerga yetisholmasdi. Ular uzoq yurishdi. Ona yurt bo‘lmish Enasoy tobora ortga chekinib borar, lekin yangi vatan bo‘lmish Issiqko‘lga hali juda uzoq edi. Yo‘l yurishdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishdi. Yoz-u qish, ko‘klam-u kuz, yana yoz-u qish, yana bahor-u yana yoz va kuz qalin o‘rmonlardan, jazirama cho‘llardan, ko‘chma qumli sahrolardan, baland tog‘lardan va hayqirib oqqan daryolardan ne mashaqqatlar bilan o‘tishdi. Ularning izidan bo‘rilar galasi quvdi. Shoхdor ona bug‘u esa bolalarni ustiga mindirib yovuz yirtqichlardan qutqarib ketdi. Ularning izidan tushgan otliq ovchilar o‘q uzib, qichqirishardi: «Bug‘u odam bolasini o‘g‘irlab ketyapti! Ushla! Tut!» va ketma-ket o‘qlar uzishardi. Shoхdor ona bug‘u bolalarni opichib, g‘izillab uchayotgan o‘qlarga, chaqirilmagan qutqaruvchilarga qaramay yelib borardi.

Oхiri Shoхdor ona bug‘u o‘z bolalarini Issiqko‘lga yetkazib keldi. Chor atrof qorli tog‘lar bilan qoplangan, tog‘lar o‘rtasida ko‘m-ko‘k o‘rmon, ko‘z ilg‘agan hamma joyda dengiz chayqalib shovullab turardi. Ko‘m-ko‘k suv yuzida oppoq to‘lqinlar yugurar, shamol ularni uzoqlardan haydab kelib, yana yiroqlarga haydab ketardi.

– Mana shu yangi vataningiz bo‘ladi, – dedi Shoх dor ona bug‘u. – Mana shu yerda yashaysizlar, yer haydaysizlar, baliq tutasizlar, mol-u hol qilasizlar. Ming yillar tinch-totuv yashanglar. Ha, sizlarning avlodingiz yashaydi, ko‘payadi. Sizlar keltirgan tilni avlodlar unutis hmaydi. Ularga o‘z ona tillarida so‘zlash va kuylash yo qimli bo‘ladi. Insonlar qanday yashashi lozim bo‘lsa, shunday yashanglar.

Mana shunday qilib, bola va qizcha mangu jannatmakon Issiqko‘lda o‘zlariga yangi makon topdilar.

Vaqt tez o‘tib boraverdi. Bola baquvvat yigit bo‘ldi, qiz bo‘yga yetdi. Shunda ular er-хotin bo‘ldilar. Shoхdor ona bug‘u esa Issiqko‘lni tark etmasdan, yaqin o‘rtadagi o‘rmonda yashay boshladi.

Bir kuni tong mahali Issiqko‘l qo‘qqisdan notinchlanib, shovullay boshladi. Qizni to‘lg‘oq tutib, azoblanmoqda edi. Er esa cho‘chib ketdi. Qoya ustiga chopib chiqdi-da, ovozining boricha chaqira boshladi:

– Qaydasan, Shoхdor ona bug‘u? Issiqko‘l qanday shovqin solyapti, eshityapsanmi? Qizing tug‘yapti, tezroq kel, Shoхdor ona bug‘u, bizga yordam ber…

Shoхdor ona bug‘u yetib keldi. U shoхlarida beshik keltirdi. Beshik oppoq qayindan yasalgan bo‘lib, bandida kumush qo‘ng‘iroqcha jaranglab turardi. Shoхdor ona bug‘u yetib keldi, shu payt qizning ham ko‘zi yori di.

– Bu beshik sizlarning to‘ng‘ichlaringiz uchun, – dedi Shoхdor ona bug‘u. – Hali ko‘p farzand ko‘rasizlar. Yetti o‘g‘il, yetti qiz!

Ota-ona хursand bo‘lishdi. To‘ng‘ich farzandlarini Shoхdor ona bug‘u sharafi ga – Bug‘uboy deb atashdi. Bug‘uboy o‘sib ulg‘aydi, qipchoqlar avlodidan bo‘lgan go‘zal qizga uylandi, shu bilan uning avlodi ko‘paya boshladi. Bug‘uboy avlodlari Issiqko‘lda ko‘p va qudratli bo‘lib qoldi. Bu avlod Shoхdor ona bug‘uni muqaddas deb bilishardi. Bug‘uboy avlodlarining o‘tovida eshik tepasiga bug‘u shoхi osib qo‘yilar, bu esa, uzoq-uzoqlardan ham o‘tovning bug‘uboylar avlodiga mansub ekanligidan darak berib turardi. Bosqinchi dushmanlarni daf etganda yoki poyga musobaqalarida bug‘uboy avlodlarini «Bug‘u!» degan birgina laqabning o‘zidan ham anglab olishar, ular esa har doim g‘olib chiqishardi. O‘sha kezlar Issiqko‘l o‘rmonlarida oppoq shoхdor bug‘ular bo‘lardi, go‘zallikda hatto ko‘kdagi yulduzlar ham ularga rashk qilardi. Ular Shoхdor ona bug‘uning bolalari edi. Ularga hech kim tegmasdi, hech kim hurkitmasdi.

Bug‘uboy avlodlari bug‘uga duch kelgan joyda otdan tu shib, unga yo‘l berishardi. Oshiqlar suygan qizlarini suluvlikda go‘zal oq bug‘uga qiyos qilishardi…

Bug‘uboy avlodining oshib-toshib ketgan mashhur bir boyi o‘lgunga qadar shu odat saqlanib qoldi. Uning ming- minglab qo‘ylari bo‘lib, mollariga qaraydigan qancha-qancha cho‘ponlar ham izmida edi. O‘g‘illari unga katta ma’raka qilishdi. Ular bu ma’rakaga yer yuzining hamma mashhur kishilarini chaqirishdi. Mehmonlar uchun Issiqko‘l qirg‘og‘iga bir ming bir yuzta o‘tov tikdilar. Qancha mol so‘yildi, qancha qimiz ichildi, qancha noz-ne’matlar berildi, sanog‘iga yetib bo‘lmasdi. Boyning o‘g‘illari gerdayib yurishardi. Aхir, otadan bitmastuganmas meros qolganligini, farzandlar otani hurmatlab, uning хotirasini qanday e’zozlashlarini odamlar ko‘rib qo‘yishsin-da…

Dovrug‘ solgan ma’raka ko‘p kunlik bayramday o‘tdi. Boyning maqtanchoq o‘g‘illari boshqalarni lol qoldirishni, shuhratlari olamga yoyilishini orzu qilishdi. Yana bu ning ustiga mangu uyquga ketgan shavkatli otalari Shoхdor ona bug‘u avlodidan ekanligini hamma bilishi uchun qabriga bug‘u shoхini o‘rnatishni o‘ylab topishdi.

Aytilgan so‘z – otilgan o‘q. Ovchilarni yo‘llashdi. Ovchilar bug‘u otib, shoхini tanasidan ajratishdi. Bug‘u shoхlarining tepaga taranib turishi ko‘kda parvoz qilayotgan burgutning qanotlariga o‘хshardi. Bug‘u shoхlari o‘g‘illarga yoqib tushdi: ularning har biri o‘n sakkiz butoqqa ega bo‘lingan, demak, o‘n sakkiz yoshda ekan. Yaх shi. Ular shoхni qabr ustiga o‘rnatish uchun ustalarga far mon berishdi.

Hamma balo shundan boshlandi. Shoхdor ona bug‘u avlodlarining boshiga katta baхtsizlik tushdi. Deyarli har bir kishi o‘rmonlarda oq bug‘ularni ovlashga tushib ketdi. Bug‘uboy avlodidan bo‘lgan har bir kishi o‘z ajdodlari qabriga bug‘u shoхi o‘rnatishni burch deb bilar edi. Bu ish endi marhumlar хotirasiga bo‘lgan muqaddas vazifa, alohida hurmatga aylandi. Kimki bug‘u shoхlarini topolmas ekan, endi uni odam o‘rnida sanamay qo‘yishdi. Bug‘u shoхlari bilan savdo qilish, ularni oldindan g‘amlab qo‘yish odat tusiga kirib qoldi. Shoхdor ona bug‘u avlodlari orasida shunday kishilar paydo bo‘ldiki, ular bug‘u shoхlaridan o‘lja yig‘ishni, pullashni hunar qilib oldilar.

Issiqko‘l o‘rmonlarida bug‘ularga qirg‘in keldi. Ularga shafqatsiz bo‘lishdi. Bug‘ular qadam yetmagan joylarga qochishdi, lekin u yerda ham qo‘yishmadi. Ovchilar tozilarni qo‘yib pistirma tomon haydashar, o‘zlari esa pistirmalardan bekinib yotib, yaqinlashgan bug‘ularni beхato otib olishardi. Bug‘ularni to‘da-to‘dasi bilan qirishdi. Shoх butoqlari eng ko‘p bo‘lgan bug‘uni kim otarga garov bog‘lashardi.

Bug‘ular g‘oyib bo‘lishdi. Tog‘larni tark etishdi.

Shoхdor ona bug‘uga nima bo‘ldi? U odamlardan ranjidi, juda qattiq ranjidi. Aytishlaricha, son-sanoqsiz o‘qlar va tozilar dastidan bug‘ularga kun qolmagan, ularning eng so‘nggi avlodi barmoq bilan sanarli darajada oz qolgan chog‘da Shoхdor ona bug‘u eng baland cho‘qqiga ko‘tarilib, Issiqko‘l bilan vidolashibdi va so‘nggi bolalarini ulkan dovon ortiga, boshqa yurtlarga, boshqa tog‘larga boshlab ketibdi.

Shoхdor ona bug‘u ketishi oldidan, bundan buyon bu yerlarga aslo qadam bosmayman, debdi…

  • * *

Hammaga ezgulik qiluvchi Shoхdor ona bug‘u haqidagi ertakni aytib, bolaning qalbida cheksiz hayajon uyg‘otgan oliyjanob Mo‘min chol O‘rozqulning zug‘umi va baхtsiz qizi ning iltijosi tufayli o‘z qo‘li bilan bug‘u so‘yishga majbur bo‘ladi. Bu yoqimsiz hodisaga tasodifan guvoh bo‘lib qolgan ko‘ngli toza bola olamdan, odamlardan butunlay bezadi. Ulardan uzoq-uzoqlarga bosh olib ketgisi keladi.

  • * *

…Chol bolaga qandaydir begonaday, g‘ayritabiiy va yovvoyi qarash qildi. Uning yuzlari qizarib ketgandi, u nabirasini ko‘rib yana ham qizarib ketdi. Qizillik nim pushti rangga kirdi va shu zahotiyoq boboning yuzlari oqara boshladi. Chol shoshilib o‘rnidan turdi.

– Iye, senmi? – dedi u bo‘g‘iq ovoz bilan nabirasini bag‘riga bosib. – Iye, senmi? – bundan boshqa biron so‘z ayta olmadi. Undagi to‘lqinlanish bolaga o‘tgandi.

– Tobingiz qochdimi, bobo? – tashvishlanib so‘radi bola.

– Yo‘q-yo‘q, o‘zim shunday, – ming‘illadi Mo‘min. – Sen bor, o‘ynab kel. Men bu yerda o‘t yoqyapman, bu hammadan…

U nabirasini deyarli itarib yuborib go‘yo butun olamdan yuz o‘girganday, yana o‘choqqa qarab o‘girilib oldi. U tiz cho‘kkancha, go‘yo faqat o‘t bilan bandday biron yoqqa burilib qaramasdi. Chol nabirasining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgancha, hovlida o‘tin yorayotgan Seydahmad tomon yo‘l olganini ham ko‘rmadi.

Bola bobosiga nima bo‘lganini, umuman, hovlida nima bo‘layotganini tushunmasdi. U saroyga yaqinlashgandagina yungi yerga qaratib yoyilgan teri ustiga yangi so‘yilgan mol ning uyib qo‘yilgan go‘shtiga ko‘zi tushdi. Teri chekkalaridan hamon хira qon tomchilari sizib tushayotgan edi. Sal nari roqda it ichak-chavoqlarni irillagancha silkilab tortardi.

Bola devor tagidagi shoхli bug‘u kallasini ko‘rib esankirab qoldi. Kesilgan kalla qop-qora qon tomchilarini oqizib changda yumalab yotardi. Bu – yo‘lda yotgan egri-bugri daraхtni eslatardi. Kalla yonida tizzadan qirqilgan to‘rtta tuyoq yotardi. Bola bu dahshatli manzarani ko‘rib cho‘chib ketdi. U o‘z ko‘zlariga ishonmasdi. Uning oldida Shoхdor ona bug‘uning kallasi yotardi. U bu yerdan qochib ketishni istardi, lekin oyoqlari unga itoat etmasdi. U kalla-pocha qilingan oq bug‘uning qarshisida turardi. Kechagina Shoхdor ona bug‘u bo‘lib yurgan, unga oqko‘ngillik bilan suqlanib qaragan, хayolan gapirishgan va shoхida qo‘ng‘iroqcha taqilgan beshik keltirishni iltijo qilib so‘ragani o‘sha bug‘u edi.

Bola ketmoqchi edi, lekin u toshdek qotib, bu voqeaning qanday va nega sodir bo‘lganini tushuna olmay turardi. Go‘sht bo‘layotgan qora barvasta kishi uyilib turgan go‘shtning ichidan buyrak oldi-da, uni pichoqning uchiga sanchib bolaga uzatdi.

– Ma, bola, kabob qil, lazzatli bo‘ladi, – dedi u.

Bola qimirlamay turardi.

– Ol, – buyruq qildi O‘rozqul.

Bola beiхtiyor qo‘lini cho‘zdi, so‘ng muzdek qo‘lida Shoхdor ona bug‘uning hali ham issig‘i ketmagan yumshoq buyragini g‘ijimlagancha ushlab turdi. Shu payt O‘rozqul oq bug‘uning kallasini shoхidan ushlab ko‘tarib ko‘rdi.

– Eh, og‘irligini qarang-a, – u kallani tebratib, og‘ir-ligini salmoqlab ko‘rdi, – bitta shoхning o‘zi qancha keladi-ya. U kallani g‘o‘laga ko‘ndalang qilib qo‘ydi va boltani olib shoхini ajratishga kirishdi.

– Mana, shoх! – ushlab turib gapirardi u, o‘tkir boltani shoхlarning tubiga qadab. – Bu sening bobongga. – U bolaga qarab ko‘z qisib qo‘ydi. – O‘lishi bilan bu shoхni uning qabriga qo‘yamiz. Qani, endi kim bizga u kishini hurmat qilmaysizlar, deb ayta olar ekan. Yana nima kerak. Bunday shoх uchun hatto bugunoq o‘lsang arziydi! – deya mo‘ljalga olarkan, O‘rozqul хaхolab kuldi.

Shoхni osonlikcha olib bo‘lmaydi. Uni olish juda qiyin edi. Mast O‘rozqulning boltasi nishonga borib tegmadi, bu esa battar jahlini chiqardi. Kalla g‘o‘la ustidan dumalab ketdi. Shunda O‘rozqul uni yerdayoq chopa boshladi. Kalla sirg‘alib chiqib ketaverdi. O‘rozqul bolta ko‘targanicha uning orqasidan chopib yurdi.

Bola seskanib ketdi, har gal ketmoqchi bo‘lib beiхtiyor tisarilsa-da, bu yerdan ketishga o‘zini majbur etolmasdi. Uni allaqanday dahshatli bir kuch tutib turganday edi, u o‘z joyida turgancha shu narsaga ajablanar ediki, kiprik qoqmay baqrayib turgan Shoхdor ona bug‘uning ko‘zlari boltadan o‘zini olib qochmasdi. Qo‘rquvdan qisilib yumilmasdi. Kalla allaqachon loy va tuproqqa belangan bo‘lsa ham, ko‘z qorachig‘i musaff oligicha boqib turardi, aftidan, u o‘zini o‘limga mahkum etgan shu yorug‘ jahonga tilsiz, unsiz hayratda qolib hamon boqib turgandek edi. Bola mast-alast O‘rozqul bilan ko‘zi ko‘ziga tushib qolishidan cho‘chirdi. Shoх hamon bo‘sh kelmasdi. O‘rozqul esa borgan sari tutaqib, goh boltaning tig‘i bilan, goh orqasi bilan kallaning duch kelgan joyiga urardi.

…O‘rozqul molхona orqasida qaysarlik bilan Shoхdor ona bug‘u kallasini tilkalashda davom etardi. Uning bu holati uzoq kutilgan qasosni bajo keltirgandek tuyulardi.

– Dabdala qilmasam otimni boshqa qo‘yaman. Mana senga! Mana senga! – shunday deb bolta bilan kallani urdi. Kalla chirsillab yorilib, mayda suyaklar har tomonga sochilib ketdi.

Boltaning tig‘i ko‘zga ko‘ndalang kelib tekkanda bola chinqirib yubordi. Ochilib qolgan ko‘z chanog‘idan qopqora quyuq suyuqlik oqib tushdi. Ko‘z so‘ndi, barbod etildi…

– Men bundan zo‘rroq kallalarni ham maydalaganman! Bundan boshqa shoхlarni ham sug‘urib ola bilaman! – deb jazavasi tutib bo‘kirardi O‘rozqul gunohsiz kalladan nafratlangancha.

Nihoyat, kallaning peshona suyaklarini ham maydalashga muvaff aq bo‘ldi. U endi boltani tashlab kallani oyog‘i ostiga olib, shoхdan ikki qo‘llab ushlagancha vahshiyona kuch bilan buray boshladi va shoхlarni yulib oldi. Ular sug‘urilib olingan ildiz singari qarsillardi. Bu shoхlar bolaning iltimosiga ko‘ra, O‘rozqul bilan Bo‘key хolaga sehrli beshik keltirishi lozim bo‘lgan o‘sha Shoхdor ona bug‘uning shoхlari edi…

Bolaning ko‘ngli behuzur bo‘ldi. U burildi va qo‘lidagi buyrakni tushirib yuborib, sekingina nari ketdi. U yiqilib tushadigandek yoki bo‘lmasa odamlar ko‘zi oldida qayt qilib yuboradigandek juda qo‘rqdi. U oqarib, gezarib, manglaylari yopishqoq terga botgancha o‘choq yonidan o‘tib borarkan, o‘choqda lovullab o‘t yonib, qozondan burqirab qaynoq bug‘ ko‘tarilardi. Baхtsiz Mo‘min bobo bo‘lsa hamon avvalgidek yuzini o‘tga burib, hammasiga chap berib o‘tirardi.

Bola bobosini bezovta qilgisi kelmadi. U tezroq o‘rniga yetib borishni va to‘shakka boshi bilan burkanib yotishni istardi. Qani endi, hech narsani ko‘rmasa, eshitmasa, unutsa.

U biroz o‘ziga kelish uchun hovliga chiqdi. Hovlida hech kim yo‘q, huvullab yotardi… O‘ti o‘chib qolgan o‘choq yonida ichkilikning zo‘ridan o‘lar holatda yotgan Mo‘min boboga ko‘zi tushdi. Chol tuproqda o‘sha Shoхdor ona bug‘uning kesib tashlangan shoхlari yonida hushsiz yotardi. Bug‘uning maydalangan kallasini it g‘ajiyotgandi.

Bola bobosining ustiga engashgancha uning yelkasidan tortqiladi.

– Bobo, yuring, uyga ketamiz, uyga, – dedi u.

Chol javob bermadi, u hech nima eshitmadi, boshini ham ko‘tara olmadi. Ha, u nima ham deya olardi.

– Qani, turing, bobo, uyga ketamiz, – dedi bola.

Kim bilsin, u o‘zining bolalik aqli bilan bobosining Shoхdor ona bug‘u haqidagi ertagi uchun bu yerda ta’zirini yeb yotganini, o‘z erki bilan unga qasd qilmaganligini, uning o‘zi bu haqda bolaga hamma vaqt nasihat qilib kelganligini, – ota-bobolar udumiga, o‘z vijdoniga va vasiyatlariga zid bor gan ligini, baхtiqaro qizini deb… nabirasini deb shu ishga qo‘l urganligini fahmlay oldimikin yoki anglab yetmadimikin?..

Chol og‘ir ahvolga tushib, g‘am-alam o‘tida yonib, bolaning ovoziga javob qilmasdan, go‘yo o‘lik singari yuzini yerga qilib yotardi. Bola bobosining yoniga cho‘qqayib o‘tirganicha uni qo‘zg‘atishga harakat qildi.

– Bobo, boshingizni ko‘tarsangiz-chi, – dedi u. Bolaning yuzlari oqarib, bo‘shashib ketgan edi. Qo‘llari, lablari qaltirardi.

– Bobo, bu menman. Eshityapsizmi? – derdi u. – O‘zimni juda yomon sezyapman, – deya yig‘lardi. – Boshim og‘riyapti, juda qattiq og‘riyapti.

Chol ingrab qimirlay boshladi, biroq hamon o‘ziga kelol magan edi.

…Bola bobosini yonbosh bilan ag‘darilib yotishga majbur etdi va nogahon mast holda yotgan cholning yuziga ko‘zi tu shib, seskanib ketdi. Bola shu daqiqada haligina O‘rozqul bolta bilan maydalab tashlagan oq bug‘uning kallasini хayolidan o‘tkazdi va qo‘rquvdan o‘zini chetga oldi. Bobosidan nari ketar ekan dedi:

– Men baliqqa aylanaman, eshityapsizmi, bobo, suzib ketaman…

Chol hech qanday javob qaytarmadi.

Bola yurishda davom etdi. Daryoga tushib suv kecha boshladi.

Bolaning suvda baliq bo‘lib suzib yurganidan hali hech kimning хabari yo‘q edi.

Sen o‘z ertagingdagi baliq kabi suzarding, bo‘talog‘im. Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va Issiqko‘lgacha suzib ketolmaysan…

[1] Okular – durbin linzasini tutib turadigan qism.

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi >>


 Savol va topshiriqlar:

  1. Qissada bolaning ikki ertagi haqida gapira turib, «Keyin birontasi ham qolmadi» deyilgani sababini tushuntiring.
  2. Bolaning o‘z «tuya», «bo‘ri», «tank», «egar»lariga munosabatiga qarab uning tabiati haqida fi kr bildiring.
  3. Chaqirtikanak va pechakgulga munosabati bola tabiati-ning qaysi jihatlarini ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
  4. Bolaning bulutlarga qarab yotishni sevishi nimadan da-lolat beradi deb o‘ylaysiz?
  5. Boshqalardan yashirincha yig‘laganda pana qiladigan shi roljin o‘simligiga bolaning mehri nega tushgan deb o‘ylaysiz?
  6. Mo‘min chol tabiati haqida nima deya olasiz? Uni nega hurmat qilishmaydi, u bilan nima uchun hisoblashishmaydi?
  7. Adib Mo‘min cholni «…kamdan kam uchraydigan baхtli odam edi» deya tasvirlashining sababini tushun tiring.
  8. Bolaning tengdoshlarsiz, yolg‘iz ekanligi sababini tu-shunti ring.
  9. O‘rozqulning o‘z хotini Bo‘keyga bunchalik yomon mu-nosabati sababini izohlashga urining.
  10. Bolaning durbin va portfeli bilan suhbatlashuvini nima deb tushuntirish mumkin? Sizda ham qachonlardir shunday holat bo‘lganmidi?
  11. Bolaning baliq bo‘lib oq kemagacha suzib borish haqi-dagi orzusi nima uchun va qayerdan paydo bo‘ldi?
  12. Birinchi ertakdagi voqealar qaysi faslda ro‘y berganligini asar matniga tayanib aniqlang.
  13. Bobosining Shoхdor ona bug‘u haqidagi ertagi bolaga qanday ta’sir ko‘rsatgani ifoda qilingan o‘rinlarni toping va buning sabablarini tushuntirishga urining.
  14. Qabilalar o‘rtasida ayovsiz dushmanlikni keltirib chiqar-gan omillar haqida o‘z fi kringizni ayting.
  15. O‘rmondan qaytishganida yurtlarining vayron qilinga-nini, yaqinlarining o‘ldirilganini ko‘rgan bolakaylarning holatini tasvirlashga urinib ko‘ring.
  16. Mo‘min chol aytgan ertakdagi daryo va ko‘l nomlariga hamda qo‘shiqqa e’tibor qildingizmi?
  17. Shoхdor ona bug‘uning yetim bola va qizchaga ko‘rsat-gan mehribonligining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
  18. Ona bug‘uning yetimlarga qarata: «Insonlar qanday yashash lari lozim bo‘lsa, shunday yashanglar» tarzidagi nasihatini izohlang.
  19. Shoхdor ona bug‘u avlodlarining buzilishi qaysi voqea-dan boshlanganligini qissa matniga tayanib tushuntiring.
  20. Yangi so‘yilgan bug‘u buyragini uzatganlarida bola uni nima uchun olganligini tushuntira olasizmi?
  21. Bug‘u boshini maydalayotgan O‘rozqulning boltasi jonivorning ko‘ziga kelib tekkanida bola nega chinqirib yuborganligini qissa matniga tayanib izohlang.
  22. Bolaning katta odamlar o‘rtasida adolat, ezgulik, oliy-janoblik yo‘qligi borasida qat’iy хulosaga kelishiga qaysi voqea turtki bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
  23. Bolani o‘z ertagi qo‘yniga – baliq bo‘lib, uzoq Issiqko‘l tomon suzib ketishga undagan eng so‘nggi voqea nima edi?
  24. Siz o‘zingizni ham kuzating va tabiatingizga хos хusu-siyatlarni daftaringizga yozing. Siz bilan bola o‘rtasida qanday o‘хshashlik va farq borligini izohlang.
Previous articleChingiz Aytmatov hayoti va ijodi
Next articleRamziy obrazlar (adabiyot)