O‘simliklar bargi novdada ma’l um tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qa rama-qarshi va halqa hosil qi lib joylashadi (54-rasm). Bargl ari novdada navbat bilan joylashadigan o‘simliklarga g‘o‘za, tok, pomidor, olma, o‘rik, te rak, tut, atir gul, oq quray, do‘ lana kabilar kiradi.

Poya yoki novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama-qarshi joylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilik ka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko‘t, mavrak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi. Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul, qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.
Novdada barglar qanchalik ko‘p va qalin bo‘lmasin, ular hamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigan holatda joylashadi, barglar quyoshga qarab o‘girilib turadi. Bunday o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklar deyiladi. Bularga kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g‘o‘za kabilar kiradi. Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular soya joylarda, g‘orlarda, daraxtlar tagida va qalin o‘rmonlarda ham o‘sa oladi. Xina, binafsha, yovvoyi qulupnay kabi soyada o‘sadigan o‘simliklar soyasevar o‘simliklar deb ataladi.
Xulosa qilib aytganda, barglar ham kurtaklarga o‘xshab, novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi.
- Barglar novdada qanday joylashadi?
- O‘simliklar bargi nima uchun bir-biriga soya sol-maydi?
- Qanday o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklar deyi-ladi?
- Qaysi o‘simliklar soyasevar o‘simliklar deyiladi? Ularga misollar keltiring.