Cho’lpon hayoti va ijodi

0

Cho‘lpon (1897–1938). Cho’lpon hayoti va ijodi haqida. Чўлпон ҳаёти ва ижоди ҳақида. Чулпон хаёти ва ижоди хакида.


Cho‘lpon (1897–1938). Cho'lpon hayoti va ijodi haqida. Чўлпон ҳаёти ва ижоди ҳақида. Чулпон хаёти ва ижоди хакида.
Cho‘lpon (1897–1938)

Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoirn ing otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.

Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki, u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo‘lgan.

Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning talabini ilg‘agan Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu tillardagi adabiyotlarni puxta biladigan o‘qimishli kishi bo‘lib yetishdi. Tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli Abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari Turkiston o‘lkasi gazetalarida chop etilardi.

Ijodkorning iste’dodi ko‘lami uning o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. Katta iste’dod ko‘pincha katta muhabbatdan iborat bo‘ladi. Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘rinib turardi. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni istardi. Buning uchun odamlarni jaholat uyqusidan uyg‘otish, ma’rifatdan, ilm-u fandan bahramand qilish kerak deb hisoblardi. Ayni paytda, rus bosq inchilari millatning ma’rifatli bo‘lishiga keng yo‘l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho‘lpon 1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o‘zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo‘lga kiritiladigan ne’matdir. O‘sha yilning oktabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham so‘ndirdi. Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettiris h va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi.

Minglab yillik an’analarga ega qadimiy o‘zbek she’r iyat ida Cho‘lpon o‘z yo‘lini izladi va hech kimnikiga o‘xshamagan, samimiyligi, jozibadorligi, ta’sirchanligi, tuyg ‘ul arning ranginligi bilan o‘zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi. Bugungi o‘zbek adabiy tili ko‘p jihatdan Cho‘lpon she’rlari ta’sirida shakllangan tildir.

Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfi yotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasi ning muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlari ning хo tir lashlaricha, romanning ikkinchi kitobi qo‘lyozmasi Cho‘l pon qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Bi rinchi kitobi «Kecha» egamanlik yillarida qaytadan nashr etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriy ning «O‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi.

Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda.

Abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Shekspir, Blok, Gorkiy, Thakur singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqimiz ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor edi. Shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb da’vo qilgan hukmdorlarga uning ijodi yoqmas edi. Ular shoird an xalq baхtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni talab qilishdi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon buni qilolmasdi. Shu bois uni o‘zi sevgan, hayotini baxshida qilgan xalqqa dushman deb, millatchi deb e’lon qilishdi. Shoirni 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olishdi. O‘zbekning buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 4-oktabr ida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib tashlandi. Dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi. Dushmanlar xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo‘q qilishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga shoshilardi.

Cho‘lpon ijodi namunalari uzoq vaqt mobaynida o‘quvchilardan berkitib kelindi. Chunki sho‘ro tuzumi haq gapni aytadigan jasoratli shoir ijodini o‘rganishdan manfaatdor emas edi. Lekin haqiqatni umrbod berkitib bo‘lmaydi. Quyoshni yashirib qo‘yishning imkoni yo‘q. Cho‘lpon o‘zbek she’riyatining yorqin yulduzi sifatida o‘tkinchi bulutlar pardasini yirtib tashlab, milliy she’riyat osmonida qayta porladi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Nima sababdan yulduz bilan oy go‘zalni o‘nglarida emas, tushlarida ko‘rishdi deb o‘ylaysiz? 
  2. Go‘zalni Shamol bilan Kun qay holatda uchratganliklarini tasvirlab berishga urining.
  3. «Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda» satrlari ning mazmunini izohlang. Uchinchi misradagi obrazli ifodaning badiiy vazifasini tushunti ring.
  4. Shamolning «yo‘lidan ozganligi» sababini izohlang.
  5. «Men suyib… men suyib, kimni suyibmen?» misrasidagi takrorning badiiy vazifasini tushuntiring.
Previous articleLug‘at turlari va ulardan foydalanish
Next articleCho’lpon Go’zal she’ri