Geografiya nimani o‘rganadi?

0

Geografiya nimani o‘rganadi? Geografiya nimani urganadi?

Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha

Geografiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni «Geografiya» deb atagan. Yunoncha «ge» — Yer, «grafo» — yozaman degan ma’noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» so‘zi «Yerni tasvirlab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma’nolarni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiati, aholi si va uning xo‘jaligini o‘rganadigan fandir. Geo grafiya bilan shug‘ullanadigan kishilarni geograflar deb ataymiz.

Uzoq vaqtgacha geograflar Yer yuzi tabiatini, aholisi va ayrim mam lakatlarning xo‘jaligini tasvirlab yozish bilan shug‘ullanib kelish di. Geograf-sayyohlar yangi yerlarni, dengiz va okeanlarni kashf qilishdi. Biroq Yer yuzini tasvirlash, kattaligini aniqlash, xari tasini tuzish uchun bir necha ming yillar kerak bo‘ldi.

Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo‘nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi. Siz, 5-sinfda tabiiy geografiyaning eng zaruriy bo‘limi — «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»ni o‘rganasiz.


Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati

Tabiiy geografiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o‘zgarishi, ro‘y beradigan tabiiy hodisalarni, tabiatdan foydalanganda nimalarga e’tibor berish zarurligini o‘rganadi. Shuning uchun Siz, aziz o‘quvchilar, tabiiy geografiyani boshdanoq puxta o‘rganishga harakat qiling.

Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani — havo va suvni, oziq-ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi. U uyjoylar quradi, konlarni ochadi, zavodlar, shaharlar bunyod etadi, g‘alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, chorva mollarini boqadi. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, geografiya fanini juda yaxshi bilish zarur.

Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta’rif be rish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan, cho‘l zonalarida yog‘ingarchilikning kam, tog‘lik hududlarda esa aksincha ko‘p bo‘lishini; tog‘lar ustida jazirama yozda ham qor erimay yotishini; ekvatorda yil bo‘yi ob-havo bir xil — issiq bo‘lishini; mo‘tadil mintaqada esa to‘rtta fasl aniq almashi nib turishini tushun tirib beradi.

Shuningdek, tabiat «kamba g‘allashib» ketmasligi, ifloslanmasligi, yerlarni sho‘r bosib unumdorligi pasay masligi, dar yolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boylik laridan qanday foydalanish kerak, qanday ishlarni amalga oshi rish zarur, degan savollarga ham javob beradi.


«Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»da nimalar o‘rganiladi?

Siz Yer yuzi tabiatining asosiy umumiy qonuniyatlarini bilib olasiz, tabiatni, unda ro‘y beruvchi hodisalarni eng oddiy kuzatish usullarini o‘rganasiz.

«Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» Sizni 6-sinfda o‘rganiladigan materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini qiynalmasdan o‘zlashtirishga tayyorlaydi.

Qo‘lingizdagi darslik bir qancha bo‘limlardan iborat. Har bir bo‘limdan muayyan bilimlarni egallaysiz. Joy plani va xarita bo‘limini o‘qib, plan va xaritada Yer yuzasining katta  qismlari qanday  qilib tasvirlanishini bilib olasiz va ulardan qanday foyda lanish mumkin, degan savolga javob beradigan bo‘lasiz.


  1. «Geografiya» so‘zining ma’nosini ayting.
  2. Geografiya nimani o‘rganadi?
  3. Geografiya qanday yo‘nalishlarga bo‘linadi?
  4. Tabiiy geografiya nimani o‘rganadi?
Previous articleНутқнинг асосий хусусиятлари (insho)
Next articleOb-havo hodisalarning shartli belgilari