Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati

0

Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati. Ҳашаротларнинг келиб чиқиши ва аҳамияти. Хашаротларнинг келиб чикиши ва ахамияти.


Hasharotlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatda ko‘pchilik hayvonlar va o‘simliklarning hayoti hasha rotlar bilan bog‘liq. Hasharotlar qaldirg‘ochlar, qizilishtonlar, chittaklar va boshqa qushlar, sutemizuvchilardan ko‘rsha palaklar va tipratikanlar, deyarli ko‘pchilik kaltakesaklar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, bir qancha baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Hatto hasharotlar orasida ham boshqa hasharotlar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ko‘p uchraydi. Bir qancha donxo‘r qushlar ham o‘z bolalarini hasharotlar bilan boqadi.

O‘laksaxo‘r va go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar, ko‘pchilik pashshalarning qurtlari hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadi. O‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini tezlashtiradi. Hayvon va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy sanitarlar» deyiladi.

Ko‘pchilik gulli o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanganida mo‘l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko‘pchilik qoqidoshlar, gulxayridoshlar, ra’noguldoshlar, piyozguldoshlar, loladoshlar va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi. Tukli arilar beda va sebarganing asosiy changlatuv chisi hisoblanadi. Grechixa, kungaboqar va anjir yovvoyi arilar yordamida changlanadi.

Zararkunanda hasha rotlar. Ayrim hasharotlar soni juda ko‘payib ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Zarar kunanda hasha rotlar ro‘y xatiga hasharotlarning 700 dan ortiq turi kiritilgan. Donli ekinlarga osiyo chigirtkasi va xasva, sab zavot va poliz ekinlariga shiralar, mevalarga olma qurti (54rasm), g‘o‘zaga g‘o‘za tunlami, kartosh kaga kolorado qo‘ng‘izi (55-rasm) katta ziyon keltiradi.

54-rasm. Olma mevaxo‘rining rivojlanishi: 1 – kapalagi; 2 – po‘stloq ostidagi g‘umbagi; 3 – g‘umbakdan chiqqan kapalak; 4 – qurti; 5 – g‘umbagi; 6 – zararlangan olma
54-rasm. Olma mevaxo‘rining rivojlanishi: 1 – kapalagi; 2 – po‘stloq ostidagi g‘umbagi; 3 – g‘umbakdan chiqqan kapalak; 4 – qurti; 5 – g‘umbagi; 6 – zararlangan olma
55-rasm. Kolorado qo‘ng‘zining rivojlanishi: 1 – qo‘ng‘izlar; 2 – qurtlari; 3 – barg ostidagi tuxumlari; 4 – tuproqdagi g‘umbagi
55-rasm. Kolorado qo‘ng‘zining rivojlanishi: 1 – qo‘ng‘izlar; 2 – qurtlari; 3 – barg ostidagi tuxumlari; 4 – tuproqdagi g‘umbagi

Omborlarda saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlariga mita qo‘ng‘izi katta zarar yetkazadi. Mita va uning lichinkasi donlarning ichki qismini yeb bitiradi. Xonadonlarda xona kuyasi kapalagining qurti jun va jundan to‘qilgan kiyim-kechaklarni buzadi.

Yog‘ochdan qurilgan inshootlar, shahar va qishloqlarimizdagi binolarning yog‘ochlik qismlari, shuningdek, tarixiy obidalarga termitlar katta ziyon keltiradi. Termitlar zararlagan binolar zilzila, toshqin kabi tabiiy ofatlarda tez qulab tushadi.

Parazit va kasal tar qatuvchi hasharotlar. Bitlar va burgalar (56-rasm) turkumiga mansub barcha hasharotlar, ko‘pchilik chivinlar, ayrim pashshalar, to‘shak qandalalari odam va hayvonlar qonini so‘rib, bezovta qiladi.

56-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar: A – burga: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – g‘umbagi; 3 – qurti; B – bit: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – sirkasi; D – oddiy chivin; E – bezgak chivini
56-rasm. Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar: A – burga: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – g‘umbagi; 3 – qurti; B – bit: 1 – voyaga yetgan davri; 2 – sirkasi; D – oddiy chivin; E – bezgak chivini

Qon so‘ruvchi hasharotlar, shuningdek, pashshalar bir qancha kasalliklarni tarqatadi. Bitlar terlama, kalamush burgasi o‘lat, bezgak chivini bezgak kasalligini odamlarga yuqtiradi. Uy pashshalari oziq-ovqat va idish-tovoqlar orqali ichburug‘, sarg‘ayma va sil kabi kasalliklarni tarqatadi.

Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda yirtqich xonqizi qo‘ng‘izi, tillako‘z, yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon, inkarziya, hasharotxo‘r hayvonlar (qushlar, sutemizuvchilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrikalarda yirtqich va parazit hasharotlar sun’iy ko‘paytirilib, dalalarga tarqatiladi.

Biologik kurashning ya na bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular sonini ko‘paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hayvonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.

Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi. Bo‘g‘imoyoqlilarning ajdod- lari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasi dagi oraliq hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko‘p tukli halqalilarga o‘xshash bo‘lib, har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan bir xil tuzilgan oyoqlari bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida halqali chuvalchanglarning suz gich o‘simtalari oyoqlarga aylangan; yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag‘ichni hosil qilgan. Ana shu yo‘l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi bo‘g‘imoyoqlilar – trilobitsimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar va o‘rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasimonlardan paydo bo‘lganligi taxmin qilinadi.


Savollar

  1. Hasharotlar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
  2. Hasharotlar o‘simliklar uchun qanday ahamiyatga ega?
  3. Qanday hasharotlar zararkunanda hisoblanadi?
  4. Parazit hasharotlar qanday zarar keltiradi?
  5. Qaysi kasalliklar hasharotlar orqali tarqaladi?
  6. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash nima?
  7. Bo‘g‘imoyoqlilar qanday kelib chiqqan?
Previous articleIkki qanotlilar turkumi
Next articleXordalilar tipi. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon