Ikki qanotlilar turkumi. Икки қанотлилар туркуми. Икки канотлилар туркуми.
Uy pashshasi – juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalinlashib, yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq ta’mini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi.

Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go‘ngida rivoj lanadi. Qurtning boshi va oyog‘i bo‘lmaydi, tanasi sirtidagi kichik bo‘rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o‘sadi; quruq tuproqqa chiqib g‘umbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht bo‘ladi; har 2–4 kunda 100–150 tadan tuxum qo‘yadi. Bir mavsumda pashshaning 8–10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi pash shaning avlodi bir mavsumda 5 000 000 000 ga yetishi mumkin. Pash shalar ichburug‘, qorin tifi, vabo, sil, bo‘g‘ma kabi kasallik larning mikrob larini hamda gijjalar ning tuxumlarini tarqa tadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog‘i va tanasida ilakishtirib olib, oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.
Pashsha tez ko‘payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog‘ozlar va har xil zaharli moddalar sepib yo‘qotiladi.
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto‘lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.
So‘na va bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini so‘radi.

Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; issiq yoz mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo‘kalarning qurtlari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo‘ylarning burun bo‘shlig‘ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi.
Savollar
- Uy pashshasi qanday tuzilgan?
- Pashshaning qurtlari qanday rivojlanadi?
- Chivinlar qanday zarar yetkazadi?
- Iskabtoparlar qanday zarar yetkazadi?
- So‘nalarning zarari nimadan iborat?
- Bo‘kalar qanday ziyon keltiradi?