Hujayra – tiriklikning asosi

0

Hujayra shakllari

Hujayra shakllari. Hujayra tiriklikning eng kichik birligi hisob- lanadi. Har qanday tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar vazifasi va shakliga ko‘ra bir- biridan farqlanadi (12- rasm).

12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.
12-rasm. Hujayra shakllari: 1–eritrotsitlar; 2– barg og‘izchasi; 3–leykotsit; 4–nerv hujayrasi.

Kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni botiq shaklda, leykotsitlar esa soxta oyoqlar hosil qilib organizm- ni mikroblardan himoya qiladi. O‘simliklarda barg og‘izchalarining hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega. Ular suv bug‘latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayra- larining uzun va kalta o‘simtalari mavjud. Nerv o‘simtalari nerv impulslarini hujayradan hujayraga o‘tkazib beradi.

Hujayraning tarkibiy qismlari. Hujayralar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Prokariotlar – yadrosi shakllanmagan organizmlar bo‘lib, ularga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar
  2. Eukariotlar – yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar hisoblanadi, ularga zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar misol bo‘ladi.

Har qanday eukariot hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat:

  • sitoplazmatik membrana – hujayrani tashqi tomondan o‘rab himoya Hujayra uchun kerakli bo‘lgan moddalarni tanlab o‘tkazadi.
  • sitoplazma – hujayraning ichki Uning tarkibida turli vazifalarni bajaruvchi organoidlar mavjud. Sitoplazmadagi har bir organoid o‘z vazifasiga ega. Ular bu vazifani qat’iy qo- nuniyat asosida bajaradi. Biror organoidning ishlamasligi to‘qima va organlar ishining buzilishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi.
  • yadro – hujayraning eng muhim qismi bo‘lib, irsiy axborotni saqlaydi, nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi va moddalar alma- shinuvini

O‘simlik va hayvon hujayralarining o‘xshashligi va farqlari. O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadro- ga egaligi bilan bir- biriga o‘xshaydi. Ular quyidagi belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.

  1. Faqat o‘simlik hujayralari uchun xos belgilar:
  • sitoplazmatik membrana ustida sellyuloza qobiqning mavjud- ligi;
  • plastidaga ega bo‘lishi;
  • shira to‘plovchi vakuolaning bo‘lishi va kattalashib

Sellyuloza qobiq o‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch vazifasini bajaradi. Plastidalar faqat o‘simlik hujayrasiga xos or- ganoid bo‘lib, ularning uch xil turi mavjud: xloroplast (yashil) – yosh poya va barglarda uchraydi; xromoplast (rangli) – pigmentlar miqdoriga ko‘ra sariq, qizil, ko‘k bo‘lishi mumkin, gul va mevada uchraydi; leykoplast (rangsiz yoki oq rangda) – ildiz va urug‘da bo‘ladi. Plastidalar bir- biriga aylanishi mumkin. Masalan, pomidor dastlab yashil rangda (xloroplast), asta-sekin oqaradi (leykoplast), keyin sarg‘ayib qizaradi (xromoplast). O‘simlik hujayralariga xos belgilardan yana biri hujayra shirasiga ega vakuolaning bo‘lishidir. Vakuola  hayvon hujayrasida hazm qiluvchi vakuola, qisqaruvchi vakuola ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, lekin  o‘simlikdagi vakuola singari kattalasha olmaydi (13- rasm).

13- rasm. O‘simlik (a) va hayvon (b) hujayrasi
13- rasm. O‘simlik (a) va hayvon (b) hujayrasi

O‘simlikning yosh hujayrasi- ga nisbatan qari hujayrasida vakuola yirik bo‘ladi. Uning tarkibida 70–95% suv va  unda erigan mineral tuzlar, organik kislotalar, uglevodlar uchraydi. Vakuolaning tarkibiga ko‘ra mevaning ta’mi har xil bo‘ladi. Agar organik kislotalar ko‘p bo‘lsa, meva nordon, uglevod ko‘p bo‘lsa, meva shirin bo‘ladi.

  1. Faqat hayvon hujayralari uchun xos belgilar:
  • hujayra qobig‘i yupqa bo‘ladi;
  • qisqaruvchi, hazm qiluvchi vakuolasi

Hayvon hujayralarida o‘simlik hujayralari kabi qo‘shim cha sell- yuloza qobiq bo‘lmaydi. Ular maxsus o‘simtalar yordamida birikib to‘qima hosil qiladi. Hayvonlardagi vakuolalar mayda bo‘ladi. Qis- qaruvchi vakuolalar hujayradan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yubo- radi, hazm qiluvchi vakuolalar esa hujayraga kirgan oziq modda- larni parchalab, hazm qiladi.

Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig‘indisi to‘qima deyiladi. To‘qimalar birlashib organlarni, organlar esa organizmni hosil qila- di. Masalan, zarang daraxti yaxlit organizm, unda ildiz, poya, barg singari organlar mavjud. Barg qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik va asosiy to‘qimalardan iborat. Asosiy to‘qimaga ustunsimon va bu- lutsimon hujayralar kiradi.


  1. Yadrosi shakllangan va shakllanmagan hujayralar qanday nomlanadi?
  2. Hujayra qanday asosiy qismlardan iborat?
  3. Necha xil plastida turlari uchraydi?
  4. Mevaning ta’mi nimaga bog‘liq?
  5. Qisqaruvchi vakuola qanday vazifani bajaradi?
  6. Zarang o‘simligidagi organ, to‘qima va hujayralarga misol
Previous articleLupa va mikroskop tuzilishi bilan tanishish
Next articleTirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot