Lupa va mikroskop tuzilishi bilan tanishish

0

Tirik organizmlarning tuzilishini o‘rganish uchun kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop ki- radi. Lupa – eng sodda tuzilgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob bo‘lib, ikki tomoni qavariq linzadan iborat.

10-rasm. Qo‘l lupasi.
10-rasm. Qo‘l lupasi.

Qo‘l lupasi (10- rasm) buyumni 2–20 marotaba kattalashtirib ko‘r- satadi. Tekshirilayotgan tirik organizm aniq ko‘rinadigan bo‘lguncha lupa yaqinlashtiriladi va tekshirilayotgan obyektning tuzilishi o‘rganiladi. Masalan, tarvuz yoki pomidor bo‘laklarini tekshirib, ularni yumaloq hujayralardan iboratligini lupa yordamida aniqlash mumkin.

Mikroskop – kichik obyektlarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi labora- toriya jihozi hisoblanadi (11- rasm). Ko‘rish nayi – tubusning yuqori qismida okulyar, pastki qismida obyektiv joylashgan. Ular kattalashti- ruvchi linzalarga ega. Shtativga tubus va buyum stolchasi biriktirilgan.

Yorug‘lik mikroskopining tuzilishi
11- rasm. Yorug‘lik mikroskopining tuzilishi:
1- okulyar; 2- makrovint; 3- mikrovint; 4 -shtativ; 5- buyum stolchasi; 6-ko‘zgu; 7- qisqich; 8- obyektiv; 9- tubus.

Makrovint yordamida tubusni ko‘tarish yoki tushirish mumkin. Mikrovintni burash orqali o’rganilayotgan obyektning aniq tasviri hosil qilinadi. Buyum stolchasidagi teshik ostida ko‘zgu joylashgan. Ko‘zgu yorug‘likni buyum oynasiga yo‘naltirib aniq tasvir hosil bo‘lishiga yordam be- radi. Yorug‘lik mikroskopi necha marta kattalashtirib ko‘rsatishini aniqlash uchun okulyar va obyektiv ko‘rsatkichlari ko‘paytiriladi. Masalan: okulyar – 10, obyektiv – 20 bo‘lsa, mikroskop obyektni 10×20 = 200 marta kattalash- tirib ko‘rsatadi.

Mikroskop bilan ishlash tartibi:

  1. Stol chetidan 3–4 sm joy qoldirilib mikroskopni
  2. Ko‘zguni yorug‘likka Okulyardan qaralganda yorug‘lik bir tekis tushishi kerak.
  3. Ish jarayonida mikroskopni joyidan qo‘zg‘atmang.
  4. Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtiring va qisqich bilan
  5. Makrovintni ohista burab, tubusni pastga Obyektiv preparatdan 4–5 mm balandlikda bo‘lishi kerak.
  6. Okulyarga bitta ko‘z bilan qarang, lekin ikkinchi ko‘zingizni yum- mang,
  7. Tubusni makrovint yordamida ohista ko‘taring. Bu jarayonni tas- vir hosil bo‘lguncha davom
  8. Tasvirni yanada tiniqlashtirish uchun mikrovintdan
  9. Mikropreparat dastlab kichik obyektivda, keyin katta obyektivda
  10. Mikroskopda ko‘rilgan tasvirni chizish orqali eslab qolish mum- Shuning uchun ko‘rgan narsangizning rasmini daftaringizga chi- zing.
  11. Mikroskopni ishlatib bo‘lgach, artib, uni kichik obyektivga o‘tkazing va qolipga
Previous articleBiologiyaning o‘ rganish usullari
Next articleHujayra – tiriklikning asosi