Barglarning ichki tuzilishi

0

Barglarning ichki tuzilishi. Баргларнинг ички тузилиши.


Barglar ham, o‘simliklarning boshqa organlari kabi, hujay ralardan tuzilgan. Barglarning qanday hujayralar va to‘qimal ardan tuzilganligini faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. Buning uchun birorta o‘simlikning yangi bargidan ko‘ndalangiga yupqa kesib olib, buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi, so‘ngra ustidan qoplagich oyna yopib, mikroskopda ko‘riladi (55-rasm).

55-rasm. Barglarning ichki tuzilishi: 1–ustki va ostki po‘sti (epiderma); 2–barg eti; 3–o‘tkazuvchi nay tola boylamlari; 4–og‘izcha; 5–tukcha.

Barg yaprog‘ining ustki va orqa tomoni po‘st bilan qoplangan. Uning hujayralari bir-biriga zich yondashgan. Barg po‘stining deyarli hamma hujayralari shaffof bo‘lib, ular orqali yorug‘lik barg ichiga o‘tadi. Po‘st bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Barg po‘stida yana loviyasimon juft hujayralar bo‘l ib, ularda sitoplazma va mag‘iz dan tashqari, yashil tusdagi plastidalar ham bo‘ladi. Ular barg ogizcha lari hujayralari de yiladi. Og‘iz chalar barglar ning fa qat pastki tomonida emas, balki ustki tomonida ham bo‘ ladi.

Barglarning ustki va orqa to monidagi po‘sti oralig‘ida barg eti hujayralari joyl ashgan. Ular qobiq hamda sitoplazma, ma g‘iz, xlorofi ll donachalaridan tashkil topgan. Barg eti hujay ralari bir necha qavat bo‘lib joy lashgan. Ustki po‘st tagidagi qav at ustunchalarga o‘xshash cho‘ziq hujayr alardan tashkil topgan. Uning tagida ovals imon va yumaloq shakldagi hujayralar joylashgan.

Bargning ko‘ndalang kesmasida tomirlarni ko‘rish mumkin. Ular ichida qalin devorli o‘lik hujayralardan tashkil topgan naychalar joylashgan. Shu ningdek, tomirlarda naychalardan tashqari, cho‘ziq, bir-biri bilan zanjir shaklida ulangan hujayralar ham bor. Bu hujayralar to‘rga o‘xshab, bir-biri bilan ko‘p sonli teshikchalar orqali tutashgan elaksimon naychalarni hosil qiladi. Bargdagi tomirlarda suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi. Bulardan tashqari, tomirlarda yana po‘sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar (tolalar) ham bo‘ladi. Bular bargga must ahkamlik beradi. Naychalar, elaksimon naychalar va tolalar birgalikda barg tomirining nay tolali boylamlarini hosil qiladi. Tomirlar barg etining hamma qismiga kirib boradi.

Shunday qilib, barglarning ichki qismi qoplovchi, asosiy, o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalardan tashkil topgan.


  1. Bargning ichki tuzilishi qanday qismlardan iborat?
  2. Bargning po‘st hujayralari qanday tuzilgan?
  3. Barg eti hujayralari po‘st hujayralaridan qanday farq qiladi?
  4. Barg og‘izchasi qanday tuzilgan?
  5. Bargda qanday to‘qimalar bor?
Previous articleNovdada barglarning joylashishi
Next articleBarglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi