Huquqbuzarlik. Yuridik javobgarlik

0

Huquqbuzarlik. Yuridik javobgarlik. Ҳуқуқбузарлик / Хукукбузарлик. Юридик жавобгарлик. Huquqbuzarliklarni oldini olish. Huquqbuzarlik tushunchasi.


Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2019- yil 4- mayga o‘tar kechasi Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan, 24 yoshli S.Sh., 24yoshli B.T, I.X.lar va Andijon viloyatida yashovchi, 23 yoshli H.O. 100ming so‘mlik nominaldagi milliy valyuta qalbaki kupyuralarini o‘tkazishmaqsadida Chilonzor tumaniga kelishgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan yigitlar kelganavtomobil aniqlandi hamda 4- may kuni soat tahminan 03:30 lardaavtomashina topildi va to‘xtatildi. Mashina g‘aladoni tekshirilganda, 100ming so‘m nominaldagi 51 ta soxta kupyura, chop etilgan milliy valutakupyuralari tasvirlangan A4 shaklidagi 25 varaq qog‘oz hamda soxtapullarni tayyorlashda foydalanilgan “Canon” printeri aniqlandi.

Sud-kriminalistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 100 ming so‘mlik 58ta kupyura soxta bo‘lib chiqdi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan yigitlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiyish qo‘zg‘atildi.

Adolat, 2019- yil, №19


Uychi tumani Alisher Navoiy nomidagi mahallada yashovchi Zokirjon Abdullayev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) bu yil yozda endigina 16 yoshgato‘ladi. Otasining bevaqt o‘limi tufayli o‘smir onasi bilan qolgan. Afsuski, ayni balog‘at ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigitcha kutilmaganda qing‘ir ishga qo‘l urdi: joriy yil boshida qo‘shni xonadonda tengdoshibilan birga o‘ynab yurib, qimmatbaho taqinchoqqa ko‘zi tushib qoldi, so‘ng hech kimga sezdirmay ziynatni olib chiqib ketdi. So‘ramasdan,yashirincha olingan buyum o‘g‘irlik-da! Natijada bugun o‘zining ham, oilasining ham jamoatchilik, qo‘ni-qo‘shni oldida boshi egildi. Hozirgachatumanda eng namunali hisoblab kelinayotgan mahalla nomiga dog‘ tushdi.

Mahalla, 2019- yil, №23


O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalarboshqarmasi xabarida, 2019- yil 9- may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani IIBga tushgan hujjatga ko‘ra, unda shu yil 4- aprelkuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 28 yoshli B.D. Samarqandviloyatida yashovchi 23 yoshli M.R.ni Yaponiyaga ishga jo‘natishniaytib, uni aldab, ishonchiga kirib, 6 220 AQSH dollari va 4.500.000so‘m pullarini olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarnio‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralarnatijasida B.D. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Adolat, 2019- yil, №20


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Parchalarni o‘qing va ularga o‘z munosabatingizni bil diring.
  2. Siz hayotda tez-tez eshitib turadigan huquqbuzarlik, huquqqa zid,ijti moiy xavfl i, ayb, jinoyat, jazo, intizom atamalarining qaysi birini yuqoridagi holatlarning qaysi biriga ishlatgan bo‘lar edingiz?
  3. Sizningcha, parchalardagi huquqbuzarliklarning qaysi biriatrofdagilarga ko‘p roq xavf tug‘diradi?
  4. Huquqiy normalar o‘zgargan paytda ilgari huquqiy jihatdan to‘g‘ -ri hisoblangan harakat, endilikda noto‘g‘ri bo‘lib qolishi mumkin mi? Yuqo ridagi parchalarda bunday holatga misol bormi?

Agar yo‘q bo‘l sa, o‘zingiz bilimlaringiz va hayotiy tajribangizdanfoy da lanib, shun day vaziyatni tasvirlang.


Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishigaolib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi.

Huquqbuzarlik deganda jamiyatda o‘rnatilgan va qonunchilik orqali belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish tushuniladi.

Huquqbuzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikningu yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir. Huquq bu zar lik shakllariga jinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabixatt-harakat larni keltirish mumkin.

Huquqbuzarlik – o‘z xatti-harakatini tushunadigan va ungajavob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquv chi aybidir.

Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud: ijtimioiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazoga loyiqlik.

Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatningqadri yatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqainson larga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxushhodi salar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. O‘zoila si, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solibqo‘yadi. Eng yomoni u o‘z kelajagini barbod qiladi.

Huquqqa zidlik — huquqbuzarning qonun yoki huquq nor ma lari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidir.

Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z xatti-harakatini tushunadi ganva unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablarigaqar shi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yokiehti yotsizlik oqibatida sodir bo‘ladi. Inson inson sifatida dunyoga kelganekan, uning oldida doimo ikki yo‘l – huquqiy normalarga, qonun talablarigavij donan yoki majburiy bo‘ysungan holda o‘z kelajagini yaratish, jamiyatuchun, o‘z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo‘l esa hayotidavo mida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensimasdan,bo‘y sunmasdan yashash. Aybli harakat qilish, jamiyatga zarar yetkazishdir.

Jazoga loyiqlik — bu har qanday huquqbuzarlik sodir etgan shaxsningva ko latli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzar lik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquq buzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov cho rasidir.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfl i bo‘lgan har qan dayqil mish huquqbuzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy muno sabat larni tartibga soladi. Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo‘linadi: intizomiyhuquqbuzarlik; fuqarolik huquqbuzarligi; ma’muriy huquqbuzarlik; jinoiyhuquqbuzarlik.

Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda harqanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoida larining va rah barlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzi lishi. Masalan, ishga, o‘qishga kechqolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish;ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qil ganholda kelish va boshqalar.

Jinoyat – jamiyat uchun xavfl i bo‘lgan qilmish (harakat yokiha ra kat sizlik).


Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfl iqil mish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidibilan jinoyat deb topiladi.

14- moddadan.


Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsigaqarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilganzarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shart noma larni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar.

Jinoiy huquqbuzarlik — jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik,odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar.

Ma’muriy huquqbuzarlik — qonunga binoan ma’muriy javobgarlikkator tish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yokieh ti yotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, maydabe zo rilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari;pas port tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘t kazish qoidalari); elektr energiyasidan foyda la nish qoidalarini buzish, atrofmu hit ni, tarixiy va madaniy yod gor liklarni muhofaza qilish sohasidagihu quq buzarliklarni olish mumkin.

Huquqbuzarlik tushunchasini chuqurroq o‘rganish uchun huquq buzar likning obyekti va subyektini farqlay olishga o‘rganishimiz lozim.

Huquqbuzarlik obyekti — huquq bilan tartibga solinadigan va muhofa za qilinadigan ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlar o‘zi nima, — degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Odamlar ijtimoiyhayot da o‘z xatti-harakatlariga javob berishga majburlar. Ular ijtimoiyhayot da bir-birlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadilar. Aynan mana shumuno sabatlar — ijtimoiy munosabatlar.

Huquqbuzarlik subyekti esa, huquqqa zid aybli qilmishni sodir etganshaxs dir. Aynan shu shaxs huquqbuzar deb ataladi.

Har qanday shaxs ham huquqbuzar deb tan olinavermaydi. Huquqbuzarliksub yekti deb tan olinishi uchun shaxs o‘z qilmishiga javob bera oladigan,aqli raso bo‘lishi shart.


Sharhlang!

Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzdahara kat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa,bu birinchi navbatda uning o‘ziga, qolaversa, jamiyatga zarar yetkazadi.


Ijodiy faoliyat

Kichik bir hikoya tuzing. Bu hikoyangizda huquqbuzarlik tushuncha sini, huquqbuzarlikning asosiy belgilarini, huquqbuzarlik turlariniifo da lovchi holatlarni tasvirlang.

Bunda sinfi ngizdagi o‘rtoqlaringiz bilan to‘rt guruhga bo‘linib, birguru hingiz intizomiy, ikkinchi guruh fuqarolik, uchinchi guruh jinoiy,to‘r tinchi guruh ma’muriy huquqbuzarlikka oid holatlarni tasvirlasin.

Hikoyalaringizni sinfdoshlaringizga o‘qib bering. Boshqa guruhlarhiko yasini taqdim qilgan guruhga savollar berib munozara qilsin.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif bering.
  2. Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud?
  3. Ijtimoiy xavfl ilik qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?
  4. Huquqqa zidlik atamasini qanday tushunasiz?
  5. Ayblilik nima degani?
  6. Jazolanish, javobgarlik va jazo tushunchalariga oydinlik kiriting.
  7. Huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?
  8. Intizomiy huquqbuzarlik bilan fuqarolik huquqbuzarligi, ma’muriy huquq buzarlik bilan jinoiy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlarni bayon qiling.
  9. Sizning fi kringizcha, huquqbuzarlikning qaysi turlari eng og‘ir hisoblanadi? Nima uchun?
  10. Huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qanday choralar ko‘rilishikerak deb hisoblaysiz?
Previous articleHuquqiy ong va huquqiy madaniyat
Next articleHuquqbuzarlik nima? Ҳуқуқбузарлик нима?