Huquqiy ong va huquqiy madaniyat

0

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданият. Хукукий онг ва хукукий маданият.


Huquqiy ong va huquqiy madaniyat

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borishqonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashningeng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Bizning tinch va farovon turmush kechirishimiz, ta’lim olishimiz,o‘z iste’dodlarimizni rivojlantirishga sharoit yaratish va kafolatlash da davlatimiz qonunchiligining qanday ahamiyati bor?
  2. Ushbu qonunchilikni muttasil rivojlantirib borishga qanday ehtiyoj bor deb o‘ylaysiz?
  3. Siz kundalik hayotingizda foydalanib kelayotgan huquq va erkinlik laringizga misollar keltira olasizmi?
  4. Yuqoridagi iqtibosni sharhlab berishga harakat qiling.

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolikjami yatini shakllantirish jarayonlaridagi muvaffaqiyatlar aholining, harbir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Chun ki, bu borada qilinayotgan barcha ishlar inson uchun va bu ishlarniamal ga oshirayotgan ham insonlardir.

Xo‘sh, huquqiy madaniyat o‘zi nima? Bu savolga javob berish vahu qu qiy madaniyat tushunchasining mohiyatini anglab yetish uchun biz,av va lo, huquqiy ong tushunchasiga ta’rif berishimiz lozim. Huquqiy ongin son ning o‘z ma’rifat va ma’naviyat darajasiga tayangan holda jamiyatdaamal qilayotgan huquqiy talab va normalarning mazmunini tushunish vamo hi yatini anglashidir.

Demak, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi yuksak bo‘lishi uchunular ma’rifatli va yuksak ma’naviyat egasi bo‘lishlari zarurdir. Huquqiyong ning yuksakligi shaxsning fuqarolik jamiyatining to‘laqonli a’zosi vahuqu qiy demokratik davlatning haqiqiy fuqarosi bo‘lishi uchun kamlikqila di. Buning uchun inson huquqiy madaniyatli inson bo‘lishi zarur.

Shaxsning huquqiy madaniyati deganda fuqaroning o‘z haq-huquqla rini huquqiy ongiga tayangan holda o‘zgalar manfaatiga zid kelmaydigantarz da amalga oshirishi tushuniladi.

O‘z huquqiy madaniyatini shakllantirish uchun shaxs:

— o‘z huquqiy bilimlarini muttasil oshirib bori shi;

— amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanish bo‘lishi;

— huquqiy faoliyatda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ijtimoiyqoida larni ham e’tiborga ola bilishi;

— hokimiyat organlarining funksiyalari va vazifalarini bilishi va ularbilan o‘zaro munosabatlarga kirisha olishi;

— huquq-tartibot sohasining jamiyatdagi o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishiva ularning vazifalarini to‘g‘ri anglashi zarurdir.

Yuksak huquqiy madaniyatga ega insonni tarbiyalash qanday vositalaror qali amalga oshiriladi, insonning huquqiy madaniyatiga qanday omillarta’sir ko‘rsatadi qabilidagi savollarga javob huquqiy ta’lim va ma’rifatnikuchay tirish, huquqiy targ‘ibotni yanada yaxshilash zamirida yotadi.

2019- yilning 9- yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan “Jamiyatdahuquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdantakomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekildi.

Unda har bir inson mamlakatimizda istiqomat qilar ekan, uningmanfaatlari shu jamiyatning boshqa a’zolari tomonidan hurmat qilinishigaerishish lozimligi ta’kidlanadi. Hozirgi kunda bunday emas. Chunkibunday bo‘lishi uchun aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiyuksak darajada bo‘lishi talab etiladi. Afsuski fuqarolarning huquqiysavodxonlik darajasini oshirishga, ularning huquqiy ongi va huquqiymadaniyatini yuksak darajaga ko‘tarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qatormuammo va kamchiliklar mavjudligi farmonda qayd etib o‘tilgan.

Farmonda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiniyuksaltirish bo‘yicha ishlar tizimli va uzviy olib borilishi yo‘lgaqo‘yilmaganligi ta’kidlanadi. Aholining, birinchi navbatda yoshlarninghuquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalgaoshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar farmonda belgilab berilgan. Jumladan: jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish; maktabgachata’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong vahuquqiy madaniyatni chuqur singdirish; yosh avlod ongiga huquq vaburch, halollik va poklik tushunchalarini bolaligidan boshlab singdirish;mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish bo‘yichachora-tadbirlarni amalga oshirish. Davlat organlari, jamoat va fuqarolikjamiyatlari institutlari hamkorlikda jamiyatda huquqiy ong va huquqiymadaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirishlari lozim bo‘lgan ishlarham farmonda belgilab berilgan.

Farmonda keng qamrovli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkilqilish davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan ekanligita’kidlanadi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs –oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot– jamiyat” prinsipi bo‘yichatizimli va uzviy tashkil etilishi ham farmonda belgilab qo‘yilgan.

Farmonga binoan: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishkonsepsiyasi va shu Konsepsiyani 2019- yilda samarali amalga oshirishbo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasidamuvofi qlashtiruvchi davlat organi etib O‘zbekiston Respublikasi Adliyavazirligi belgilangan.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga jamiyatdahuquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qator choratadbirlarni amalga oshirish, ishlarni amalga oshiruvchilarning faoliyatinimuvofi qlashtirish, zarur tavsiyalarni tayyorlash, zarur taklifl ar ishlabchiqish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish, Advice.uzhuquqiy axborot tizimini yaratish, umumta’lim maktablari va akademiklitseylarda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlari ko‘laminiyanada kengaytirish huquqiy qo‘llanmalarni yaratish va aholiga tarqatish, “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etishto‘g‘risidagi taklifl ari ma’qullangan.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Adliya vazirligi bilan birgalikdatarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalarning huquqiy savodxonliginioshirishga qaratilgan mexanizmlar joriy etish borasidagi chora-tadbirlarbelgilangan.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish umumxalqishi, umummilliy vazifa ekanligini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, qator vazirlik va qo‘mitalar, davlatva xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,agentliklar, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, boshqa tashkilot vamuassasalar korxonalarga farmonda belgilangan vazifalarni, Konsepsiyava “Yo‘l xaritasi”dan kelib chiqadigan masalalarni bajarish bo‘yichamuddatli topshiriqlar keltirilgan.

Huquqiy ta’lim, tarbiya, targ‘ibot, tashviqot borasidagi davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish va o‘z huquqiy ongi ni o‘stirib, huquqiy madaniyatini shakllantirish mamlakatimizning harbir fuqarosining burchidir.


Sharhlang!

Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradaamalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqi ya ti, ko‘p jihatdan,odamlarning huquqiy ongi va huquqiy ma da niyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori vahuquqiy tizimning yetuklik ko‘r satkichidir.


Ijodiy faoliyat

Sizning huquqiy madaniyatingizni oshirishga xizmat qiluvchi omillarro‘yxatini daftaringizga yozing.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Huquqiy ong nima?
  2. Huquqiy madaniyat deganda nimani tushunasiz? Uning inson hayotidaqanday aha mi yati bor?
  3. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda Konstitutsiyamiz qanday rol o‘ynay di?
  4. Huquqiy madaniyatni oshirishda muhim hisoblangan yana qanday huquqiy hujjatlarni bilasiz?
  5. “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tiziminitubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida qandaymasalalar keltirilgan?
  6. Farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishbo‘yicha kimlarga, qanday vazifalar yuklatilgan?
  7. Farmonga binoan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazardatutilgan?
  8. Farmonda tilga olingan Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi” nima haqida?
  9. Farmonning ahamiyati haqida nima deya olasiz?
Previous articleO‘zbekiston Respublikasining qonun manbalari
Next articleHuquqbuzarlik. Yuridik javobgarlik