Huquqiy munosabatlar / Ҳуқуқий муносабатлар

0

Хукукий муносабатлар.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. 1- rasmdagi ichki ishlar xodimi bolalarga yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun tanbеh bеrmoqda va ulardan qoida bo‘yicha yurishni talab qilmoqda. O‘ylab ko‘ring, bu holda huquqnormalari buzilayaptimi yoki yo‘qmi? Ichki ishlar xodimi vabolalar o‘rtasidagi suhbatni huquqiy munozara dеb atasa bo‘ladimi?
  2. 2- rasmdagi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabat larining huquqqa aloqasi bormi yoki yo‘qmi? Ular o‘rtasidagimu no sabatni huquqiy munosabat dеb atasa bo‘ladimi? Savolgajavob bеrishda huquq va huquq normalari haqida bilganlaringiznies lang va mantiqiy fi krlashga harakat qiling.
  3. 4- rasmdagi holat bo‘yicha ham xuddi shu savollarga javobbеrish ga harakat qiling.
  4. 3- rasm dagi yosh bolalar o‘z huquqlaridan mustaqil foydalanish lari mumkinmi? Javobingizni asoslang.

Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt – ho disa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masa lan, huquqbuzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.


Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalaribilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi.


Ijtimoiy munosabatlar jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida ro‘ybеra digan munosabatlar bo‘lganligi tufayli mutanosib ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy mazmun bilan munosib ravishda to‘ldiradi. Masa lan,jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati jarayonida tabiatga bo‘lgan moddiy munosabatlari ekologik huquq tomonidan, iqtisodiymuno sa batlar aksariyat hollarda yuridik mulk huquqi yoki tadbirkorlikkaoid huqu qiy normalar orqali, siyosiy munosabatlar esa Konstitutsiya orqalitartib ga solinadi.

Milliy, diniy, oilaviy va davlatlararo muno sabatlar kabi ijtimoiymunosabatlar ham huquq orqali tartibga solinadi.

Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra obyekt, subyekt kabielementlarni o‘z ichiga oladi.

Misol uchun, Ravshan do‘kondan umumiy daftar va rangli qalam sotibolmoq chi. Bu yerda umumiy daftar va rangli qalam huquqiy munosabatningobyek ti hisoblanadi. Ravshan esa huquqiy munosabatning subyektidir.

Huquqiy munosabatning yana bir tarkibiy elementi bu huquqiy munosa bat mazmunidir.

Mazmun o‘z navbatida subyektiv huquq va yuridik majburiyatni o‘zichi ga oladi. Huquqiy munosabatlar mazmuni bu huquqiy munosabatsub yekt larining o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yichaaniq hara katlaridir. Masalan, do‘konda choy sotib olish paytidagi huquqiymu no sabat mazmuni – bu sotuvchining choyni berishi va xaridorning pulto‘ la shi bo‘lib, bu yerda sotuvchi choy berayotganida o‘z majburiyatiniba jar di va pul olish huquqiga ega bo‘ldi. Va aksincha, xaridor choyni olare kan o‘zining choy olishga bo‘lgan huquqidan foydalandi va pul berishmaj bu ri yatiga ega bo‘ldi.

Demak, huquqiy munosabatlarning elementlari to‘rtta ekan: obyekt,sub yekt, subyektiv huquq va yuridik majburiyat.

Huquqiy munosabatlar subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning yuridikshak li bo‘lib, uning yordamida davlat va qonun talablariga binoan ijtimoiymuno sabat ishtirokchilari xulq-atvorini me’yorlab beradi.

Huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar, ya’ni subyektlar huquqlayoqa tiga hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishlari talab etiladi.


Huquqiy munosabat — uning ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiy (yuri dik) aloqalar bo‘lib, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlaridanamo yon bo‘ladi.


Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, masalan, tibbiy yordam olish, turar joyga, o‘z ismi, familiyasiga ega bo‘lish huquqlariga ega. Aq li zaif va ruhiy kasallar ham huquqiy layoqatga ega. Ular ham yashash,davo lanish, nafaqa olish, mulkdor bo‘lish huquqiga egadirlar. Ayrim vaqtdahali tug‘ilmagan bola ham huquqiy layoqatga ega. U merosxo‘r bo‘la oladi.


Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratilgan bo‘lsa, ushbu narsa huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi.

Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyatega lari huquqiy munosabatlarning subyektlari hisob lanadilar.

Huquq layoqati, asosan, kishining tug‘ilishi bilan vujudga keladi vavafot etishi bilan tamom bo‘ladi.

Muomala layoqati o‘z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirishva yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir.


Muomala layoqati yosh va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq. O‘zbekistonqo nun lariga binoan, to‘liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to‘lgandanso‘ng boshlanadi. Lekin, ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan,shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdantor ti lishi mumkin. Boshqa bir misol: Oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshgato‘l masdan turib nikohdan o‘tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdano‘t gan vaqtdan boshlab to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘ladi.


Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan:

Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi,doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvornormasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidagaaytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.

Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgananiq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihatishundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidagaaylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Ularanglo-sakson huquqiy tizimiga, huquq oilasiga kiradi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi. Sababi, O‘bekiston romangerman huquqiy tizimi (oilasi)ga mansub.

Normativ-huquqiy hujjat – huquqning asosiy manbaidir. Normativhuquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilganyuridik huquqiy hujjati bo‘ lib, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘zichiga oladi.


Qonunchilik – vakolatli davlat organlarining qonun chiqarishfaoli yati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilanganhuqu qiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.


Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:

– huquqiy normalarni mustahkamlaydi, rasmiylashtiradi;

– belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;

– belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:

  1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan – Konstitutsiya. Ular,umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qili nadi;
  2. Farmon – davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
  3. Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
  4. Vazirliklar va boshqa davlat idoralarining buyruq va qarorlari;
  5. Mahalliy vakillik va ijroiya davlat organlarining qarorlari.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyektitomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi,o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir.

Xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar bilankeyingi mavzuda batafsilroq tanishamiz.


Sharhlang!

Davlat qonun chiqaruvchi organining huquq ijodkorlik faoliyatinatijasida bajarilishi majburiy bo‘lgan muayyan huquqiy hujjat paydobo‘ladi.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? Misollar keltitring.
  2. Huquqiy munosabatlar obyekti nima? Subyekti-chi? Misollar keltiring.
  3. Huquqiy layoqat va muomala layoqati o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
  4. Huquqiy odat nima? Huquqiy pretsedent-chi?
  5. Nima uchun oldingi savoldagi tushunchalar huquqiy manba sifatidaqaral maydi?
  6. Umummajburiy xulq-atvor normalarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar qanday nomlanadi? Ular nima uchun kerak?

Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatlaringizda vujudga kelishi mumkin bo‘lganhuquqiy vaziyatlarga 4 ta misol keltiring. Bu vaziyatlarda:

1) Qanday shaxslar qanday huquqiy munosabatlarda ishtiroketayotganini ko‘rsating.

2) Bu huquqiy munosabatlarning obyektlarini va subyektlarini ajratibbering.

3) Huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqiy va muomalalayoqatlari to‘g‘risida nima deya olasiz?

4) Yuqoridagi vaziyatlardan foydalanib, shunday normativ-huquqiyhujjatlar tuzing-ki, ular yuqoridagi vaziyatlarni hal qilsin.

Previous articlePaskal qonuni va uning qo‘llanilishi
Next articleHuquqiy munosabatlar nima? Huquqiy munosabat nima?