Яшил бронза қўнғизининг ички тузилиши. Яшил бронза кунгизининг ички тузилиши.
Hazm qilish sistemasi
Yashil bronza qo‘ng‘izi o‘simliklar guli, yosh barglari va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qo‘ng‘iz o‘tkir yuqori jag‘lari yordamida o‘simlik to‘qimasini uzib olib, pastki jag‘lari bilan chaynab maydalaydi. Ana shunga o‘xshash qattiq oziqni chaynashga moslashgan og‘iz organlari kemiruvchi hisoblanadi. Oziq og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali qizilo‘ngachga, undan muskulli oshqozonga tushadi (44-rasm). Osh qozonda ezilgan oziq ichakka o‘tadi. Ichakda oziq hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

1 – halqum; 2 – oshqozon; 3 – ichak; 4 – malpigi naychalari; 5 – halqum atrofi nerv tuguni; 6 – ko‘krak nerv tugunlari; 7 – traxeyalar; 8 – tuxumdon; 9 – yurak; 10 – traxeyaning tuzilishi
Hasharotlar og‘iz organlari har xil tuzilgan. Qattiq o‘simlik va hayvonlar to‘qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qo‘n g‘izlar, chigirtkalar, chumolilar, beshiktervatarlar)ning og‘iz organlari yashil bronza qo‘ng‘izinikiga o‘xshash kemiruvchi bo‘ladi. Suyuq oziq (o‘simlik shirasi, gul nektari, qon) bilan oziqlanadigan hasharotlarning og‘iz organlari uzun va ingichka xartumchadan iborat.
Qon aylanish sistemasi
Qon aylanish sistemasi hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari ochiq bo‘ladi. Qoni tana bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Ichki organlari va to‘qimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar to‘qimalarga o‘tadi, to‘qimalardan esa moddalar almashinuvi ning oxirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlarning qoni nafas olishda ishtirok etmaydi, ya’ni kislorod tashimaydi. Yuragi qorin bo‘limida, ichagi ustida tana bo‘ylab joylashgan muskulli naychadan iborat. Yurakdan bosh tomoniga qarab bitta qisqa qon tomiri ketadi. Bu tomirning uchi tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana bo‘shlig‘iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana bo‘shlig‘idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o‘tadi.
Nafas olish sistemasi
Nafas olish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan juda ko‘p shoxlangan ingichka naychalarga o‘xshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bo‘limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o‘tadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.
Ayirish sistemasi
Ayirish sistemasi qorin bo‘shlig‘ida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi uchi esa ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Tana bo‘shlig‘idagi qondan malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mahsulot lari o‘tib, nay chalar bo‘shlig‘ida kristallanadi va ichak bo‘sh lig‘iga o‘tib, undan oziq qoldig‘i bilan birga chiqib ketadi.
Nerv sistemasi
Nerv sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilarnikiga o‘xshash bo‘lib, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Boshdagi juda ko‘p nerv hujayralari qo‘shilib, bosh miyani hosil qiladi.
Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab fe’l-atvorga ega bo‘lgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan. Hasharotlarning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nerv sistemasi bilan bog‘liq.
Sezgi organlari
Sezgi organlari. Hasharotlar ko‘zining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o‘xshash. Ko‘pchilik hasharotlar rangni, ayniqsa, hidni juda yaxshi sezadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urg‘o chisining hidini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Ha sharotlar ta’mni ham yaxshi farqlay oladi. Ko‘pchilik hasharo tlar (chirildoqlar, temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari ham bor. Hasharotlar tanasidagi va mo‘y lovlaridagi har xil tuk teri sezgi organlari hisoblanadi.
Savol
- Hasharotlarning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
- Hasharotlar yuragi qanday tuzilgan?
- Hasharotlar qanday nafas oladi?
- Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
- Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
- Hasharotlarda qanday sezgi organlari rivojlangan?