Bu davrdagi bolalar asosan o‘z hatti-harakatlarini o‘ylab o‘tirmaydilar chunki hatti-harakatlar ularning hissiyotlari asosida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning hatti- harakatlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, bo‘vi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muhabbat boshqa shaklga o‘tadi. Endi bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqa! va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi.
U o‘z otaonasiga nihoyatda qattiq boglangan bo‘lib, intazomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bogliqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qidadilar va atrof muhitni o‘rganishga ingshladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini ximoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muoma.lamunosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishga imkoniyat beradi.