Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi

0

Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi. Илмий ва техникавий ижод эркинлиги ва маданият ютуқларидан фойдаланиш ҳуқуқи / хукуки. 


Konstitutsiyaning 42-moddasida shunday yozilgan: har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.

Mazkur huquqlar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra bilim olish huquqiga juda yaqin, negaki, ta’lim, madaniyat, ilmiy-texnikaviy yuksalish o’zaro bog’liq tushunchalardir. Bu huquqlar madaniyat hamda fan boyliklari va qadriyatlari ochiqligi bilan ta’minlanadi. Har kim muzey, teatr, madaniy va ilmiy-texnikaviy markazlarga tashrif buyurishi, kutubxona, radio va televideniye xizmatidan foydalanishi mumkin.

4-topshiriq

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga putur yetkazilishiga doir sahna ko’rinish- larini tayyorlang va namoyish qiling. Qanday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yilganini aniqlang. Bu huquqlarni himoya qilish uchun nima qilmoq kerak?

Yakunlarni chiqaramiz


Batafsil >> Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)

Previous articleTa’lim olish huquqi
Next article9-§. Siyosiy huquqlar (Сиёсий хукуклар)