Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar

0

Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar. Инсон ҳуқуқлари бўйича миллий институтлар. Инсон хукуклари буйича миллий институтлар.


O’zbekiston mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytirishga yo’naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilindi.

Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti – Ombudsman;
  • O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz.

Ombudsman

Inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis huzurida tashkil qilingan bo’lib, sudlovchi sanalmaydi. Ombudsman davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya etilishi bo’yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o’z nomiga kelgan murojaatlarni ko’rib chiqadi.

O’z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir kishi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs) Ombudsmanga shikoyat yuzasidan tekshiruv nati- jalari asosida u quyidagilarni bajarishi lozim:

  • Arizachiga uning murojaati ko’rib chiqilgandan keyingi natijalar haqida ma’lum qilish;
  • harakatlarida fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlari buzilishlari aniqlangan faoliyat yuritayotgan yoki yuritmayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash bo’yicha tavsiyalardan iborat o’z xulosasini yuborish. Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki shaxs uni ko’rib chiqishi va bir oydan oshmagan muddatda asoslangan javob jo’natishi lozim.

Vakil xulosasida quyidagi tavsiyalar bo’lishi mumkin: tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan ish oxirigacha yetkazilishi shart; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarori o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarorini asoslash lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qo’shimcha qaror qabul qilishi kerak.

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi

Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazning asosiy vazifalari:

  • inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, ushbu sohada O’zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarini bajarish bo’yi- cha davlat organlari faoliyatiga ko’maklashish;
  • inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi holatini o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlari himoyasi bo’yicha xalqaro va mintaqaviy strukturalar tavsiyalari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishi bo’yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash;
  • inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan milliy harakatlar dasturlarini ishlab chiqish;
  • inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, milliy qonunchilik hujjatlariga O’zbekiston Respublikasining inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarini qo’llashni ta’minlash bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha davlat organlariga, fuqarolik jamiyati institutlariga va boshqa tash- kilotlarga amaliy yordam ko’rsatish;
  • aholi o’rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ’ibot ishlarini olib borish;
  • inson huquqlariga rioya etilishi masalalari bo’yicha tadqiqotlar tashkillashtirish va o’tkazish, shuningdek noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
  • inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Batafsil >> Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari

Previous articleInson huquq va erkinliklari kafolatlari
Next articleOmbudsman (омбудсман)