Inson huquq va erkinliklari kafolatlari

0

Inson huquq va erkinliklari kafolatlari. Инсон ҳуқуқ / хукук ва эркинликлари кафолатлари.


Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi ko’pgina usullar mavjud bo’ladi. Ular orasida alohida o’rin sud himoyasiga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.

Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo’lgani tufayli har qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo’ysunadi.

Sudya ish faoliyati davomida xolis bo’lishi, ya’ni o’zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, korrupsiyaga yo’l qo’ymasligi lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo’lib murojaat qilish kafolatlanadi.


Batafsil >> Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari

Previous articleO’z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Next articleInson huquqlari bo’yicha milliy institutlar