Inson huquqi va erkinliklari kafolatlari. Инсон ҳуқуқи ва эркинликлари кафолатлари. Ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун қаерга мурожаат қилиш керак? Инсон ҳуқуқи ва эркинлиги кафолатлари. Инсон ҳуқуқлари ҳимояси бўйича миллий институтлар. Инсон хукуки ва эркинликлари кафолатлари. Уз хукукларини химоя килиш учун каерга мурожаат килиш керак? Инсон хукуки ва эркинлиги кафолатлари. Инсон хукуклари химояси буйича миллий институтлар.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari haqida;
- inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi haqida;
- o’z huquqlaringizni himoya qilish uchun qaysi idoralarga murojaat etish zarurligi haqida bilib olasiz.
- O’z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
- Inson huquqi va erkinligi kafolatlari.
- Inson huquqlari himoyasi bo’yicha milliy institutlar.
1. O’z huquqlarini himoya qilish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Afsuski, inson ayrim hollarda kamsitish va haqoratlarga duchor bo’ladi. Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o’z huquqlari himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi.
Hozirgi kunda qonunlari, sud va huquq-tartibot organlari orqali davlat ana shunday himoyachi rolida namoyon bo’ladi.
Asosiy qonun belgilaydi Har bir shaxsga o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 44-modda. |
Ushbu huquq malakali yuridik yordamga muhtoj bo’lgan har bir odam advokatga murojaat qilib, ana shunday yordamdan foydalanishi mumkinligini nazarda tutadi. Biron-bir vaziyatda, hatto agar jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo’q.
Davlatimizda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalar alohida himoyalanadilar.
Asosiy qonun belgilaydi Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 45-modda. |
2. Inson huquq va erkinliklari kafolatlari
Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi ko’pgina usullar mavjud bo’ladi. Ular orasida alohida o’rin sud himoyasiga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo’lgani tufayli har qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo’ysunadi.
Sudya ish faoliyati davomida xolis bo’lishi, ya’ni o’zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, korrupsiyaga yo’l qo’ymasligi lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo’lib murojaat qilish kafolatlanadi.
3. Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar
O’zbekiston mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytirishga yo’naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilindi.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti – Ombudsman;
- O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz.
Ombudsman
Inson huquqlari bo’yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis huzurida tashkil qilingan bo’lib, sudlovchi sanalmaydi. Ombudsman davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya etilishi bo’yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o’z nomiga kelgan murojaatlarni ko’rib chiqadi.
O’z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir kishi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs) Ombudsmanga shikoyat yuzasidan tekshiruv nati- jalari asosida u quyidagilarni bajarishi lozim:
- Arizachiga uning murojaati ko’rib chiqilgandan keyingi natijalar haqida ma’lum qilish;
- harakatlarida fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlari buzilishlari aniqlangan faoliyat yuritayotgan yoki yuritmayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash bo’yicha tavsiyalardan iborat o’z xulosasini yuborish. Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki shaxs uni ko’rib chiqishi va bir oydan oshmagan muddatda asoslangan javob jo’natishi lozim.
Vakil xulosasida quyidagi tavsiyalar bo’lishi mumkin: tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan ish oxirigacha yetkazilishi shart; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarori o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qarorini asoslash lozim; tashkilot yoki mansabdor shaxs qo’shimcha qaror qabul qilishi kerak.
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi 1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.
Inson huquqlari bo’yicha Milliy markazning asosiy vazifalari:
- inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, ushbu sohada O’zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarini bajarish bo’yi- cha davlat organlari faoliyatiga ko’maklashish;
- inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi holatini o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlari himoyasi bo’yicha xalqaro va mintaqaviy strukturalar tavsiyalari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishi bo’yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash;
- inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan milliy harakatlar dasturlarini ishlab chiqish;
- inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, milliy qonunchilik hujjatlariga O’zbekiston Respublikasining inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarini qo’llashni ta’minlash bo’yicha takliflar tayyorlash;
- inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha davlat organlariga, fuqarolik jamiyati institutlariga va boshqa tash- kilotlarga amaliy yordam ko’rsatish;
- aholi o’rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ’ibot ishlarini olib borish;
- inson huquqlariga rioya etilishi masalalari bo’yicha tadqiqotlar tashkillashtirish va o’tkazish, shuningdek noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
- inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
1-topshiriq
Tasavvur qiling, siz kimyo kombinati joylashgan shaharda yashaysiz. Mazkur korxona bir necha yillar davomida ishlab kelayotir. Ana shu davr davomida aholi o’rtasida yurak-tomir va o’pka kasalliklari ko’paydi. Aholi salomatligini tekshirish natijasida kasallikning ko’payib borishi atrof-muhitning ifloslantirilishi bilan bog’liq ekanligi aniqlandi. Korxona ma’muriyati tozalash inshootlarini o’rnatish borasidagi va’dasini bajarmayapti.
Jamoatchilik ushbu muammoni qanday hal qilishi mumkin? Ushbu holda qanday harakatlar samarali bo’ladi?
2-topshiriq
Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi mexa nizm laridan foydalanish mumkin?
- Sizni ta’qib qilishmoqda, sizga jazolash bilan tahdid solishmoqda, tinimsiz qo’ng’iroq qilishyapti, haqoratlashmoqda. Nima qilmoq kerak?
- Sizni jinoyat sodir etganlikda ayblashyapti. Qaysi tashkilotning himoyasiga tayanishingiz mumkin? Bunday vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
- Siz adolatsiz jabrlanganingizga, sizni xafa qilishganiga, haqoratlashganiga ishonch hosil qildingiz. Nima qilmoq kerak?
- Kechqurun o’rtog’ingiz bilan mashg’ulotlardan qaytyapsiz. Sizni militsioner to’xtatdi, militsiya bo’limiga olib ketmoqchi bo’lib turibdi. Bunday vaziyatda o’zingizni qanday tutishingiz kerak?
Yakunlarni chiqaramiz
Huquq va erkinliklar kafolatlari:
- inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi: sudlar, prokuratura, militsiya, advokatura;
- inson huquqlarining amalga oshirilishi monitoringi;
- «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonun;
- Ombudsman;
- 1996-yil – Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
O’zingizni sinang!
- «Konstitutsiyaviy kafolat» degan tushunchaning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
- O’zbekistonda inson huquqlarining qanday qo’shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi vazifalarni bajaradi?
- Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?
Normativ hujjat
«JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO’G’RISIDA»GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
(Ko’chirma)
6-modda. Murojaatlarga qo’yiladigan talablar
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko’rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko’rsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda yozib qo’yilishi kerak.
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.