Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar

0

Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi.

Masalan: quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar va h.k.

Jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi.

Masalan, avtomobil turli qismlardan tashkil topsa-da, xuddi bitta yaxlit qismdek harakatlanadi.

 Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay qoladi.

Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali fizik qonunlar yaratiladi.

Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy boglanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.

Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini o‘rganishda, bu hodisani ko‘p marta kuzatgandan so‘ng, qonuniyat topiladi. Buning uchun tajribalar o‘tkaziladi. Tajribalar o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari ham olib boriladi.

Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, termometr bilan uning temperaturasi o‘lchab boriladi.

Shunday qilib, fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat ekan.

Previous articleQoyatosh suratlari
Next articleYozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti