Soxta oyoqlilar sinfi

0

Soxta oyoqlilar – eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy amyoba ularning tiðik vakili hisoblandi.

Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to’kilgan barglar va xascho’plar bilan ifloslangan ko’lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasining kattaligi 0,2–0,5 mm, shaffof bo’ladi. Amyoba hujayrasining shakli doimo o’zgarib turadi. Boshqa hujayralar  singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya’ni sitoplazmadan iborat. Sitoplazmada bitta yadro va hujayra organoidlari  joylashgan. Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi muhitdan ajratib turadi.

Harakatlanishi

Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo’lmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o’tsa, tana sining o’sha tomoni bo’rtib chiqib, «soxta oyoqlar» deb ataladigan muvaqqat o’simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o’xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to’xtovsiz hosil bo’lib va yo’qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o’zgarib turadi.

Oziqlanishi

Amyoba bakteriyalar, mayda suv o’tlari va organik  qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o’tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha – hazm qilish vakuolasi paydo bo’ladi. Hazm shirasi ta’sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm bo’ladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi

Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to’xtovsiz o’tib turadi. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib, amyoba hayoti uchun zarur bo’lgan energiya hamda zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari hosil bo’ladi. Sitoplazmadagi suvning ortiqcha qismi zararli moddalar almashi nuvi mahsulotlari bilan birga qisqaruvchi vakuola bo’shlig’iga o’tadi. Vakuola qisqarganida uning ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa amyoba organizmi bilan tashqi muhit o’rtasida moddalar almashinuvi sodir bo’ladi.

Ta’sirlanishi

Sodda tuzilgan bo’lsa ham, amyoba hayvon organizmiga xos xususiyatlarga ega. Ayrim ta’sirlar yordamida amyoba tanasining shakli o’zgarganligini ko’rish mumkin. Agar amyobali suvga ozroq osh tuzi qo’shilsa, u hamma soxta oyoqlarini tortib  olib, sharsimon shaklga kiradi. Bu hodisa amyobaning ta’sirlanishini ko’rsatadi.

Ko’payishi

Amyoba ikkiga bo’linish yo’li bilan jinssiz ko’ payadi (5-rasm). Buning uchun yadroning hajmi ortib, uning qobig’i yemiriladi. Sitoplazmaga chiqqan yadro moddalari hujayraning ikki tomoniga teng taqsimlanadi. Tezda hujayraning ikki tomonida bittadan yadro hosil bo’ladi. Amyoba tanasi ham cho’zilib, o’rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi. Ana shu yo’l bilan bitta amyobadan ikkita yangi amyoba hosil bo’ladi. Bu xildagi ko’payishda jinsiy hujayralar hosil bo’lmaganligi tufayli jinssiz ko’payish deb ataladi.

Рис. 5. Размножение амебы делением: 1 – клетка в начале деления; 2, 3, 4 – деление клетки и ядро; 5 – образование двух новых клеток после деления.
5-rasm. Amyobaning bo‘linib ko‘payishi. 1 – bo‘linishga kirishayotgan hujayra; 2, 3, 4 – hujayra va uning yadrosining ikkiga ajralishi; 5 – hosil bo‘lgan ikkita yangi hujayra
Sista hosil qilishi

Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyoba ha ra katlanishdan to’xtab yumaloqlanadi; uning hujayrasi sirtida qalin po’st – sista hosil bo’ladi. Amyoba sista ichida noqulay sharoit ta’siridan saqlanadi. Qulay sharoit tug’ilganda amyoba sistadan chiqib, hayot faoliyatini davom ettiradi.

Soxta oyoqlilarning xilma-xilligi

Dengizlarda ohak chig’anoqli soxta oyoqlilardan foraminiferalar va kremniy (qum) skeletli nursimonlar ko’p uchraydi. Bundan bir necha million yil ilgari yashab, qirilib ketgan foraminiferalar chig’anoqlari qoldig’i hozirgi ohaktosh konlarini hosil qilgan. Nursimonlar skeleti qoldig’idan metallarni silliqlashda va jilvir qog’oz tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim soxta oyoqlilar xavfli parazit hisoblanadi. Masalan, odam va sutemizuvchilar ichagida yashaydigan ichburug’ aamyobasi ichak devorini yemirib, qonli ichburug’ paydo qiladi.


  1. Amyoba hujayrasi qanday tuzilgan?
  2. Amyobaning soxta oyoqlari qanday hosil bo’ladi?
  3. Amyoba qanday oziqlanadi?
  4. Qisqaruvchi vakuola qanday vazifa bajaradi?
  5. Amyobaning ta’sirlanishi qanday sodir bo’ladi?
  6. Amyoba qanday ko’payadi?
  7. Soxta oyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
  8. Nima uchun amyoba hujayrasidan ortiqcha suv chiqarib turilishi zarur?
Previous articleIlk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (referat)
Next articleQanday qilib uzoq sikish mumkin?