Hamid Olimjon sherlarininng g’oyaviy-baddiiy xususiyatlari (insho)

0

Hamid Olimjon o’zining butun vujudi bilan o’z davrining farzandi va shu davr kuychisi. 30-yillarning o’rtalariga qadar bo’lgan shoir ijodida davlat raxbarlari tomonidan tanlangan shoirlar g’oyaviy «poydevor» vazifasini o’tadi.

Hamid Olimjon
Hamid Olimjon

Dastlab shoir bu poydevor ustida baddiyatning muxtasham ustunlarini o’rnatib, salabatli imorat qurishni bilmadi. Davr shiorlari, davlat raxbarlarining chaqiriqlari, firqa Askar yosh shoirlarida bo’lganidek yalong’och bir shaklda ifoda etildi. Shoirninng «Temir qonun», «O’lka safarbar», «Mudofaa kunlarida», «Kadr», «Tarix ko’rnganmi?», «Nima biznga Amerika!» sherlarida kalondimog’lik, talimotni tushunmagan unga ko’r-ko’rona sajda qilmagan kishilarga nisbatan g’azab va nafrat. Xalqni sinfiy tabaqalarga bo’lish va ularning bir qismiga «dushman» tamg’asini bosish mayllari ustivorlik qildi. Ana shunday kayfiyatdagi sherlarning «qaymog’i» sifatida maydonga kelgan «O’lim yovga» publitsistik dostonida esa 1929 yilda nohaq qamalngan va stalincha qatag’on yillarining O’zbekistondagi dastlabki qurbonlari Botu, Ramziy, Oltoy kabi shoirlarga lanat toshlari yog’dirildi.

Adolat xaqqi, shuni aytish kerakki, bu davrda yangi tuzumga, belgilab bergan rejalarga, o’zbek yozuvchilari orasida Hamid Olimjon yolg’iz emas edi. Lekin xech kim ijodda Hamid Olimjondek samimiyat va izchillik bilan yangi tuzumga xizmat qilmagan.

Keyingi yillarda malum bo’lishicha, urushga qadar bo’lgan birorta besh yillik rejalari bajarilgan emas. Ammo rasmiy matbuot xar safar besh yillik rejalarning muddatidan oldin bajarilgani, mamlakatning yuksak taraqqiyot bosqichiga erishgani xaqida tinmay bong urgan. Hamid Olimjon singari yosh xayotni matbuot orqali biluvchi shoirlar esa bunga ishongan.

Hamid Olimjonning 30-yillar ijodida ustuvorlik qilgan romantik tasvir uslubi u tushib qolgan ana shu xayolparastlikning, shirin ro’yolarning samarasidir.

Shnday suratlarni quvib etdikki,
Shnday qadam tashlab chopib ketdikki,
Amerika xayol xam qilolmas uni.
Xar Ishim yurishim, turishim mening
Belgisi ertangi porloq baxtimning!

Shoir ijodida ramantik ko’tarinkilik ana shu sarob ishonchga asoslangan edi. Ammo u ijodiy tajriba orttirgan sayin bunday yalong’och shoirbozlikdan «davr g’oyalari» ni badiiy libosga o’rash sanatini engallab bordi va bu soxada kamolot ch o’qqisiga erishdi.

Hamid Olimjonni u yashagan zamon va makondan ajratib olish mumkin emas. Lekin, shu bilan birga uning sanatkor sifatida o’z davri xududlarini yorib chiqib, umuminsoniy g’oya va tuyg’ular tarannumiga kelganida xam befarq qarab bo’lmaydi. Hamid Olimjon XX asr o’zbek sheriyati Ch o’lpon va Oybekdan so’ng inson ruxiy olamini nafis bo’yoqlar bilan och ilshga katta etibor berdi. Uning 1936 yildan keyingi ijodida lirik qaxramonning ichki olami barcha go’zal jilvalari bilan aks etdi.

Hamid Olimjonning baxti sururidan mast bo’lgan lirik qaxramonni mustaqillik uchun kurashda o’z baxtini xam, sevgisini xam qurbon qilishga tayyor. Zero, uning uchun shaxsiy farog’atdan ko’ra xalqning, yurtning taqdiri, istiqloli muximdir. Uning butun sheriy ijodida olg’a surilgan g’oyalar shu nuqtaga kelib, o’zaro tutashadi. Shoir go’zal insoniy tuyg’u va kechinmalarni tasvirlash jarayonida yuksak badiiyat davonlarini zabt etadi. Uning so’z va tasvir vositalaridan foydalanish sanati o’z kamoliga etar ekan, sherlari faqat musiqiy ravonlik va xalqchillik kasb etibgina qolmay, kishi ruxinga estetik tasir ko’rsatuvchi qudratga xam enga bo’ladi.


Hamid Olimjon sherlarininng guyaviy-baddiiy xususiyatlari insho

Hamid Olimjonning hayoti va ijodi

Previous articleHamid Olimjonning hayoti va ijodi
Next articleHamid Olimjonning «Muqanna» dramasi (insho)