O‘zbekistonda islom manbalarining o‘rganilishi

0

O‘zbekistonda islom manbalarining o‘rganilishi. Ўзбекистонда ислом манбаларининг ўрганилиши.


Islom dinining asosiy manbasi bo‘lgan Qur’oni karim mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab o‘zbek olimlari va din ulamolari tomonidan o‘rganila boshlandi. Chunonchi, u jadallik bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.

Qur’oni karimning ilk bor to‘liq ravishda zamonaviy o‘zbek tilidagi tarjimasi Alouddin Mansur tomonidan amalga oshirildi. Mazkur tarjima 1990–1992-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa, 1992-yili alohida kitob shaklida ko‘p nusxada nashr etildi.

1991-yildan boshlab Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952– 2015) tomonidan yozilgan «Tafsiri Hilol» nomli tarjima-tafsirning avval 27, 28, 29, 30-poralari nashr qilindi. Aytish kerakki, ushbu tafsir zamonaviy o‘zbek tilidagi keng izohli va sharhlarga boy asarlardan biridir. Ushbu tafsir 2005-yilda olti jildda to‘liq nashr etildi, so‘ngra uning tuzatilgan va to‘ldirilgan nashri 2011–2016-yillarda olti marta qayta chop qilindi. 2013–2014-yillarda tafsirning 1 va 2-juzlari rus tiliga ham tarjima qilinib, bosmadan chiqdi.


Tarixga nazar

Abu Bakr Siddiq (632–634) davrida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi. Xalifa Usmon ibn Affon (642–654) davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi. Bu vazifa Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo‘lgan sahoba — Zayd ibn Sobit tomonidan amalga oshirildi. Yagona Mus’hafdan bir necha nusxa ko‘chirildi va har bir mintaqaga bittadan yuborildi.


Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tafsiri «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi        tomonidan 2001, 2004, 2006, 2007, 2009, 2012, 2014, 2016-yillarda qayta-qayta nashr qilindi. Ushbu asarning boshqa tarjima-tafsirlardan o‘ziga xosligi shundaki, unda

Ka’baning qadimiy va hozirgi ko‘rinishi
Ka’baning qadimiy va hozirgi ko‘rinishi

Qur’oni karim ma’nolari arabcha matn atrofida o‘zbek o‘quvchisiga o‘z ona tilida ravon va tushunarli qilib, kerakli izohlar bilangina cheklanib, iboralarning ta’sirchanligiga katta e’tibor bergan holda taqdim etilgan.


Hadis — Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turuvchi muqaddas manbasi. 


Shamsiddinxon Boboxonov tomonidan tayyorlangan Qur’oni karimning 30-porasiga qilingan tarjima mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz qo‘liga yetib bordi. Unda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan va ko‘p o‘qiladigan suralar borligi hisobga olinib, 30-poraning arabiy matni ham berilgan.

Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida professor Mutallib Usmonov mas’ul muharrirligida Qur’oni karim o‘n besh porasining («Fotiha» surasidan «Isro» surasigacha) akademik tarjimasi tayyorlanib nashr etilgan. Unda Qur’oni karimning nozil bo‘lish davri tarixi ham qisqacha yoritilgan.


Ijodiy faoliyat

Mazkur matnni o‘qing. Matndagi «o‘z nafsining baxilligi» degan iborani qanday tushundingiz? Nafsning baxilligidan qanday saqlanish mumkin deb o‘ylaysiz?

«Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchi zotlardir».

Hashr surasi, 9-oyat


Muftiy Usmonxon Alimov tomonidan ham hozirgacha Qur’oni karimning o‘n besh porasi tafsir qilinib chop etildi. «Tafsiri Irfon»ning boshqa tafsirlardan ajralib turadigan xususiyatlari shundaki, unda oyatlar ma’nosi zamondoshlarimiz uchun tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilingan.

Hadisi shariflarni O‘zbekistonda o‘rganish XX asrning o‘rtalariga borib taqaladi. 1968-yildan chop etila boshlagan «Sovet Sharqi musulmonlari» jurnali sahifalarida muhaddislar va hadislar haqidagi ayrim maqolalar berilar edi. Mustaqillik davrida bu jurnal «Movarounnahr musulmonlari» va keyinchalik «Hidoyat» nomi bilan chop etila boshladi. Jurnal hozirgi kunda ham o‘z sahifalarida hadis va muhaddislarga oid maqolalarni muntazam berib bormoqda.

Mustaqillik davrida hadis bo‘yicha chop etilgan ilk kitoblardan biri Shamsuddin Boboxonov, shayx Abdulaziz Mansur kabi olimlar tomonidan odobaxloq, maishiy hayot masalalariga oid hadislarni o‘z ichiga olgan «Ming bir hadis» kitobidir. Keyinchalik akademik Ne’matulla Ibrohimov va shoir Mirzo Kenjabek tahriri ostida Imom Buxoriyning «al-Jome as-sahih», «al-Adab al-mufrad» kitoblari tarjima qilindi.

Sahihi Buxoriy
Sahihi Buxoriy

Oxirgi yillarda Toshkent islom universiteti qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan samarqandlik mashhur Imom Dorimiyning «Sunani Dorimiy» hadislar to‘plami hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yu-

suf tomonidan «Oltin silsila» rukni ostida Imom Buxoriyning «Sahih al-Buxoriy» asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.


Batafsil >> Markaziy Osiyoda Islom. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi

Previous articleMarkaziy Osiyoda Islom. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi
Next articleIslomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar