Islom dini ta’limoti va bayramlari

0

Islom dini ta’limoti va bayramlari. Ислом дини таълимоти ва байрамлари.


Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Alloh barcha jonli va jonsiz narsalarning, butun koinotning yaratuvchisi hisoblanadi. U hech kimga o‘xshamaydi va hech narsani u bilan tenglashtirish mumkin emas. Insonlar Alloh yaratgan maxluqotlarning eng buyugidir. Alloh odamzotni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘z elchilari — payg‘ambarlarni yuborib turgan. Manbalarda payg‘ambarlarning soni 124 ming nafar bo‘lgani qayd etiladi.

Qur’oni karim Коран Қуръон
Qur’oni karim

Muhammad (ﷺ) avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, sof e’tiqodni tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) deb tan olinadi.

Islom dinining asosiy bayramlari — bu hijriy yil hisobida Shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadigan Ramazon hayiti hamda undan 70 kundan so‘ng ni shonlanadigan Qurbon hayitidir. Ikki hayit ham O‘zbekistonda rasman bayram deb e’lon qilingan.

Toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy (291–365-h.y.) fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z davrining mashhur olimlaridan edi. Qabrlari Toshkentdagi Hastimom (Hazrati Imom) dahasida joylashgan.

Bu kunlarda qariyalar, qarindoshlarni ziyorat qilish, bolalarga hayitlik sovg‘alar, shirinliklar berish urf hisoblanadi. Hayit bayrami insonlar orasida mehr-muhabbat, muruvvat tuyg‘ularining shakllanishiga yordam beradi. Masalan, Ramazon hayitidagi fitr sadaqasi, Qurbon hayitida qo‘y yoki qoramol so‘yib, muhtojlarga tarqatilishida Islom dinining insonparvarlik mohiyati namoyon bo‘ladi. Bu kunda musulmonlar chiroyli kiyimlarni kiyib, xushbo‘y atirlarni sepib, masjidga boradilar va hayit namozini ado etadilar.

Toshkentdagi «Minor» masjidi
Toshkentdagi «Minor» masjidi

Batafsil >> Islomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar

Previous articleIslomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar
Next articleIslomdagi mazhablar – Исломдаги мазҳаблар