Atom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi

0

Atom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi. Атом-молекулар таълимот. Атом ва молекулаларнинг реаллиги (мавжудлиги). Кимёвий элемент, кимёвий белги.


Dastavval, qadimgi yunon faylasuflari atrofdagi borliq juda mayda bo‘linmas zarrachalar – atomlardan (yunoncha atomos – bo‘linmas) tashk il topgan, degan g‘oyani ilgari surganlar.

Ulug‘ ajdodlarimizdan – Jobir ibn Xayyon (Gaber), Ahmad al-Farg‘oniy (Alfragan us), Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (Razes), Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) kabi  mutafakkirlar o‘z asarlarida atrofdagi olamning murakkab tuzilganligini izohlab berganlar. Ular mavjud barcha jismlar, atrofdagi o‘zga rishlar, sodir bo‘layotgan voqea-hodis alar sababchisi mayda, ko‘zga ko‘rinmas unsurlar deb e’tirof etishgan.

Lomonosov, Dalton, Avogadro va boshqa olimlarning ishlari natijasida moddaning atom-molekular tuzilishiga doir g‘oyalar rivojlana bordi. Bu g‘oyalar atom va molekulalarning real mavjudligiga asoslangan bo‘lib, 1860-yilda Karlsruyeda bo‘lib o‘tgan kimyogarlarning xalqaro kongressida atom va molekula tushunchalariga aniq izohlar qabul qilindi. Atommolekular ta’limot barcha olimlar tomonidan qabul qilinib, kimyoviy o‘zgarishlar atom-molekular ta’limot nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqila boshlandi.

Hozirgi vaqtda atom-molekular ta’limotining asosiy holatlari quyidagicha izohlanadi:

  • Moddalar kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik zarrachalar, ya’ni molekulalardan tashkil topgan.
  • Molekulalar atomlardan tashkil topgan.
  • Atomlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton, neytron va boshqa zarrachalardan tashkil topgan.
  • Molekula va atomlar doimiy harakatda bo‘ladi.

Atom-molekular ta’limot – tabiiy fanlarning asosiy nazariyalaridan biri bo‘lib, u olamning moddiy birligini tasdiqlaydi.

Moddalarning holatiga ko‘ra, atom va molekulalar orasidagi masofa turlicha bo‘ladi: atom va molekulalar orasidagi masofa qattiq va suyuq holatlarda juda yaqin, gaz holatdagi moddalarda esa bu masofa juda uzoq bo‘ladi.

Fizika fanidan ma’lumki, harorat o‘zgarganda jism hajmi ham o‘zgaradi. Buning sababi moddalar juda kichik zarrachalar – atom yoki molekulalardan tashkil topganligida bo‘lib, ularn ing orasidagi masofa harorat ortishi bilan ma’lum darajada kattalashadi, sovitilganda esa kichrayadi. 6-rasmda yod moddasin ing qizd irilganda qattiq holatdan bug‘ holatga o‘tish va bug‘ning muz solingan kolba devorlarid a sovib, qattiq holatga o‘tishi tasvirlangan.

6-rasm. Yod zarr acha larining sovuq yuzada to‘planib, yod mod- dasini hosil qilishi
6-rasm. Yod zarr acha larining sovuq yuzada to‘planib, yod mod- dasini hosil qilishi

Hozirgi vaqtda alohida molekula o‘lchamlari, massasini hisoblash, atomlarning molekuladagi bog‘lanish tartibini aniqlash imkoniyatlari mavjud.

Atom yoki molekulani oddiy ko‘z bilan ko‘ra olmaymiz, lekin ular haqiqatda mavjudligini elektron mikroskoplarda ko‘rish va suratga olish mumkin (7-rasm).

7-rasm. Kremniy atomlarining elektron mikroskopda olingan fotosurati
7-rasm. Kremniy atomlarining elektron mikroskopda olingan fotosurati

Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulal ar ning har biri o‘z massasiga, o‘lchamiga va o‘ziga xos kimyoviy xossalarga ega. Bir moddaning molekulalari bir xil, turli moddalarning molekulalari turlicha bo‘lib, tarkibi, massasi, o‘lchami, xossalari bilan bir-biridan farq qiladi.

Masalan, yod va suv molekulalari turlichadir:

Molekulalar doimo harakatda bo‘ladi. 1827yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan va ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan. Hozirda bu harakat Broun harakati nomi bilan ataladi va suyuqlik molekulalari tartibsiz ravishda uzluksiz harakatda ekanligini ko‘rsatadi.

Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqa lishi mumkin va bu hodisa diffuziya deb ataladi.

Broun harakati, diffuziya (masalan, hidning havoda tarqalishi), qandning suvda erishi va boshqa shunga o‘xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda doimo harakatda ekanligini ko‘rsatadi.

Molekula – moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida namoyon qiluv chi eng kichik bo‘lagi.

Molekula – o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat zarracha.

Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Suv molekulalarini maxsus asbobda elektr toki yordamida parchalash mumkin. Bir trubkada to‘plangan gaz hajmi ikkinchi trubkadagi gaz hajmidan ikki barobar ko‘proq bo‘ladi. Hajmi ko‘proq gaz yonadi. Bu – vodor od. Hajmi ozroq gaz yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi. Bu – kislorod. Ushbu tajribada hosil bo‘lgan moddalar – vodorod va kislorod suvdan hosil bo‘ladi, chunki suv molekulalari yanada kichik zarrachalar – vodorod hamda kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar atomlarga parchalanadi yoki atomlardan iborat tarkibini o‘zgartiradi.

Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda deyarli o‘zgarishsiz qoladi.

Atomlardan molekulalar hosil bo‘ladi.

Kimyoviy reaksiya (o‘zgarish) – atomlar harakatining o‘ziga xos turidir. Bu materiya harakatining kimyoviy shakli sanaladi. Tabiatda turlicha massa, o‘lcham va xossalarga ega bo‘lgan atomlar

Atomlarning muayyan turi kimyoviy elementdir.

Hozirgi kunda atomlarning 118 ta turi – 118 ta kimyoviy element mavjud ligi ma’lum. Koinotdagi barcha jonli va jonsiz tabiat asosan ana shu kimyov iy elementlardan tashkil topgan.

Har bir kimyoviy element o‘z nomi va kimyoviy belgisiga ega.

1813-yilda shved kimyogari Berseliusning taklifiga ko‘ra, kimyo- viy belgi – elementning lotincha nomini bosh harfi yoki bosh harfiga keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi.

Masalan, H (Hydrogenium) – vodorodning kimyoviy belgisi, lotincha nomining bosh harfidir; Hg (Hydra girum) – simobning kimyoviy belgisi, lot incha nomining bosh va yana bir harfidan tashkil topgan. Ayrim kim yoviy elementlar haqida muqovaning 3-betida ma’lumotlar berilgan.

Demak, kimyoviy belgi elementni va shu elementning bitta atomini bildiradi.


Tayanch iboralar: atom, molekula, materiya, massa, o‘lcham, Broun harakati, kimyoviy element, kimyoviy element belgisi, diffuziya.


Savol va topshiriqlar:

  1. Haroratning o‘zgarishi jism hajmiga qanday ta’sir qiladi?
  2. Molekula nima? Molekula haqida nimalarni bilasiz?
  3. Gazlarni ochiq kolbada saqlash mumkinmi?
  4. Molekula va moddani tavsiflovchi xossalarni ajrating: massa,o‘lcham, tarkib, zichlik, qaynash harorati, suyuqlanish harorati.
  5. Kimyoviy element nima? Kimyoviy element belgisi-chi?
Previous articleModda va uning xossalari
Next article“Jannat onalar oyog`i ostidadir” Tadbir senariysi