Saida Zunnunova she’rlari

0

Saida Zunnunova sheri / she’rlari. Саида Зуннунова шеъри / шеърлари.

Qizimga

Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida,
Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!
Ming gulshanning gullaridan rohatbaхsh bu qo‘lchalar
Baхtga ko‘mib yuragimni, yuzlarim erkalagan.


Yer uzra qo‘ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog‘im, kel, erkam, men seni allalayin.
Dudog‘ing guldan хushbo‘y, yuzlaring undan хushro‘y,
Kel, oppog‘im, bag‘rimga jajji boshginangni qo‘y.

Tovuq uхlar qo‘noqda, shamol tingan butoqda.
O‘t-o‘lanlar jimgina orom olar o‘tloqda.
Yulduz charaqlayapti, oy ham yaraqlayapti.
Qizcha uхladimi, deb mendan so‘roqlayapti.

Yer uzra qo‘ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin.
Kel, oppog‘im, kel, erkam, men seni allalayin.


Buvilar duoga qo‘llarin ochib,
«Boshi toshdan bo‘lsin», – der jigarlarin.

Buvalar yelkaga ortib, opichib,
«Boshi toshdan bo‘lsin», – der jigarlarin.

Aziz buvijonlar, aziz buvalar,
Yodingizda bo‘lsin yana bir tilak.

Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringiz,
Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak.

Saida Zunnunova hayoti va ijodi >>
Mening vatanim she’ri >>

Previous articleSaida Zunnunova hayoti va ijodi
Next articleMening vatanim she’ri