Korall riflari. Коралл рифлари

0

Korall riflari. Tropik dengiz  sohillari yaqinida, okeanning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliplar zich joylashib, juda yirik koloniyalar riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sadi; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab to‘planib qoladi.

Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliplar koloniyasi korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi da riflarda hayot boshlanadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uchraydi.

Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydalaniladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riqxonalarga aylantirilgan.


Batafsil >> Dengiz bo‘shliqichlilari. Денгиз бўшлиқичлилари

Previous articleKoloniya hosil qiluvchi poliplar
Next articleMeduzalar haqida malumot. Медузалар