Lamaizm. Buddaviylik yo‘nalishlari

0

Lamaizm. Buddaviylik yo‘nalishlari. Ламаизм. Буддавийлик йўналишлари


Lamaizm (tibetcha — eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan.

«Kang‘yur» va «Teng‘yur»da bayon qilingan barcha qonun-qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi.

Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda adolat o‘rnatishiga ishonch lamaizm ta’limotida muhim o‘rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunish, ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o‘tkazish, muqaddas kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam o‘ldirish, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, tuhmat, g‘iybat, bekorchi so‘zlash, ochko‘zlik, kek saqlash, zino qilish lamaizmda ham og‘ir gunoh sanaladi.

«Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya, Dalay­lama Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.

Lamaizmning oliy diniy rahna mosi Dalay­lama (tibetcha – «den gizdek ulug‘lama») tug‘ilgan mavjudotlarning eng ulug‘i, «bod hisattva»ning  Yerdagi ko‘rinishi, tirik xudo hisoblanadi.


Batafsil bu yerda oʻqing: “Buddaviylik ta’limoti”

Previous articleDzen buddizm. Buddaviylik yo‘nalishlari
Next articleNeobuddizm. Buddaviylik yo‘nalishlari