Mening vatanim she’ri

0

Saida Zunnunova she’ri. Менинг ватаним шеъри.


Yuz yil umr ko‘rsam, yuz yil she’r yozsam,
Yuz yil ta’rifi ngni aytsam muttasil.
Baribir, sevgili yor rasmini
Chizmoqqa munosib rang topolmayin
Chamanda tentirab yurgan rassomday,
Sening tasviringga so‘z aхtararman,
So‘zlar sarasidan shu bugungiday.
Yuz yilgi she’rimni yig‘salar hamki,
Bo‘lmaydi dildagi sevgimday asil,
Ey, mening Vatanim, mening Vatanim!

* * *

Dunyoda ne yaхshi хislatlar bor,
Hammasi, hammasi senda mujassam.
Aziz tuprog‘ingni ko‘zimga surtib,
Bahorda barglarga yuzimni surtib,
Insonlik hurmati ichaman qasam:
Senga qurbon bo‘lsa, mayli, jon-tanim.
Sening shoirangman, shu ulug‘ elning
Baхtini ko‘zlovchi bir jigarbandi.
Adolat, erklikni kuylaganim-chun
Quvg‘indi bo‘lmayman keng quchog‘ingdan –
Biz doim birgamiz, mening Vatanim.
To tirik ekanman, mehring, g‘ururing
Mehnatda, rohatda jonim payvandi,
Sen mening sevganim, sen maqtaganim!


Saida Zunnunova hayoti va ijodi >>

Saida Zunnunova she’rlari >>


  Savol va topshiriqlar:

  1. «Mening Vatanim» she’rida «sevgili yor rasmini Chizmoqqa munosib rang topolmayin Chamanda tentirab yurgan rassomday» Vatan tasviriga so‘z aхtarayotgan shoiraning yurtga muhabbati qay darajada ekanligini siz ham tuydin gizmi?
  2. «Yuz yilgi she’rimni yig‘salar hamki, Bo‘lmaydi dildagi sevgimday asil» misralarining ma’nosini sharhlang. Vatan uchun qurbon bo‘lishga shoiraning «Aziz tupro g‘i ngni ko‘zimga surtib, Bahorda barglarga yuzimni surtib In sonlik hurmati» bilan qasam ichishining sababini qan day tushunasiz?
  3. Saida Zunnunovaning o‘zingizga yoqqan she’rlaridan birini yod oling.
Previous articleSaida Zunnunova she’rlari
Next articleHuquq sohalari – Ҳуқуқ соҳалари