Mehnat taqsimotining ijobiy va salbiy tomonlari qaysilari?

0

# Savol

Mehnat taqsimotining ijobiy va salbiy tomonlari qaysilari? Меҳнат тақсимотининг ижобий ва салбий томонлари қайсилари?

# Javob

Mehnat taqsimotining ijobiy tomonlari:

  • odamlar yaxshi uddalaydigan ishga ixtisoslashadi;
  • arzon bahoda ko’proq mah- sulot ishlab chiqariladi;
  • mashina va dastgohlarni ishla- tish imkoniyati tug’iladi;
  • har bir ishchi o’z ishini yaxshi- roq va tezroq bajarish malakasiga ega bo’lib boradi;
  • ishchining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishiga hojat qolma- ganligi uchun vaqti tejaladi;
  • ishchilarning biror kasbni egal- lashi osonlashadi.

Salbiy tomonlari:

  • faqat bir xil ishni bajarish ishchilarni toliqtirishi mumkin;
  • hamma tovarlar bir xil qolipda ishlab chiqariladi;
  • ishchilarning mahorat darajasi pasayib boradi, chunki ularning ishini mashinalar bajara boshlaydi;
  • unumdorlik barcha ishchi- larning ishlash tezligiga bog’liq bo’lib qoladi;
  • ishchilar bir xil ishni baja- rishga ixtisoslashgani uchun ish- dan bo’shatilganda ishga joy- lashish muammosiga duch keladi.

Batafsil >>

Previous articleHududiy ixtisoslashuv nima? (Iqtisodiyot bilim)
Next articleIqtisodiy tizimlar