Daryolar (дарёлар)

0

Daryolar (дарёлар). Daryo havzasi va suvayirg‘ich. Tog‘ va tekislik daryolari. Daryolarga suv qayerdan keladi? Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Дарё ҳавзаси ва сувайирғич. Тоғ ва текислик дарёлари. Дарёларга сув қаердан келади? Дарё нима? Ким дарёни кўрган? Дарё хавзаси ва сувайиргич. Тог ва текислик дарёлари. Дарёларга сув каердан келади? Ким дарёни курган?


Daryo nima? Kim daryoni ko‘rgan? Siz o‘zingiz ko‘rgan daryo haqida so‘zlab bering. O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O‘zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi. 43-rasmga qarab daryo vodiysi haqida gapirib bering. Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o‘lkalarda issiq, yog‘in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.

43-rasm. Tekislik daryosi va daryovodiysining ko‘ndalang kesimi
43-rasm. Tekislik daryosi va daryovodiysining ko‘ndalang kesimi

Ma’lumki, har bir daryoning boshi va quyar joyi bo‘ladi. Daryo boshlanadigan joy uning manbayi deb ataladi. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryo baland tog‘lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. volga daryosi tekislikda, valday qirlarida buloqlardan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo‘lsa, katta, ser- suv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb bosh (asosiy) daryoga yon tomonlardan kelib quyiladigan ki- chikroq daryolarga aytiladi. Bosh daryo o‘zining barcha irmoqlari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi.

 Ko’pchilik daryolar okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi. Daryoning okean, dengiz, ko‘l yoki boshqa daryo- ga quyiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi (atlasdagi O‘zbekistonning tabiiy xaritasidan Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining manbayi va mansabini toping).

Daryo havzasi va suvayirg‘ich

Yerga shimilishga ulgurmagan va bug‘lanib ketmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi (44-rasm).

44-rasm. Daryo havzasi va uning tarkibiy qismlari
44-rasm. Daryo havzasi va uning tarkibiy qismlari

Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o‘z havzasi bo‘ladi. Amazonka havzasi eng katta daryo bo‘lib, maydoni 7 mln km2 dan iborat. Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirg‘ich deyiladi. Suvayirg‘ichlar tog‘larning cho‘qqilariga, tekisliklarda esa balandroq joylarga to‘g‘ri keladi.

Tog‘ va tekislik daryolari

Tog‘ daryolari tekislik daryolariga qara- ganda juda tez oqadi, vodiylari tor va chuqur bo‘ladi. Ko‘p daryolar tog‘lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Bunday daryolarga Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sirdaryo Tyanshan tog‘larida 5000 m ga yaqin balandlikdan Norin nomi bilan boshlanadi. Tog‘lar orasidagi chuqur daralarda hayqirib oqadi. Tekislikka chiqqanidan keyin keng o‘zanda yoyilib, sekin oqadi. Daryolar tog‘lardan yemirib, oqizib kelgan tog‘ jinslari — katta toshlar o‘zanida cho‘kib qoladi. Daryo tekislikka chiqqanda esa suvdan qum va loyqa cho‘kib qoladi. Daryolar suvidan cho‘kindi jinslarning saralanib cho‘kishi qonuniyatini birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.

Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalarni ho- sil qiladi (45-rasm).

45-rasm. Sharshara hosil bo‘lishi
45-rasm. Sharshara hosil bo‘lishi

Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Ame- rikada, Churun daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Lekin suvi ko‘p emas. Eng sersuv sharsharalardan biri – Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasidir. Bu sharsharada suv 48 m balandlikdan otilib tushadi (46-rasm).

46-rasm. Niagara sharsharasi
46-rasm. Niagara sharsharasi

Yana bir katta sharshara Afrikadagi viktoriya sharsharasi. Unda suv 120 m balanddan otilib tushadi (bu sharsharalarni yarimsharlar tabiiy xaritasidan toping).

Daryolarga suv qayerdan keladi?

Daryolar yomg‘ir, qor, muz suvlari, buloqlar suvlaridan to‘yinadi. Baland tog‘lardan boshlanadigan daryolar tog‘lardagi muzliklar va qor suvlari bilan to‘yinadi. Ular yozda sersuv bo‘ladi. Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi. Ba’zi daryolarga yomg‘ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi. Bunday daryolarni aralash to‘yinuvchi daryolar deyiladi. Masalan, Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.

Daryolar qadim zamonlardan kishilarni chuchuk suv bilan ta’min- laydigan asosiy manba bo‘lib kelgan. Mamlakatimizda suvdan yaxshi- roq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari qurilgan, kanal va ariqlar qazilgan, qurg‘oqchil yerlarga suv chiqarilgan. Daryolarga to‘g‘onlar, elektr stansiyalar qurilib, energiyasidan ham foydalaniladi.

Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi. Buni aslo unutmaylik!


Tayanch so‘z va tushunchalar

  • Daryo
  • Suvayirg‘ich
  • Daryo havzasi
  • O‘zan
  • Manba
  • Daryoning to‘yinishi
  • Irmoq
  • Sharshara

Savollar

  1. Daryo nima? Daryo havzasi-chi?
  2. Daryo havzasining qanday tarkibiy qismlarini bilasiz?
  3. O‘zbekistondagi qaysi daryolarni bilasiz?
Previous articleGidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani
Next articleKo‘l va muzliklar. Yer osti suvlari