Mirmuhsin hayoti va ijodi

0

Мирмуҳсин ҳаёти ва ижоди. Мирмухсин хаёти ва ижоди. Mirmuhsin hayoti va ijodi.


Mirmuhsin rasmlari
Mirmuhsin

Mirmuhsin (1921–2005). Shoir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yilning 3-mayida Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida kulol oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedagogika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi.

Bo‘lajak yozuvchi 1944–1946-yillarda Respublika radio qo‘mitasida muharrir, 1947–1961-yillar orali g‘i da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yil dan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muha rriri, 1961–1963-yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim mudiri, 1963–1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh muharriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1982–1994-yillarda «Guliston» jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan.

Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yilda «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qamar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo», «Qadrdon do‘stlar», 1951-yilda «Farg‘ona», 1952-yilda «Vatandoshlar», 1959-yilda «Irmoqlar», 1960-yilda «Qalb va falsafa», 1964-yilda «She’rlar» nomli she’riy kitoblari bosilib chiqqan. Shoir bir qator dostonlar ham yaratgan. Chunonchi, «Usta G‘iyos» (1946), «Do‘nan», «Yashil qishloq» (1948), «Shiroq» (1969), «Nevara», «Avesto» (1970) singari dostonlarida qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy to‘qnashuv va kurashlar asosida ko‘rsatib berilgan. Mirmuhsin – o‘zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan «Ziyod va Adiba» ilk she’riy romanining muallifi .

Mirmuhsinning ilk qissasi «Jamila» 1956-yilda e’lon qilingan. Uning 1957-yilda yozilgan «Oq marmar», 1962-yilda bitilgan «Cho‘ri», 1964-yilda dunyoga kelgan «Tungi chaqmoqlar» qissalari xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga bag‘ishlangan. Ularda zulm-u zo‘ravonlikka qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga xos obrazlari yaratilgan. Dunyo miqyosida fi krlashga uringan adib Mirmuhsin chet elliklar hayotini aks ettirishga qaratilgan bir qator asarlar ham yaratdi. Yozuv chining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar to‘plami va 1979-yilda chop etilgan «Chodrali ayol» qissasi chet ellardagi kishilar hayotini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.

She’riyat hamda kichik nasriy janrlar bo‘lmish hikoya va qissachilikda muayyan tajriba orttirgan Mirmuhsin keng qamrovli roman janrida ham qalam tebratdi. 1969-yilda «Chi niqish» va «Umid», 1972-yilda «Degrez o‘g‘li», 1974-yilda «Me’mor», 1977-yilda «Chotqol yo‘lbarsi», 1982-yilda «Ildiz lar va yaproqlar», 1986-yilda «Temur Malik», 1995-yilda «Ilon o‘chi», 1997-yilda «Turon malikasi» romanlari dunyo yuzini ko‘rdi. Ularda turli davrlarda yashab o‘tgan turli taqdir egalarining hayotlari aks ettiriladi.

Mirmuhsin ijodiy umrining barcha davrida ham bolalar uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O‘roqboy» singari turli janrlar dagi asarlarida bolalarning o‘ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan.

Mirmuhsin uzoq yillik ijodiy faoliyati uchun 1974-yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti, 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. Adibga 1981-yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan.

Adib 2005-yil 2-fevralda Toshkent shahrida vafot etdi.


Me’mor Romani (Romandan parcha) >>

Previous articleShe’r vaznlari (adabiyot)
Next articleMirmuhsin Me’mor Romani (Romandan parcha)