Konstitutsiya olamiga sayohat

0

Konstitutsiya olamiga sayohat. Конституция оламига саёҳат / саёхат. Ҳуқуқий таълим. Конституциявий ҳуқуқ асослари. Хукукий таълим. Конституциявий хукук асослари.


Sizning qo’lingizda murakkab, ko’p qirrali va qiziqarli huquqlar dunyosi to’g’risida ma’lumot beruvchi kitob turibdi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik e’lon qilinishi va suveren demokratik davlat qurilishining yuridik asoslari – davlat va shaxs o’rtasida o’zaro munosabatlarni belgilab beruvchi qonunchilik va huquqshunoslik poydevorini shakllantirishdan boshlandi. Shuning uchun ham fuqarolar tomonidan qonunlarning ijrosi ongli ravishda va qonun asosida amalga oshirilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday deydi: «Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o’sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir».

Sharqning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino: «Nega yer yuzida yovuzlik bu qadar ko’p?» degan savolga: «Sababchisi siz-u biz. Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan kurashishdan voz kechishimiz asnosida o’zimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib beramiz», deb javob bergan ekan.

Ushbu darslikning har bir paragrafida amaldagi qonun hujjatlari yordamida hal qilishingiz mumkin bo’lgan turli-tuman vaziyatlarni Sizga havola qilamiz. Agar Sizni qandaydir muammolarni hal qilish qiziqtirib qolsa, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muroja- at qilishingiz mumkin.

Matnda jahon amaliyotida qabul qilingan yuridik atamalar va tushun- chalarga ham duch kelasiz. Bunday hollarda darslik oxirida berilgan yuri- dik atamalar lug’atiga murojaat qilishingiz mumkin.

O’rganilgan materiallarni qanchalik o’zlashtirganingizni tekshirib ko’rishga imkoniyat yaratish maqsadida har bir mavzu oxirida nazorat savollari ilova qilingan.

Konstitutsiyaviy huquq asoslarini o’rganishning muhimligi shundaki, yo’l qo’ysa bo’ladigan ishlarni taqiqlangan harakatlardan farq- lashni o’rganib olasiz, o’z huquq va qonuniy manfaatlaringizni hi- moya qilish yo’llari va vositalarini yaxshiroq biladigan bo’lasiz, eng muhimi, qonunga rioya qilgan holda adolatga erishish mumkinligiga o’zingizda qat’iy ishonch hosil qilasiz.

Siz qonunchilik yordamida har bir inson hayotida yuzaga kelishi ehti- moli bo’lgan ko’pgina muammolarni hal etish mumkinligini bilib olasiz.

Huquqiy ta’lim – huquqiy madaniyat, ya’ni insonga huquq beradigan barcha ijobiy va qimmatli tomonlarni o’zlashtirishning qo’shimcha tarki- biy qismi. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar yig’indisi yuqori dara- jadagi huquqiy madaniyat asosini tashkil etadi. Davlat qonunchilik asos- larini o’zlashtirish huquq va qonunlarga ijobiy munosabatda bo’lishga imkoniyat yaratadi, ularni bajarish zaruratini yuzaga keltiradi.

Konstitutsiyaviy huquq asoslari bo’yicha olgan bilimlaringiz nafaqat kelajakdagi, shuningdek, bugungi kundagi muammolarni hal etishga ham yordam beradi, deb umid qilamiz.

Huquqiy bilimlar dunyosiga oq yo’l, azizlar!

Previous articleAmaliy mashg‘ulot (geografiya)
Next article1-§. Konstitutsiyaviy huquq. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni