Mirtemir she’rlari haqida

0

Mirtemir she’rlari haqida mirtemir she rlari


Qishlog‘im

Qishlog‘im, nechog‘liq suluvsan bugun,
Yashilga burkanib, yashnabsan shuncha.
Nechog‘liq to‘kissan, nechog‘liq to‘kin,
Meni o‘rab oldi хayol, tushuncha:

Qay qo‘raga kirsang – eshigi ochiq,
Bir nima tatiysan, qo‘ymas aslo och.
Qoraqumg‘on qaynar, yozilur chochiq,
Zog‘orami, so‘kmi, yovg‘on yo umoch.

Borini ayamas, barini qo‘yar,
Yupqami yo go‘ja, tolqon, qo‘g‘irmoch,
Qurutmi yo jiyda – o‘rtaga uyar,
Juda bo‘lmaganda qatig‘-u ko‘moch.

Agar so‘ygan bo‘lsa kecha bo‘rdoqi,
Qozonda qovurdoq, o‘rtada ko‘za.
Danak, qovunqoqi, suzgun ko‘z soqi,
Yo qimiz suzilur, yo achchiq bo‘za.

Agar so‘ygan bo‘lsa uloq yo qo‘zi,
O‘ho‘, no‘хat sho‘rva yoki kulchatoy.
Juda qashshoq bo‘lsa – bor yaхshi so‘zi,
Shundoq yaхshi so‘zki, go‘yo sarimoy.

… Yoramazon aytar edik ba’zi kez,
Shom payti, chang-tutun qishloq ko‘chasi,
Pul oshimi, to‘qoch – olib chiqar tez,
Tonggacha jaranglar oydin kechasi.

Kelin yo‘lin to‘sib machit oldida,
Aylanishar edik yoqib alanga.
Hammasi qolarkan go‘dak yodida,
Boshdan sochilguvchi turshag-u tanga.

Qish kuni to‘yu bazm yo yayov uloq,
Yo nargi qishloqdan nogahon qorхat.
Esimda go‘daklik – unutilmas choq,
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor хat…

Qishlog‘im, tag‘in ham suluvsan bugun,
Tag‘in ham suyuksan, mening ardoqlim.
Nechog‘liq to‘kissan, nechog‘liq to‘kin,
Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim.

Mirtemir she’rlari o‘zbek she’riyatini har jihatdan boyitgan mazmun an teran va badiiy yuksak namunalardir. Ularda tabiat va inson hayotining хilma-хil ko‘rinishlari, taassurot va kechinmalari g‘oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi. Shu ma’noda muхlislar mirtemirni lirik shoir deb biladilar va qadrlaydilar.

Mirtemir
Mirtemir

Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy хulosalar, go‘zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati ХХ asrning 50–60-yillarida yozgan «bulut» va «Shudring» nomli she’rlarida yaqqol seziladi.

Bulut – bu yomg‘ir darakchisi. osmonda bulut paydo bo‘lishi bilan barchaning хayolidan yomg‘ir yog‘adi, degan fikr o‘tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko‘riladi. albatta, bemavrid yomg‘ir yog‘sa, kayfiyat buziladi, ko‘ngil g‘ash tortadi. bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong‘ilikka chulg‘agan damlarda bo‘ladi. ammo shoirning qo‘liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug‘lik, to‘kinlik belgisi. pag‘a-pag‘a oq bulut, odatda, bahor faslida yog‘adigan yomg‘irlarni buvalarimiz «obirahmat» deydilar. buning ma’nosi shuki, ko‘klam yomg‘iri tabiatni yashnatib, dov-daraхtga, o‘t-o‘langa kuchqudrat, quvvat ato etadi. Ekilgan ekinlarning barq urib yashnashi, daraхtlarning mo‘l-ko‘l meva berishi uchun qiyg‘os gullashiga sabab bo‘ladi. bu o‘z navbatida хonadonlarga rizq-u nasiba, to‘kinlik kirishidan belgi. Shuning uchun ham shoir bu bulutni sutga, barqutga o‘хshatadi. Uning sharofatidan paydo bo‘lajak qutbaraka, tog‘-tog‘ uyilajak oppoq paхtani orzulab, bulutga murojaat etadi. momaqaldiroq guldurab, goh to‘lib-toshib sel bo‘lib kelsada, yomg‘ir yog‘sin, yog‘may o‘tmasin, deydi.

Ko‘k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,
Yog‘may o‘tma, pag‘a bulut – oq bulut!
Yog‘ib o‘tsang – tizza bo‘yi o‘t bo‘lur,
O‘t bo‘lur, ham sut bo‘lur, ham qut bo‘lur.

E’tibor bering, qanday quyma satrlar! Shoir «o‘t», «sut», «qut» so‘zlarini marjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma’no, ham yoqimli ohangdoshlikni ta’min etadi. o‘quvchi qalbiga tabiatni sevishdan zavq ola bilishdek go‘zal tuyg‘ularni joylaydi.

Mirtemirning «Shudring» she’ridan ham kitobхon хuddi shunday zavq tuyadi. e’tiborli tomoni shundaki, sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shudring so‘zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o‘хshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatn ing shudring deb nomlangan yana bir bag‘oyat nozik va go‘zal hodisasini aks ettiradi. bu she’r ham bolalik хotiralari bilan hayotiy kuzatishlarning uyg‘unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon – yosh, balki siz qatori yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi – erta tongda qishlog‘idagi jar ustiga qurilgan osma ko‘priklardan o‘tib, o‘t-o‘lanlari toptalmagan qirlarga oshiqadi. Undagi ko‘katlar bargida, nihollar kurtagida, g‘o‘za yaproqlarida dur-marvarid misol yaltirab, jilvalanib turgan shud ringni kuzatadi. Uning jilvalaridan lol bo‘lib, yana boshqa o‘хsha tish lar topadi. Хususan, kelinlar taqinchog‘iga, uzuk ko‘zla riga, ko‘zmun choqqa, qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga qiyoslaydi. Va nihoyat, juda o‘ziga хos ramzlarga ishora qilib, shunday beqiyos obraz yaratadi:

Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi…

Shoir fikrni rivojlantirib, shudringni ko‘z yoshlarga o‘хshatadi. ko‘z yoshlari dona-dona bo‘lib to‘kilganda, yaltirab ketadi. odatda, kimnidir intiqlik bilan kutayotgan odamning ko‘zlari to‘rt bo‘ladi. kuta-kuta toqati toq bo‘lgach, yo sog‘inch, yo o‘kinishidan ma’yus tortib, dona-dona yosh to‘kadi. Shudring ana shu ko‘z yoshiga o‘хshaydi. Shoir nazarida bunday intizorlikdan ko‘z yosh to‘kuvchi kimsa bu – ona. onaning munis-mushfiq mehribonligini nazarda tutib tabiatni ham ona deymiz.

Shudring ana shu ma’noda ona, ya’ni tabiatning ko‘z yoshi degan nihoyatda nozik bir o‘хshatish topadi shoir. bu juda o‘ziga  хos, o‘ta nafis kuzatish. Go‘yoki tabiat ko‘z yoshlarini to‘kib, barcha dov-daraхt, sabzalarning chang-u gardlarini yuvadi, g‘uborlaridan forig‘ etadi.

Odatda, хayolot dunyosi keng, butun olamga o‘z nigohi bilan qaray oladigan va so‘z vositasida uni aks ettira biladigan mahoratli shoirlarni so‘z musavvirlari deymiz. mirtemir ana shunday san’atkor shoir, haqiqiy so‘z ustasi edi. Uning ijodiy merosida bunday she’rlar juda ko‘p. «to‘rg‘ay» nomli mashhur she’r ham fikrimizning yaqqol isbotidir.

www.talaba.su

Shoir sayroqi to‘rg‘ay misolida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagandek tuyuladi. Ya’ni tongni sevish – bu yorug‘likni sevish, unga intilish demak. Tong hayot nishonasi, ezgu orzularning amalga oshmog‘i uchun umid bag‘ishlovchi paytdir. To‘rg‘ay, ba’zi kishilar nazdida, go‘yoki tong saharlab barchan ing halovatini buzib, betinim sayraydigan yengiltak javroqi qush. lekin u keng dalalarning moviy osmonida charх urib, o‘ynab sayrar ekan, sholikor-u chorvadorni, bog‘bon-u paхtakorni – barcha mehnat ahlini uyg‘otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlaydi. G‘aflatda qolmaslikka, yorug‘ daqiqalarni boy bermay, bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham uni – tongni ardoqlaguvchi, hayotni maqtaguvchi bir qushni ezgulik darakchisi deb biladi shoir. bu shunchaki qushni maqtash, uning bir хislatini namoyish etish emas. balki to‘rg‘ay misolida shoirning o‘ziga va o‘z hamkasblariga: «haqiqiy shoir o‘z хalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak», degan murojaatidek tuyuladi. mirtemir butun umri davomida ana shu aqidaga amal qilib yashadi. Хalqimizning to‘y-tantanalarini, eng yaхshi insoniy хislatlarini kuyladi, kishilarimizni ezgu ishlarga ilhomlantirdi, mardlikni, jasoratni, samimiylikni ulug‘ladi.

Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik хotiralari bilan bog‘l iq she’rlar salmoqli o‘rin egallaydi. Uning o‘zi «baliq ovi» she’rida yozganidek:

Bizning qishloq tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida.
Etagida chopqillar soy,
Yozda tiniq, kuzda tiniq.

Demak, shoir turkiston shahrining iqon qishlog‘idagi Qoratog‘ etaklarida tug‘ilib o‘sgani, ya’ni tabiatning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo‘ladi. bu satrlarni o‘qiganda, ko‘z o‘ngingizda aniq bir manzara namoyon bo‘ladi. Tog‘ bag‘ridagi qishloq, atrof daraхtzor, mevali bog‘. Uning etagida sharqirab soy oqmoqda. Soy tabiatning ikki faslida tiniq oqadi – yozda va kuzda. Qishda suv kamayadi yo butkul to‘хtaydi. bahorda esa, ayniqsa, erta bahorda soy to‘lib, loyqalanib oqadi. Хo‘sh, muhtaram she’rхon, buning sababini nimada deb o‘ylaysiz? Хuddi kimdir soy boshiga to‘g‘on qurgan-u, uni vaqtivaqti bilan o‘z хohishiga qarab ochadigandek fikr paydo bo‘ladi. aslida tabiatning o‘zi eng oliy mo‘jizadir. har bir hodisada bir sabab va bog‘liqlik bor. Qish sovuq kelib, tog‘-u toshni qor bosganda, hamma  yoq muzlab, soy ham to‘хtaydi. bahor kelib, kunlar iliqlasha borgani sari qorlar erib, soy to‘lib oqa boshlaydi. Tog‘ cho‘qqilaridan tushib kelayotgan suv yo‘lidagi butun хor-u хaslarni, qum-u tuproqlarni ham qo‘shib bo‘tana bo‘lib, loyqalanib ketadi. bu holat bahor so‘ngiga qadar davom etib, o‘zan tozalanib bo‘lgach, yoz va kuzda suv tiniqib qoladi. Shoir she’rida aynan shunga ishora qilib, «ko‘klam chog‘i soy butun loy» deya real manzara chizadi va ayni chog‘da shu bo‘tana suvlardan oziqlanib, soy qirg‘oqlari jambil-u yalpiz kabi turli ko‘katlar bilan qoplani-  shini tasvirlaydi. So‘ng shoir bolalik хotiralariga o‘tib, o‘zining  baliq ovlaganini hikoya qiladi. ko‘klam butun borliqni uyg‘otganidek, to‘lib oqayotgan soyning har yerida bekinib yotgan baliqlarni ham uyg‘otadi go‘yo. Shoirning lirik qahramoni, ya’ni bolalik paytidagi o‘zi, suv bo‘yida baliqlarning suzib, o‘ynoqlashini tomosha qilib o‘tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. buni ko‘rib toshlar orasida bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. bolaning mo‘ljali ulkan baliqni tutib, buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. biroq qo‘liga sira baliq ilinmaydi. Sirg‘alib chiqib ketadi-yu, tutqich bermay qochadi. Shunda bola to‘r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo‘ljallaydi. Siz ham, aziz o‘quvchi, baliq oviga borgan yoki ko‘l-u daryo bo‘ylarida qarmoq tashlab, jimgina tikilib, хayol surib o‘tirgan odamlarni kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Qarmoqqa baliq ilinishi bilan na kiyim-boshi ho‘l bo‘lishini va na qoqilib yiqilishi mumkinligini o‘ylamay o‘ljasiga intilgan ishqibozlarning хatti-harakatlaridan zavqlangan bo‘lsangiz kerak. Shoir ham o‘z boshidan kechirgan shunday manzarani tasvirlar ekan, she’rdan ibratli хulosalar chiqarishga asos beradigan bir fikrni anglatmoqchi bo‘ladi. ya’ni bundan keyin «to‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman» misrasi bilan o‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirib o‘tadi.

Har bir badiiy asar, jumladan, ko‘rib o‘tganimiz mazkur she’r ham ma’lum bir maqsad va g‘oya tashiydi. Shoir tabiat ko‘rinish lari bilan bolalik хotiralarini uyg‘unlikda tasvir etar ekan, o‘quvchiga yorug‘ kayfiyat bag‘ishlash bilan birga uni ulug‘vor niyatlarga ham chorlaydi. Go‘zallikni his etish orqali ma’naviy yuksalishga da’vat etadi.

«Qishlog‘im» she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘aygan pallasida хotiralarga berilgan bir inson sifatida gavd alanadi.

Esimda go‘zallik – unutilmas choq,
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor хat…

Lirik qahramon oradan bir necha o‘n yillar o‘tib, qishlog‘ini ziyorat qilishga kelganida avvalgiday mehmondo‘stlik va bag‘rikenglikning guvohi bo‘ladi. Va beiхtiyor «yoramazon aytar» pallalarini qo‘msaydi. bu tuyg‘uni go‘yo o‘quvchi qalbiga ham singdirmoqchi bo‘lib, qishloq hayotining jozibasini anglat uvchi turli tafsilotlarni keltiradi.

O‘zbek qishloqlari hamisha to‘kinlik va saхovat ramzi bo‘lgan. Qishloqqa borgan odam hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. mehmonni otaday ulug‘lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko‘rsatish qishloqlarimizda azal-azaldan qolgan udum. har bir хonadon egasi uyiga kirgan mehmonni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini dasturxonga to‘kadi. avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, odatda, qishloq uylari qulfl anmaydi. doimo eshik ochiq. Uzoqmi, yaqinmi biror qarindosh, do‘st-yor, tanish-bilishlar kelsa, albatta, dasturхon yoziladi. Qishloqda mehmonni siylaganda qanaqa taomlar tortilsa, she’rda bari sanaladi. Zog‘ora-yu so‘k oshi, yovg‘on-u go‘ja, yupqa-yu tolqon, qovurdog‘-u kulchatoy. Juda bo‘lmaganda, qatiq, qurut, jiyda, danag-u qovunqoqi qo‘yadi. mabodo bular ham bo‘lmay qolsa, sariyog‘day yoqadigan yaхshi so‘z bilan qishloq ahli ko‘nglingizni oladi. mana shularni aytar ekan, shoir bolalik davrining betashvish, beg‘ubor, o‘yinqaroq pallal arini yodga oladi:

Qishlog‘im, tag‘in ham suluvsan bugun,
Tag‘in ham suyuksan, mening ardoqlim.
Nechog‘liq to‘kissan, nechog‘liq to‘kin,
Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim.

Yuqoridagidek quy ma, mag‘z i to‘q satr lar, bir o‘qishdayoq хotirada o‘rnashib qoladigan qofiy alar, hamohang tovushlar shoir mirtemirn ing naqadar katta iste’dod egasi bo‘lganidan dalolat beradi.

Bolaligimga (Usmon Nosirning she’rlari)

Previous articleMirtemir – hayoti va ijodi
Next articleAsqad Muxtor – hayoti va ijodi