Kompyuter viruslaridan himoya. Antivirus dasturlari
Virus nima ?
Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Dasturli virus deb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‘z – o‘zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda o‘z – o‘zidan tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan dasturga aytiladi.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi.
Virus xususiyati
Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, boshqa dasturlar tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyuterlarda o‘zining g‘arazli maqsadlarini amalga oshiradi.
Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi o‘zgarishlar paydo bo‘ladi:
Zararlash holatlari
- ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;
- bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o‘zgaradi;
- ekranda anglab bo‘lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo‘ladi;
- kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo‘sh joy hajmi kamayadi;
- disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi hollarda disk va fayllarni tiklab bo‘lmaydi):
- vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi qiyinlashadi.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo’llari quyidagilardir:
- Disketlar orqali.
- Kompyuter tarmoqlari orqali.
- Boshqa yo’llar orqali.
Virus turlari
Ko’rinmas virus – stels-virus deb nom olib, zararlangan fayllarga va sektorlarga operatsion tizim tomonidan murojaat qilinsa, avtomatik ravishda zararlangan qismlar o‘rniga diskning toza qismini taqdim etadi. Natijada ushbu viruslarni aniqlash va tozalash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi.
Mutant virus – shifrlash va deshifrlash algoritmlaridan iborat bo‘lib, natijada virus nusxalari umuman bir-biriga o‘xshamaydi. Ushbu viruslarni aniqlash juda qiyin muammo.
Virus turlari
Paketli virusning bosh qismi paketli faylda joylashgan bo‘lib, u operatsion tizim topshiriqlaridan iborat.
Gibridli viruslarning boshi paketli faylda joylashadi. Bu virus ham faylli, ham but sektorli bo‘ladi.
Tarmoqli viruslar kompyuter tarmoqlarida tarqalishga moslashtirilgan, ya’ni tarmoqli viruslar deb axborot almashishda tarqaladigan viruslarga aytiladi.
Viruslarning turlari:
1) fayl viruslari. Bu viruslar som, exe kabi turli fayllarni zararlaydi;
2) yuklovchi viruslar. Kompyuterni yuklovchi dasturlarni zararlaydi;
*3) drayverlarni zararlovchi viruslar. Operatsion tizimdagi sonfig.sys faylni zararlaydi. Bu kompyuterning ishlamasligiga sabab bo‘ladi;
*4) DIR viruslari. FAT tarkibini zararlaydi;
Antivirus dasturlari
Hozirgi vaqtda viruslarni yo‘qotish uchun ko‘pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar deb atashadi. Antiviruslarni, qo‘llanish usuliga ko‘ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar.
Fayllarni tiklash
Faglar – yoki doktorlar, detektorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi.
Revizorlar — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi.