Modda va uning xossalari

0

Modda va uning xossalari. Модда ва унинг хоссалари.


Yer, Quyosh, uy, avtomobil, qoshiq, kitob – jismlardir. Kimyoviy stakan, kolba, probirka ham jismga kiradi. Bu idishlar shishadan tashkil topgan. Qoshiq aluminiy, kumushdan yasalishi mumkin. Aluminiy, kumush, shisha, suv, oltingugurt, bo‘r, shakar, kislorod, azot, temir – moddalardir.

 Jismlar moddalardan tashkil topgan.

Tabiatda juda ko‘plab moddalar uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog‘liq emas. Biz havodagi suvni ko‘rmaymiz, u daryo, dengiz va okeanlarda katta miqdorda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylamaymiz, lekin u havo tark ibida mavjud, biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb aytish mumkin.


Modda xossalari

Modda xossalari. Bizga shakar, bo‘r, osh tuzi, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi berilgan bo‘lsin. Shakar, osh tuzi, bo‘r, oltingugurt – qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt, sulfat kislotasi – suyuq moddalardir.

Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? Shakar, osh tuzi, bo‘r – oq rangli, oltingugurt – sariq rangli, demak, moddalar turli rangga ega. Bir xil rangli shakar, osh tuzi, bo‘r suvga solinsa, bo‘r suvda erimaydi, shakar va osh tuzi esa erib ketadi. Shakar va osh tuzi bir-biridan ta’mi bilan farq lanadi.

Suyuq moddalar esa rangga ega emas. Ularni qanday farqlash mumkin? Spirt – o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va sulfat kislotasi turli zichlikka ega: rsuv=1000 kg/m3 (1g/ml) va rsulfat kislota = 1840 kg/m3 (1,84g/ml).

Suv, spirt va sulfat kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega: tq suv = 100°C, tq etil spirt = 78,3°C, tq sulfat kislota = 338°C.

1-rasm. Yod (a), brom (b) va xlor (d) moddalari.
1-rasm. Yod (a), brom (b) va xlor (d) moddalari.

Moddalar va ularning xossalari insonga bog‘liq emas, ular bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi va biz ularning rangini ko‘ramiz, ta’m va hidini sezamiz. Shularga qarab, ularni farqlay olamiz (1-rasm).

Rang, hid, zichlik, ta’m, qattiq, suyuq, gaz holati — moddalar ning xossa laridir.


Tayanch iboralar: modda, jism, tabiat, havo, kolba, stakan, shisha, aluminiy, temir, kumush, kislorod, oltingugurt, azot, spirt, sulfat kislota, erish, xossa, qaynash harorati, rang, hid, ta’m, zichlik.


Savol va topshiriqlar:

  1. O‘zingiz bilgan jismlar va moddalarga misollar keltiring.
  2. O‘zingizga ma’lum bo‘lgan biron-bir moddaning xossalariniayting.
  3. O‘rgangan va bilgan moddalaringizni xossalari bo‘yicha farq lab bering.
  4. Mis vа аluminiy mеtаllаrining o‘хshаsh hаmdа fаrq qilаdigаn хоssаlаrini mеtаllаrni ko‘zdаn kеchirish оrqаli tаqqоslаng. Olingаn nаtijаlаrni jаdvаl tuzib yozib chiqing.
  5. Dоriхоnаlаrdа sоtilаdigаn аktivlаngаn ko‘mirni оling vа tаshqi ko‘rinishiga qаrаb хоssаlаrini аyting. Аktivlаngаn ko‘mir tibbiyotdа qаndаy mаqsаdlаrdа ishlаtilаdi.
Previous articleO‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari
Next articleAtom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi