O‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari

0

O‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari. Ўзбекистон кимёгар олимларининг кимё фанига қўшган ҳиссалари.


Jahon kimyogar olimlari qatorida o‘zbekistonlik kimyogar olimlar ham kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda bir qator ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida, oliy o‘quv yurtlarining kimyo fakultetlari va kafedralarida kimyo sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqd a.

Yurtimizning taniqli kimyogar olimlari – K.S. Ahmedov, N.A. Parpiyev, Sh.I. Solihov, N.R. Yusupbekov, M.A. Asqarov, S.N. Ne’matov, A.A. Abd u vahobov, Z.S. Salimov, S.Sh. Rashidova, M.O. Obidova, T.M. Mirk omilov, B.M. Beglov, S.I. Iskandarov, X.R. Rustamov Y.T. Toshpo‘latov, Sh.T. Tol ipov, H.A. Aslanov, A.R. Abdurasulova, A.G‘. Mahsumov, X.M. Shohidoyatov, R.S. Tillayev, A.S. To‘rayev, O‘.N. Musayev, D.Y. Yusupov, S.M.Turopjonov, J.M.Mahkamov, U.M.Azizov, M.P.Irismetov, T.S. Sirl iboyev, A.A. Yo‘lchiboyev, A.G. Muftaxov, Q.A. Ahmerov, I.I. Is moilov, G‘.H. Hakimov va boshqa larning olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayot gan ilmiy tadqiqotlarining natijalari O‘zbe kistonda kimyo fani va sanoatin ing rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.


O.S. Sodiqov

O.S. Sodiqov (1913–1987). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalari, 100 dan ortiq ixtirolari bor. G‘o‘zadan ajratib olingan moddalarni kompleks kimyoviy tekshirish natijalariga bag‘ishlangan ishlari uchun 1985yilda D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. O‘zFA Bio or ganik kimyo institutiga asos solgan. Dunyoga mashhur bo‘lgan kimyogar olimlar kitobiga kiritilgan o‘zbek olimi.


S.Y. Yunusov

S.Y. Yunusov (1909–1991). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ixtirolar, 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. 1969-yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. D.I.Mend eleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi institutiga asos solgan va o‘simlik moddalari kimyosi maktabini yaratgan. O‘zbekistonda uchraydigan 3600 dan ortiq o‘simlikda 2000 dan ortiq alkaloidlarni aniqlagan.


N.A. Parpiyev

N.A. Parpiyev (1931). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 700 dan ortiq maqola, 11 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi, 3 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari koordinatsion birikmalar stereokimyosi, ular ning tuzilishiga bag‘ishlangan. Molibden, reniy, volfram va simobni aniqlash hamda yuqori darajada toza molibden olish ning termik usulini ishlab chiqqan.


Sh.I. Solihov

Sh.I. Solihov (1944). O‘zFA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 350 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, 100 ta dan ortiq patentlar muallifi. Oqsillar kimyo viy tuzilishi va ularning organizmga ta’siri to‘g‘risida ilmiy maktab yaratgan. Olimning 10 ga yaqin preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Uning rahbarligida olingan fero mon tutqichla ri mamlakatimiz paxtachiligini zararkunandalardan hi moya qilishda qo‘ll anilmoqda.


N.R. Yusupbekov

N.R. Yusupbekov (1940). O‘zFA akademigi, texnika fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq ixtiro va bir nechta monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari kimyoviy kibernetika sohasiga mansub bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tadqiqotlari ilmiy maktabiga asos solgan.


H.U. Usmonov

H.U. Usmonov (1916–1994). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. 1951-yilda Respubl ikada polimer moddalar laboratoriyasini tashkil etgan. Uning rahbarligida paxta sellulozasi olishn ing jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan.


A.A. Abduvahobov

A.A. Abduvahobov (1941). O‘zFA akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 dan ortiq ixtiro va 5 ta monografiyalar muallifi. Ilmiy ishlari elementorganik birikmalar kimyosi, nozik organik sintez muammolari, quyi molekul ar bioregulatorlar ta’siri mexanizmining kim yoviy mohiyatini aniqlash, fazoviy kimyo sohalariga mansub bo‘lib, feromonlar sintez usullarini ishlab chiq ib, qishloq xo‘ja ligiga joriy etgan.


T.M. Mirkomilov

T.M. Mirkomilov (1939–2004). O‘zFA aka- demigi. Texnika fanlari doktori, professor. 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq ixtiro va 4 ta monografiya, 5 ta darslik muallifi. Ilmiy ishlari polimer moddalar kimyo texnologiyasi muammolari, plastmassalar, sun’iy tolalar, o‘tga chidamli kinofotoplyonkalar hamda fiziologik faol polimerlar sinteziga bag‘ishlangan.


Y.T. Toshpo‘latov

Y.T. Toshpo‘latov (1932–2008). O‘zFA aka- demigi. Kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbe kistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 410 dan ortiq ilmiy maqolalar, 35 ta patent va ixtirolar, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanmasi muallifi. U yaratgan K–1 preparati me tall yuzasi bilan ishqalanishini ka maytiruvchi modda sifatida to‘ qimachilik korxon alarida va kimyoviy tola zavodla rida keng ishlatil moqda. Paxta sellulozasi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy maktab yaratgan taniqli olim.


A.G‘. Mahsumov

A.G‘. Mahsumov (1936). Kimyo fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi. 1700 dan ortiq ilmiy maqolalar va ixtirolar, 10 dan ortiq darslik va monografiya, 300 dan ortiq patent va ixtirolar muallifi. Ilmiy ishlari propargil spirti hosilalari va geteros iklik birikmalar asosida yangi fiziologik faol moddalar sintez qil ishga bag‘ishlangan. Organik kimyo sohasida o‘z maktabini yaratgan.

Kimyo fanlari tizimidagi «Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash» nomli yangi ixtisoslik 1997-yilda o‘zbek olimlari I.R.Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan asoslab berildi. Ushbu yangi kimyo shakllanishida o‘zbek olimlari A.A.Ibragimov, G‘.X.Hamroqulov, M.A.Ra himj onov, M.Y.Isaqov, Q.M.Karimqulov, O.A.Toshpo‘latov, A.A.Namozov, B.Y.Abdu g‘aniyev, Sh.M.Mirkomilov, O.Qulimov, N.X.To‘xtaboyev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Previous articleKimyo fani va uning vazifalari. Fan sifatida rivojlanish tarixi
Next articleModda va uning xossalari