Мулкдор бўлиш, меҳнат қилиш, меҳнат фаолиятини эркин танлаш ва ишсизликдан ҳимояланиш ҳуқуқлари. Мулкдор булиш, мехнат килиш, мехнат фаолиятини эркин танлаш ва ишсизликдан химояланиш хукуклари.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir odam mulkdor bo’lish huquqiga ega ekanligi haqida so’z yuritiladi. Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, undan hech kim bu mol-mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o’ziga ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o’z mulkini qandaydir bir ishga sarflab ko’paytirish, ya’ni o’ziga tanish faoliyat sohasida serg’ayratlik namoyish etish imkoniyati bo’ladi.
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo’lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o’ziga ish qidirib topishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi. Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilgan.
Asosiy qonun belgilaydi Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda. |
Normativ hujjat!
Sizga ma’lummi, ya’ni…
Ishga kirayotgan odamdan, avvalo, yoshi haqida so’raladi, chun- ki O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxo- na ma’muriyati voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 77-modda) o’quvchilar 15 yoshdan boshlab, o’qishdan bo’sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o’smir salomatligi to’g’risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjud- ki, ular sog’liq uchun zararli bo’lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpayvandchi, shaxtyor, temirchi singari kasblar.
O’quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni tungi, qo’shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish ham taqiqlanadi.
Batafsil >> Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)