Poyaning eniga o’sishi

0

O’simliklar poyasi hayoti davomida bo’yiga o’sgani singa- ri, eniga ham o’sadi, yo’g’onlashadi. Bahor kelib, o’simliklar hujayralarida shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar qatori kambiyga ham yetib boradi. Oziq mod- dalar va suv bilan ta’minlangan kambiy hujayralari bo’lina boshlaydi. Har bir hujayra uzunasiga – ikkiga bo’li nadi. Yosh hujayralar o’sib yetilgach, ularning har biri yana ikkiga bo’linadi. Bo’linish, shu tariqa davom etaveradi. Bo’lingan hujayralarning ko’p qismi kambiydan ichki tomonga qarab o’sib, yog’ochlik hujayralariga aylanadi. Qolgan qismi esa kambiydan tashqariga qarab o’sadi va lub hujayralariga ay­lanadi. Shuning uchun yog’ochlik hujayralari lub hujayralari­ga qaraganda yo’g’on bo’ladi. Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko’p borganidan uning bo’lingan hujayralari yirik bo’ladi. Yoz kelib, kunlar isishi bilan kambiyga boradigan oziq moddalar va suv kamaya boradi, natijada, bo’linadigan hujay­ralar maydalashadi. Kuzda kambiy hujayralari bo’linishdan to’xtaydi, kelgusi yil bahorida esa yana bo’lina boshlaydi.

Demak, har yili bahordan kuzga- cha yangi yog’ochlik qavat halqasi hosil bo’ladi va u oldingi yillari hosil bo’lgan yog’ochlikni tashqi tomondan o’rab oladi.

Shunday qilib, yog’ochlikning bir yil davomida hosil bo’lgan qavati yillik halqa deyiladi. Uni daraxt tanasi ko’ndalangiga kesilganda yoki to’nkasiga qarab aniq ko’rish mum­kin. Yillik halqalarning soniga qarab, daraxtlarning nisbiy yoshini aniq I ash mumkin (40-rasm).

Рис. 40. Годичные кольца дерева.
40-rasm. Daraxtning yillik halqalari.

Lekin hamma daraxtlarning yoshini ham halqalar so­niga qarab aniqlab bo’lmaydi. Masalan, saksovulning tanasida bir yil davomida bir nechta halqa hosil bo’ladi. Bu halqalar kambiy hujayrasining har bir yomg’ir- dan keyingi bo’linishidan hosil bo’lgan, degan fikrlar bor.

Demak, halqalarning soniga va enli yoki ensizligiga qarab daraxtlarning yoshi ni va qanday sharoitda o’sganligini aniqlash mumkin. Agar yoz quruq kelib, suv va oziq moddalar kam bo’l- sa, halqalar ensiz bo’ladi.

Daraxtlar tanasidagi halqalar janubga qaragan tomonida enli, shimolga qaragan tomonida ensiz bo’ladi. Shunga qarab, kompas bo’lmasa ham qutb tomonlarini aniqlash mumkin.

Daraxtlar tabiatiga ko’ra turli yo’g’onlikda tana hosil qiladi. Ularning yo’g’onligi daraxtlarning yoshiga ham bog’liq. O’zbekistonda chinor 800 yil, archa esa 1 000 yilga- cha yashaydi. Ayrim daraxtlarning tanasi tez yo’g’onlashadi. Masalan, tol, terak, chinor, yong’oq, gilos va boshqalar. Le­kin tanasi eniga va bo’yiga sekin o’sadigan nok, shamshod, archa kabi o’simliklar ham bor.

O’simliklarning eniga tez va sekin o’sishi kambiy hujay- ralarining faoliyatiga bog’liq.

Poyalar necha yil yashaydi?

Poyalar necha yil yashaydi? O’simliklar hayotiy shakli va o’ziga xos xususiyatlariga qa­rab turlicha umr ko’radi. Ko’pchilik bir yillik o’simliklarda oldin poya quriydi, so’ng esa ildiz.

Lekin poyasining yuqori qismi qurib, pastidan yangi shoxlar chiqaruvchi bir yillik o’tlar ko’plab topiladi. Bir yillik o’tlar orasida bir necha kun yoki bir necha oy o’sib quriydigan poyalar bor. Cho’lda keng tarqalgan sho’radoshlar oilasining ko’pchilik vakillari aprel oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o’sib turaveradi. Ba’zi birlari faqat sovuq urgandan keyin quriydi. Ko’p yillik o’tlarning poyalari ham turli muddatda quriydi. Kuzda ko’karib chiqib, qishning sovuq I ariga bardosh berib o’sadigan bir va ko’p yillik o’tlar ham bor.

Ko’p yil yashaydigan o’simliklar daraxtlar orasida keng tarqal­gan. Uzoq yashashda tengi yo’q daraxtlarga Amerikada o’sadigan sekvoyadendron bilan Kanar orollarida o’sadigan ajdar daraxtini misol sifatida ko’rsatish mumkin. Ularning 4 000-6 000 yilga- cha o’sishi aniqlangan. O’zbekistondagi umri boqiy daraxtlarga 800-1 000 yilgacha o’sa oladigan chinorni va 1 000 yilgacha umr ko’radigan archalarni misol qilib keltirish mumkin.


  1. Poya qanday qilib eniga o’sadi?
  2. Kambiydan hosil bo’lgan hujayralar nima uchunyirik va mayda bo’ladi?
  3. Nima uchun yog’ochlik lubga nisbatan tez qalinlashadi?
  4. Yillik halqa deb nimaga aytiladi?
  5. Yillik halqalarga qarab nimani aniqlash mumkin?
  6. To’nkadagi halqalarning ko’rinishiga qarab qutb tomoniqanday aniqlanadi?