Davlatning tuzilish shakli

0

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Tasvirga qarab “unitar”, “federativ” va “konfederativ” atamalarini izohlashga harakat qiling.
  2. Rossiya Federatsiyasining nima uchun bunday nomlanishi to‘g‘ri sida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu savolga o‘z fi kringizni bil dirish ga harakat qilib ko‘ring.
  3. “Yevropa Ittifoqi” iborasi qulog‘ingizga chalinganmi? Bu iboraning taxminiy ma’nosini aytib berishga urinib ko‘ring.
  4. Vengriya, Latviya, Polsha kabi davlatlar nomlari atalganda nima uchun federatsiya yoki konfederatsiya jumlasi qo‘shilib aytil masli gining sababini aniqlashga harakat qiling.
  5. O‘zbekiston Respublikasini siz qaysi davlatlar qatoriga qo‘shgan bo‘ lar edingiz? Nima uchun?

Davlatlar tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo‘lishi mumkin.

Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘l gan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo‘ladi.

Unitar davlatning belgilari:

♦ yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining mavjudligi;

♦ yagona armiyaga ega bo‘lish;

♦ yagona pul birligi amal qilishi;

♦ tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy tuzilmalarga bo‘linish;

♦ barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘l gan soliq va kredit siyosatining joriy qilinganligi;

♦ yagona fuqarolikning mavjudligi.

Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir.

  • Yagona konstitutsiya
  • Yagona qonunlar
  • Yagona fuqarolik
  • Yagona pul
  • Yagona soliq va kredit siyosati
  • Yagona armiya

Unitar nima?

Unitar — lotincha so‘z  bo‘lib, oddiy, yagona degan ma’no ni bildiradi

Unitar davlatdan farqli o‘laroq federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi. Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidanhosil bo‘ladi. Ularning subyektlari shtat, o‘lka, respublika, amirliklar debata lishi mumkin. Federatsiya subyektlari o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linmalari ga ega.

Ushbu davlatlar o‘zaro birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib, asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beriladi.

Federativ davlat nima?

Federativ davlat — bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘l gan murakkab, ittifoqdosh davlat.

Federativ davlatning belgilari quyidagilar:

♦ federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi;

♦ oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlatido ralariga tegishli bo‘ladi;

♦ federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federat siyaning o‘zi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi;

♦ federatsiya subyektlarining har biri alohida o‘z konstitutsiyasi, o‘zlari ning oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi;

♦ federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi. Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.

Hozirda jahonda 20 tadan ko‘proq federativ davlatlar mavjud. Fe derat siya va uning subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar har doim ham ijo biybo‘lavermaydi. Buni tarqalib ketgan Sovet Ittifoqi, Chexoslovakiya, Yugosla viya kabi federatsiyalar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Konfederatsiya nima?

Konfederatsiya (lotincha – ittifoq, uyushma) – suvereniteti vamustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchunbirlashgan davlatlar ittifoqi.

Davlatlar u yoki bu maqsadni ko‘zlab, o‘z suvereniteti va mustaqil li ginisaqlagan holda birlashishlari ham mumkin. U holda bunday ittifoq konfe deratsiya deyiladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolikbo‘l maydi. Har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo‘ladi.

Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:

♦ mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi;

♦ konfederatsiya mustahkam bo‘lmagan tuzilma;

♦ yagona hudud mavjud bo‘lmaydi (konfederatsiyaning hududi uninga’zolari bo‘lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);

♦ umumiy fuqarolik mavjud bo‘lmaydi;

♦ konfederatsiya a’zolari undan erkin chiqish huquqiga ega bo‘ la dilar;

♦ konfederatsiya a’zolari ittifoq hokimiyati qonun hujjat larini e’ti rofetmaslik yoki qo‘llamaslik (nulifi katsiya qilish) huquqiga ega bo‘ladilar.

♦ konfederatsiya vakolatiga uncha ko‘p bo‘lmagan masa lalarni haletish kiradi;

♦ konfederatsiya sarmoyasi uning a’zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.

Sharhlang!

Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir.

Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Davlatlarning tuzilish shakllarini sanab bering.
  2. Davlatlarning har xil tuzilish shakliga ega bo‘lishlariga sabab nima debo‘y laysiz?
  3. Uchala shakldagi davlatlarning umumiy jihatlarini va farqli tomonlariniay tib bering.
  4. Unitar davlatlarga misollar keltiring.
  5. Federativ davlatlarga misollar keltiring.
  6. Konfederativ davlatlarga misollar keltiring.
  7. Federativ va konfederativ davlatlarning ayrim paytlarda parchalanibke tishiga nimalar sabab bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
Previous articleKonfederatsiya nima?
Next articleSiyosiy tartibot (rejim). Davlat organlari. Davlat mexanizmi