Kuzatishlar va tajribalar

0

Atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni hodisalarni kuzatish orqali olamiz.

Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini juda qadimdan insonlar kuzatib kelishgan. Kuzatishlar davomida ikkita savol paydo bo‘lgan: nima sababdan jismlar erkin qo‘yib yuborilsa, pastga tomon harakatlanadi va tushish tezligi nimalarga bog‘liq? Bu savolga qadimgi grek olimi Aristotel javob topishga harakat qilgan. Aristotel, jismlar qancha og‘ir bo‘lsa, shunchalik tez tushadi, degan g‘oyani bergan. Italyan fizigi Galileo Galiley o‘z zamonasida mazkur g‘oyani tekshirish uchun tajriba o‘tkazadi. Afsonaga ko‘ra mashhur Piza og‘ma minoradan shar shaklidagi yengil va og‘ir jismlarni bir vaqtda tashlab ko‘radi. Bu jismlarning yerga bir vaqtda urilganiga u yerda hozir bo‘lganlar guvoh bo‘lishgan. Bu hodisani ko‘p marta o‘tkazganidan so‘ng, qonuniyat topilgan. Shunday qilib, Galiley tajriba vositasida Aristotel g‘oyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotlagan.

Shunday qilib, jarayonni kuzatish davrida uning qanday borishi va sababini anglashga harakat qilamiz. Fikrlash davrida kuzatilayotgan hodisalar to‘g‘risida gipoteza deb ataluvchi turli farazlar paydo bo‘ladi. Gipotezani tekshirish uchun maxsus tajribalar o‘tkaziladi. Uni shuningdek eksperiment deb ham aytish mumkin.

Tajribalar o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari ham olib boriladi. Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, ter­mometr bilan uning temperaturasi o‘lchab boriladi. U yoki bu gipoteza aytilganda uning to£g‘ri yoki noto£g£riligini eksperiment o‘tkazib aniqlaymiz.

Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan ketma-ketlikda baja- rilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan:

kuzatishlar ^ gipoteza ^ eksperiment ^ xulosa.

Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishla- rini bajarish uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi (2- rasm). Ular- dan ayrimlari juda sodda tuzilgan. 2-rasmda keltirilgan asboblardan biri shtangensirkul bo‘lib, jismlarning qalinligini yoki tirqishlarning kengligini o‘lchashda foydalaniladi.

Juda aniq va murakkab o£lchashlarda murakkab asboblar ishlatiladi. Masalan, vaqtni, tezlikni, havo bosimini o‘lchaydigan asboblar.


  1. Gipoteza deganda nima tushuniladi?
  2. Kuzatish eksperimentdan nimasi bilan farq qiladi?
  3. O‘lchov asboblari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
  4. Siz yana qanday o‘lchov asboblarini bilasiz?
Previous articleYozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti
Next articleXavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari