Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ishtiroki

0

Қонун лойиҳаларининг умумхалқ муҳокамасида фуқаролар иштироки. Конун лойихаларининг умумхалк мухокамасида фукаролар иштироки.


Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq qonunlar loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishdir.

Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar:

  • qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;
  • qonun loyihalariga tuzatishlar va takliflar kiritish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat or- ganlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, korxo- nalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat- chilik birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilish;
  • deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun tashkil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish.

Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqi- shi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko’ra qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi.

Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo’yicha tadbirlarni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o’tkazadilar. Qonun loyihasi bo’yicha belgilangan tartibda kiritilgan takliflar va tuzatishlar albatta ko’rib chiqilishi shart.


Batafsil >> 

Previous articleO’z siyosiy huquqlarini qay tarzda ro’yobga chiqarish mumkin?
Next articleYig’ilishlar erkinligi huquqi