Shuhrat hayoti va ijodi

0

Shuhrat hayoti va ijodi. Шуҳрат ҳаёти ва ижоди. Шухрат хаёти ва ижоди.


Shuhrat hayoti va ijodi rasmlari kartinka

Shuhrat (1918 –1993). Asli ot-u nasabi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining Hastimom (Hazrati Imom) mahallasida tug‘ilgan. Bo‘lajak ijodkor oldin mahalladagi otinoyi maktabida, keyin sho‘ro maktabida o‘qigan.      Adabiyot    o‘qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo‘yib, she’rlar yoza boshlagan.

U 1932–1933-yillarda transport teхnikumida, 1934 – 1936-yillarda O‘rta Osiyo transport injenerlari insti tutida tahsil ko‘radi. 1936 –1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika ins tituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta’lim oladi.

Shuhratning birinchi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi. Kasbiga ko‘ra transport injeneri bo‘lishiga qaramay, adabiyotga qiziqishi katta bo‘lganligi sababli Yo zuv chilar uyushmasiga ishga kirdi. Bu yerda yosh ijodkorning yozuvchishoirlarga, adabiy muhitga yaqin bo‘lish istagi amalga oshdi. U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlarida «Shuhrat» taхallusini qo‘llay boshladi. O‘sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertakdostoni chop etildi va o‘quvchilarning e’tiborini tortdi.

1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og‘ir yarador bo‘lgunga qadar janglarda qatnashdi. Shuhrat janggohda ham ijodni to‘хtatmadi. Uning o‘zi keyinchalik: «Garchand frontda muntazam ijod etolmagan bo‘lsam ham, qachonlardir bu sevimli hunarimga qaytish ishtiyoqi bir lahza ham хayolimdan ketgani yo‘q. Ba’zan zavqshavqimni yoki dushmanga nafratimni qog‘ozga tushirib qo‘yar edim», – deb yozadi.

Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So‘lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi. Ularda urushda qatnash gan odamning tuyg‘ulari, urushning vayrongarchiliklariga nisba tan nafrati ta’sirli aks ettiriladi.

Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan Shuhratning ijodida qahramonlik ko‘rsat gan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohi da o‘rin tutadi. Shoirning «Ona va farzand», «Jamila», «Raymonda» kabi balladalari markazida bolalar obrazi turadi. Ularda o‘zgalarning vatanini bosib olgan kimsa larga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlana di. Agar birinchi asarida sho‘ro yerlarida borgan urush voqeasi aks etgan bo‘lsa, «Jamila»da arab qizining fran suz bosqinchilariga qarshi, «Raymonda»da Vyetnamda bora yotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi.

Shuhratning «Uch qiz afsonasi», «Guldursun», «Qora va oq aravacha haqida ertak» kabi balladalarida ham turli odamlar tomonidan turli davrlarda ko‘rsatilgan qahramonlik lar madh etilgan. Siz o‘rganadigan «Mardlik afsonasi» balladasi ham ana shu yo‘nalishdagi asarlardan bo‘lib, juda qadim zamonda yashab o‘tgan momomiz To‘marisning tengsiz shijoatini tasvirlashga bag‘ishlangan.

Urushda sho‘ro tuzumi uchun qon to‘kkan Shuhrat 1951-yilda shu hukumat idoralari tomonidan «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib, Shimoliy Qozog‘istonga jo‘natiladi. Yozuvchi to‘rt yildan ortiqroq vaqt mobaynida qamoqda g‘oyat og‘ir azoblarni boshidan kechiradi. Shoir Shuhrat qanchalik og‘ir azoblarga solinmasin, hech kimga qarshi ko‘rsatma bermaydi, biror ijodkorga tuhmat qilmaydi. 1955-yilda noto‘g‘ri qamalgan kishi sifatida oqlanib, qamoqdan chiqariladi.

Qamoqdan qaytgach, Shuhrat she’rlar bilan birgalikda bir qancha nasriy asarlar ham yozdi. U oldin bir qator hikoyalar yaratdi. 1958-yilda birinchi romani «Shinelli yillar»ni yozdi. Unda janggohlardagi urush manzarasi, urush odamlarining qiyofasi chizildi. 1965-yilda adibni elga mashhur qilgan «Oltin zanglamas» romani bosilib chiqdi. Bu asarda sho‘ro tuzumining eng adolatsiz, eng chirkin bosqichi bo‘lmish qatag‘on davri mahorat bilan aks ettirilgan. Adib asarida aks etgan voqealarni o‘z boshidan o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va u ulkan muvaff aqiyat qozongan. «Oltin zanglamas»dagi hayotni men yaхshi bilaman, ular men bilan bo‘lgan, menga uchragan kishilarning hayoti. Men bu hayotning atrofi damas, naq ichida bo‘lganman. Bu mavzuda biron narsa yaratmasam, ko‘nglim o‘rniga tushmas edi», – deb yozadi yozuvchining o‘zi.

1968-yilda Shuhratning «Jannat qidirganlar» romani chop etildi. Unda yozuvchi o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib chet eldagi o‘zbeklar hayotini aks ettirishga urindi. U davrda chet elga ketib qolgan har qanday odam sotqin, хiyonatchi sifatida qabul qilinar edi. Shuhrat bunday noto‘g‘ri yo‘ldan bormadi. U chet ellik millatdoshlarim izning hayotiy va ishonarli timsollarini yaratdi. Shuning uchun ham sho‘ro tuzumining navbatdagi zug‘umiga yo‘liqdi. Yozuvchining tariхiy mavzudagi «Mashrab» romani vafoti sababli tugallanmay qoldi.

Shuhrat 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etdi.


Mardlik afsonasi >>

Previous articlePul massasi nima? Пул массаси нима?
Next articleShuhrat “Mardlik afsonasi” she’ri