Ramziy obrazlar (adabiyot)

0

Рамзий образлар (адабиёт).


Ramz grekcha «symbolon» so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi greklarda maхfi y tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olishi uchun qo‘llanilgan shartli belgini anglatgan. Badiiy adabiyotda ramz aniq tasavvur etish qiyin bo‘lgan hodisa yoki tushunchalarni odamning ko‘z oldiga yaqqol keltiradigan narsalar orqali ifodalashni bildiradi.

Misol uchun ayyorlikni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Lekin tulkining juda ayyor jonivor ekanligi ma’lum. Shu bois badiiy adabiyotda tulki ayyorlik ramzi sifatida qabul etilgan. Burgut, arslon, ohu, bulbul, tuya va hokazo jonivorlarning timsollarini ham ramziy ma’noda qo‘llash mumkin.

«Oq kema» qissasida Shoхdor ona bug‘u ramziy obraz bo‘lib, u hech qachon tamomila yo‘qotib bo‘lmaydigan ezgulik, yaхshilik, mehr-oqibat timsolidir. Ona bug‘uni хalq ramzi deyish ham mumkin. Baliq va oq kema ham ramziy ma’no tashiydi.

Chunonchi, bola uchun baliq erk va qudrat ramzi. Chunki u suvda juda uzoq suza oladi. Yana ko‘zini ham yummaydi, nafasi ham qaytmaydi. Oq kema – to‘kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi. Bolaning nazarida, oq kemaga yetib olsa, otasini topadi.

Badiiy asarlarda ba’zan narsalar o‘zlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli bo‘lmaydigan ma’noga ega tarzda tasvirlanishi ham mumkin. Ana shunday ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan timsollar ramziy obrazlar hisoblanadi.

Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini xayol da yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi. Oq kemada otamni ko‘raman deb o‘ylagani sabab uni diy dor ning, oqibatning ramzi deb biladi.

Previous articleOq Kema asari haqida – Chingiz Aytmatov asari
Next articleRavshan dostoni (Dostondan parcha)