Qarag‘ay – Қарағай

0

Qarag‘ay – Қарағай, Карагай


Qarag‘ay – bo‘yi 30–40 m ga yetadigan yorug‘sevar daraxt (40-rasm). Barglari ninasimon, uzunligi 5–7 sm. Qarag‘aynikiga o‘xshash ninasimon bargga ega o‘simliklar ninabargli o‘simliklar deyiladi.

40-rasm. Qarag‘ayning qubbali shoxi
40-rasm. Qarag‘ayning qubbali shoxi

Qubbasi qattiq, yog‘ochsimon. Namlik yuqori bo‘l ganda qubba tangachalari yopilib, urug‘ni himoya qiladi. Havo quruq bo‘lganda tangachalar ochilib, qanotchali mevalari shamolda uchib ketadi. Qulay sharoitga tushgan urug‘dan yosh nihol rivojlanadi. Qarag‘ay archaga nisbatan tez o‘sadi. Poyasida smola bo‘lganligi sababli undan yasalgan qutilar mustahkam va pishiq bo‘ladi. Yog‘och poyasidan qurilishda, qog‘oz tayyorlashda keng foydalaniladi. Ninabarglarida efir moylari va fitonsid modda bo‘lgani uchun bodni davolashda, asabni tinchlantirishda qo‘llaniladi.


Batafsil >> Yuksak o’simliklar

Previous articleArcha – Арча (biologiya)
Next articleYopiq urug‘li o‘simlik – Ёпиқ уруғли ўсимлик