Troposfera nima? Тропосфера нима?

0

# Savol

Troposfera nima? Тропосфера нима?

# Javob

Troposfera – atmosferaning quyi qatlami («tropos» – yunoncha so‘z bo’lib, aylanmoq, o’zgarmoq degani). O’rtacha qalinligi 10-11 kilometr. Qutblar ustida 8-9 km, ekvatorda 17 km gacha yetadi. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda bulutlar paydo bo‘ladi. Yog ‘inlar yog ‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat havoning namlik darajasiga bog‘liq ravishda o‘rtacha 6 °C ga pasayadi.


Batafsil >> Yerning havo qobig’i — Atmosfera. Atmosferaning tuzilishi

Previous articleYerning havo qobig’i — Atmosfera. Atmosferaning tuzilishi
Next articleStratosfera nima? Стратосфера нима?