«Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj…» Nodira g’azali

0

«Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj…»  Nodira g’azali. «Қилмағил зинҳор изҳор эҳтиёж…»  Нодира ғазали. «Килмагил зинхор изхор эхтиёж…»  Нодира газали.


Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj, –
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kim olamda forig’bol[1] emas,
Har kim o’z miqdoricha bor ehtiyoj.

Ganji husningni(ng) zakotin ber menga,
Sen g’aniysan,[2] menda bisyor ehtiyoj.

Ko’zlarim aylar yuzingni orzu, –
Kim erur ko’zguya diydor ehtiyoj.

Mustamand etti[3] meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

Gar tilarsen obro’ ahbob[4] aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmag’il, arz etsa ag’yor[5] ehtiyoj.

Bir tarahhum[6] zohir etsang, netgusi,
Qildi husningga meni zor ehtiyoj.

Yor vaslini tilarman, Nodira,
Ayladi ko’nglimni afgor ehtiyoj.

  • [1] F o r i g‘ b o l – xotirjam.
  • [2] G‘ a n i – boy, badavlat.
  • [3] M u s t a m a n d   e t m o q – g‘amgin qilmoq.
  • [4] A h b o b – do‘stlar.
  • [5] A g‘ y o r – dushmanlar.
  • [6] T a r a h h u m – rahm.
Previous article«Kel, dahrni imtihon etib ket…» g’azali. Nodira g’azallari tahlili
Next articleNodira g’azallari / she’riyati (Нодира ғазаллари / шеърияти)